Amerikani ikkiga bo‘lgan kanal. 12-iyun – Panama kanali ochilgan sana



Download 0,85 Mb.
bet2/3
Sana11.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#489225
1   2   3
Bog'liq
Amerikani ikkiga bo

Ilk muvaffaqiyatsizlik
1879-yilda Suvaysh kanalini qurgan fransuz muhandisi va diplomati Ferdinand de Lesseps Panama kanali qurilishi uchun aksionerlik jamiyati tashkil qiladi. Ikki yildan keyin ish boshlanadi. Biroq moliyaviy firibgarliklar va ishning murakkabligi bu jamiyatni bankrotlikka olib keladi, minglab mayda aksionerlar xonavayron bo‘lishadi. Panama bo‘ynida ish to‘xtatiladi. Rasmiy tekshiruvdan so‘ng 1893-yil fevral oyida Lesseps va uning o‘g‘li Sharl besh yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Biroq kanalni qurish vakolati hali ham fransuz kompaniyasining qo‘lida edi.
Ishni ko‘zini bilgan AQSh
Panama kanalining kelajakdagi strategik va iqtisodiy ahamiyatini juda yaxshi anglab yetgan Qo‘shma Shtatlar, 1902-yilda fransuzlardan qurilishni davom ettirish huquqini sotib oladi. 1903-yil yanvarda ular Kolumbiya bilan Panama bo‘yni orqali kanal qurish bo‘yicha shartnoma tuzishga harakat qiladi, ammo Kolumbiya senati bu kelishuvni rad etadi. O‘sha yilning 3-noyabrida (AQSh yordami bilan albatta) Panama mustaqillikka erishib, Kolumbiya tarkibidan chiqadi. 18-noyabr kuni Vashingtonda shartnoma imzolanib, unga ko‘ra Panama Atlantika okeanidan Tinch okeanigacha bo‘lgan, 16 km kenglikdagi yerlarni AQShga “abadiy foydalanishga” beradi. Shu paytdan boshlab kanal qurilishi qayta boshlanadi.
Kanal qurilishi
Panama kanali qazish ko‘lami va yo‘nalishning murakkabligi jihatidan o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan barcha suv inshootlaridan ancha ustun edi. Eng katta kanallar bo‘lmish Suvaysh va Kil pasttekisliklar orqali o‘tgan. Panama kanalini esa tepalikka ko‘tarilib boradigan yerlar ustiga yotqizish kerak edi.

Foto: Google Photos
Ushbu ulkan loyihani 75 mingdan ortiq ishchi amalga oshirdi. Baxtsiz hodisalar va tropik kasalliklar tufayli 20 mingga yaqin ishchi vafot etgan. Panama kanalining qurilishi 1914-yil o‘rtalariga qadar yakunlandi. Shu paytdan boshlab Shimoliy va Janubiy Amerikani Atlantika va Tinch okeanlari suvi aralashgan kanal ajratib turardi. Uning qurilishiga taxminan 400 million dollar sarflangan. Kanal uzoq va xavfli dengiz yo‘li bo‘lgan Gorn burnini chetlab o‘tib Atlantika okeanidan Tinch okeaniga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l ochdi. 1914-yil 15-avgustda Panama kanalidan birinchi kema o‘tdi. Ammo u rasman U 1920-yilning 12-iyun kuni ochildi va amalda shu yildan to‘liq ish boshladi.
Panama kanali jahon amaliyotida mutlaqo yangi xavfsizlik vositalari bilan ajralib turardi. Unda kemalar shlyuzlardan o‘z harakati bilan o‘tmaydi, ularni kanal qirg‘og‘i bo‘ylab harakatlanadigan maxsus elektrovozlar tortib o‘tadi. Kanalning umumiy uzunligi 82 kilometr, kengligi 150 metrdan 300 metrgacha, chuqurligi 15 metrdan 26 metrgacha edi. Odatda, kema kanaldan o‘tishi uchun 8–9 soat vaqt kerak bo‘ladi. Kanalning o‘tkazish quvvati kuniga 50 ta kemagacha. Har yili Panama kanalidan 14 mingga yaqin kema o‘tadi.
Kanalning deyarli markazida Kulebra tog‘i joylashgan bo‘lib, aynan shu yer qurilishning eng qiyin joyi edi. Bu yerda kemalar baland tog‘larning ikki tik yon bag‘irlari o‘rtasidagi 11 kilometr masofani bosib o‘tib, 50–60 metr balandlikka ko‘tariladi. Panama kanalining ishiga xizmat qiladigan odamlar soni 10 ming kishi. Ushbu dunyodagi eng mashhur texnogen transport arteriyasi orqali har yili 1 350 000 tonna yuk o‘tadi, bu dunyo yuk tashish tizimining qariyb besh foizini tashkil qiladi.
Natija
Panama kanali Amerika qit’asiga xizmat qiladigan dengiz yo‘llarini 2,5–3 baravarga kamaytirdi. Masalan, Nyu-Yorkdan Ekvadorgacha bo‘lgan 19,5 ming kilometr yo‘l 6 006 kilometrga tushdi. Ushbu kanal orqali AQShning Tinch okeanidagi portlari Lotin Amerikasi va Yevropa portlarigacha bo‘lgan eng qisqa yo‘lga ega bo‘ldi. Panama kanalining roli Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun ham juda muhimdir, u Atlantika va Tinch okeani sohillarda joylashgan mamlakatlar o‘rtasidagi yo‘llarni sezilarli darajada qisqartiradi va shu bilan birga ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni osonlashtiradi.

Foto: Google Photos

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish