1534-yilda Ispaniya qiroli Karlos V Atlantika va Tinch okeanlari o‘rtasida kanal qurilishi uchun hozirgi Panama hududida izlanishlar o‘tkazishni buyuradi. Ikki okeanni suv yo‘li bilan bog‘lash g‘oyasi juda qiziq edi. Agar bu ish amalga oshsa, inklardan tortib olingan oltinlarni Tinch okeani qirg‘og‘idan Atlantika qirg‘og‘igacha, keyin esa Ispaniyaga yuborish ancha osonlashardi. Ammo istilochilarning orzusi oradan 350 yil o‘tibgina amalga oshdi. “Daryo” XX asr boshidagi muhandislik ilmining mo‘jizasi bo‘lgan Panama kanali tarixi haqida hikoya qiladi.
Foto: Google Photos Kanal orqali okeandan okeanga Ikki okeanni bog‘lovchi yuk tashish kanalining birinchi loyihasi XVI asrning boshida yashab o‘tgan Alvaro de Saavedra Cedron tomonidan taklif qilindi. Keyinchalik Ispaniya qiroli Filipp II ushbu hududga Chagres daryosi bo‘ylab Atlantika okeanidan Tinch okeanigacha bo‘lgan suv yo‘li qurish uchun muhandis Antonellini yubordi. Ispaniyaga qaytib kelgan muhandis kanalning qurilishi imkonsizligini, chunki Panama hududini sharqdan g‘arb tomon baland tog‘lar kesib o‘tganini aytadi.
РЕКЛАМА Reklamani yopish Shundan keyin ispanlar Tinch okeani sohilida yangi dengiz flotini qurishni boshlaydi. Shunga qaramay, karvonlardan tushirilgan yuklarni xachir va otlarga ortib quruqlik bo‘ylab bir qirg‘oqdan boshqasiga olib o‘tish kerak edi. Bunday yuk tashish noqulaylik tug‘dirishidan tashqari Panamadagi qaroqchilar tomonidan hujumlarga ham uchrardi. Bu ancha vaqt davom etdi, ammo muhandislik ilmi va texnik imkoniyatlarning rivojlanishi ikki okeanni bog‘laydigan kanal qurish g‘oyasiga qaytishga imkon berdi.
Oradan 300 yil o‘tdi XIX asrning boshlarida ushbu loyihani amalga oshirish uchun mablag‘ izlab yurgan “Avgust Solomon va Kº” deb nomlangan fransuz firmasi o‘z mamlakati hukumatiga murojaat qiladi, ammo ijobiy javob olmaydi. Ular Ispaniya hukumatini ham loyihada ishtirok etishga taklif qilishadi, ammo ispanlar ham ushbu loyihani rad etishadi.
Shu daqiqadan boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlari loyihaga qo‘shilib, voqealar jadal rivojlana boshlaydi. 1846-yilda Qo‘shma Shtatlar va Yangi Granada bitim imzolaydi, unga ko‘ra AQSh Panama bo‘yini ustidan Yangi Granadaning suverenitetini va ushbu bo‘yin orqali istalgan yo‘lni boshqarish uchun teng huquqlarini kafolatlaydi. Ikkala okeanni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishi uchun ham tomonlarning roziligi olinadi. 1855-yilda Shimoliy Amerika kompaniyasi Panama bo‘yini orqali temiryo‘l qurilishini tugatadi.
Foto: Google Photos
Biroq AQShning Atlantika sohilidan Janubiy Amerikaning Tinch okeani sohillariga tranzit yuklar hajmining o‘sishi, dengiz kemalari yo‘lini minglab dengiz millariga qisqartiradigan suv kanali qurilishini talab qiladi. Bunday kanal egalari uchun esa bu juda katta daromad manbasi bo‘la oladi.