Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
133
w
www.oriens.uz
October
2021
Harbiy asirlardan iborat 80 kishilik guruh, 700 kishilik harbiy boʻlinma, ular 7
dastaga boʻlinib boshida ellik boshi, bu guruh ham oʻnliklarga boʻlinib, dahboshi
boshqargan va yuzboshiga yordamchi harbiy mansabdor hisoblangan.
Taʻkidlash joizki, amir Nasrulloh mangʻit amirlari ichida birinchi bor piyoda
sarbozlar tarkibidan toʻpchilardan iborat doimiy harbiy boʻlinmaga asos solgan.
Amirlikda toʻplar bundan ham oldin boʻlishiga qaramasdan ulardan alohida
guruh, Oʻgʻlon va Talipoch darvozalari oldida toʻpchilarning kazarmalari barpo
etilganligini aytib oʻtadilar. Shu tariqa, Buxoro atrofida “Sarbozxona”nomi ostida
mashxur boʻlgan, 800 uydan iborat harbiylarning muntazam yashash manzillari
shakllangan.
Amir Nasrulloh tashkil etgan toʻpchilar tarkibida 14 nog’arachi, 14
naychilardan iborat musiqachilar guruhi mavjud boʻlib. har bir yuzlikda ikkita turk
na’munasidagi barabanchi, 4 ta surnaychi, 6 ta trubachi faoliyat koʻrsatgan. Bundan
tashqari, rus harbiy asirlaridan tatar Ismoil va rus Trofim murabbiyligida piyoda
sarbozlardan tashkil etilgan harbiy musiqachilar guruhi bolobomchilar ham boʻlgan
[14, б-194]..
Xorijdan harbiy mutaxassislar jalb etilib, ulardan zamonaviy qurol-yarogʻlar
tayyorlash va foydalanish sirlari oʻrganildi. Masalan, 1834-yili Erondan kelgan
Abdusamad Tabriziy yevropacha usuldagi nizomiy askarlarga tartib bergan va 1837-
yili maxsus toʻpchilar qoʻshinini tuzgan. Buxoroda toʻp va zambaraklar quyish uchun
alohida toʻpxona qurilgan. Ikki yuz kishidan iborat ingliz rusumidagi maxsus askariy
guruh tuzilib, unga eroniy qullar kiritilgan. Ushbu guruh Amir Nasrullohning oʻziga
xos maxsus gvardiya otryadi boʻlib, unga Abdusamad Tabriziy boshchilik qilgan.
Abdusamad Tabriziy bu davrda Amir Nasrullohning harbiy maslahatchisi va noibi
lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Amir oldida va saroy ayonlari oʻrtasida uning nufuzi
ancha baland boʻlgan. Shuningdek, xorijdan yana Shohruxxon ibn Ibrohimxon nomli
toʻpchiboshi va boshqa harbiy mutaxassislar olib kelingan. Buxoro davlatining harbiy
qoʻshinida qizil kurtka, oq shalvar va qalpoqdan iborat maxsus harbiy kiyim joriy
etildi. Muntazam piyoda armiyaning soni 40 000 sarbozdan iborat boʻlgan.
Keyinchalik sarbozlarning har biri nayzali miltiq, qilich va toʻpponcha bilan
qurollantirildi. Baʻzi manbalarda bu sarbozlarning miqdori 2500 nafar deb
koʻrsatiladi. Amir sarbozlariga eron, turk zobitlaridan tashqari ayrim rus ofisterlari
ham taʻlim bergan. Ayrim tarixchilarning fikricha, harbiy sohada islohotlar
oʻtkazilishidan oldin, ya’ni 1830-1832-yillarda Buxoroda 20 000 kishilik otliq
qoʻshin, 400 kishilik piyoda qoʻshin boʻlib, ularning ixtiyorida 41 ta artilleriya toʻpi
boʻlgan. Bundan tashqari, bu paytda amirlikning turli hududlarida 50 000 kishilik
Do'stlaringiz bilan baham: |