Amerika Qo`shma Shtatlari


Germaniya ikkinchi jahon urushi davrida



Download 8,44 Mb.
bet65/67
Sana19.02.2022
Hajmi8,44 Mb.
#459024
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
jahon davlatlari tarixi

Germaniya ikkinchi jahon urushi davrida[tahrir]
Germaniya 1936—39 yillarda Italiya bilan birgalikda Ispaniyaga qarshi intervensiya uyushtirdi. 1938-yil martda Avstriyani qoʻshib oldi. 1939-yil 1-sentyabrda Germaniya Polshagahujum qilib, ikkinchi jahon urushi (1939-45)ni boshlab berdi. 3-sentyabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1940-yil aprelda Germaniya Daniya vaNorvegiyani, may—iyunda esa BelgiyaGollandiyaLyuksemburg va Fransiyani bosib oldi. 1940-yil sentyabrda Berlinda Germaniya, Italiya va Yaponiya oʻrtasida harbiy ittifoq tuzildi. 1941-yil aprelda Germaniya Yugoslaviya va Yunoninstanni bosib oldi. Shu yili 22-iyunda esa Germaniya urush eʼlon qilmasdan SSSRga hujum qildi. Dastlabki muvaffaqiyatlariga qaramay, nemis fashistlari shiddatli zarbaga duch keldi. 1945-yil 2-mayda ittifoqchilar qoʻshinlari Berlinni egalladi. 8-mayda Germaniya soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.
Germaniya urushdan keyingi yillarda[tahrir]
Germaniya toʻrt okkupatsiya zonasiga boʻlindi. 1949-yil avgustda Gʻarbiy Germaniyada parlament saylovi oʻtkazildi. Oʻsha yili 20-sentyabrda OFR tuzildi. 1949-yil 7-oktyabrda Xalq kengashi Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tuzilganligini eʼlon qildi. Ikki suveren nemis davlati 1990-yil oktyabrgacha alohida-alohida yashab keldi. Lekin sotsialistax jamiyat qurish yoʻlini tutgan GDRning ijtimoiy turmush darajasi Gʻarbiy Germaniya darajasiga nisbatan ancha orqada qoldi — Gʻarbiy Germaniya jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoridan oʻrin oldi. nemis xalqining birlashish orzusi 1989-yilning soʻngida taqiq ramzi boʻlmish Berlin devorining buzilishi bilan ushaldi (Berlin devorining qulatilishi).1990-yil 12-sentyabrda Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. GDR Xalq palatasining qaroriga binoan GDR OFRga qoʻshildi. Natijada yagona Germaniya davlati tashkil topdi. 1999-yildan Germaniya federal prezidenta — Yoxannes Pay. 1998-yildan federal kansler—Gerhard Shreder. Germaniya —1973-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Rerspublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 6-martda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 3-oktyabr, Germaniya birligi kuni (1990).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir]

Angela Merker va Dmitriy Medvedev2008-yiloktyabrda
Germaniya kommunistik partiyasi, 1968-yilda tuzilgan; Demokratik sotsializm partiyasi, sobiq GDR da 1946-yilda tuzilgan Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP) negizida 1989-yilda tashkil etilgan; Germaniya sotsial-demokratik partiyasi[7], 1946-yilda tuzilgan; Xristian-demokratik ittifoqi, 1945-yildan faoliyat kursatadi, 1950-yilda tashkiliy jihatdan yagona partiya sifatida rasmiylashgan; Xristian-sotsial ittifoqi, 1945-yilda Bavariyada asos solingan; Erkin demokratik partiya1990-yilda tuzilgan: „Ittifoq-90“ „koʻkatparvarlar“ partiyasi. 1993-yilda „Koʻkatparvarlar“ bilan „Ittifoq-90“ partiyasining birlashuvi natijasida barpo etilgan; Germaniya milliy demokratik partiyasi, 1964-yilda yangi natsistlar tomonidan tuzilgan; Respublikachilar partiyasi, 1983-yil asos solingan. nemis kasaba uyushmalari ittifoqi[8]1949-yilda tuzilgan, Germaniya birlashganidan soʻng sobiq GDRdagi kasaba uyushmalari unga qoʻshildi. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi[9].
Xoʻjaligi[tahrir]
OFR — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iktisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.
Sanoati[tahrir]
nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir kumir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmirnefttabiiy gazpolimetall rudalarkaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan oʻrta korxonalardan iborat. Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 mln. kishi) yirik firmalarda ishlaydi. „Simens“ konserni, „Folksvagen“, BMV va „Daymler Bens“ kabi avtomobilsozlik firmalari, „Xyoxst“, „Bayer“ va BASF kabi kimyo konsernlari, „Rurkole AG“ koʻmir qazish firmasi, „FEBA“ va „RVE“ elektr texnika konserni yoki „Bosh“ guruhi butun dunyoga mashhur boʻlib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik firmalar koʻpdan-koʻp mayda va oʻrta korxonalarning buyurtmachisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boshqariladigan iqtisodiyotdan 1948-yilda bozor xoʻjaligiga oʻtilganligi hal qiluvchi omil boʻldi. Transport vositalari ishlab chiqarish, mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr texnika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviatsiya va kosmik sanoati asosiy tarmoqlardir. Texnika taraqqiyoti sohasida Germaniya sanoati dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Germaniya iqtisodiyoti yuksak texnologiyalardan foydalanish tufayli farmatsevtika mahsulotlari, eng yangi organik kimyoviy moddalar va sunʼiy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va oʻlchov asboblari ishlab chiqarishda, yangi avtomobillar yaratish va mashinasozlikda, telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish texnologiyalari sohasida dunyoda yetakchi oʻrinda. Germaniyada qadimdan va goʻzal anʼ-analarga ega boʻlgan hunarmandchilik rivoj topgan.
Qishloq xoʻjaligi[tahrir]
Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 mln. ga yer bor. U moʻl-koʻl yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: bugʻdoyarpa,qand lavlagikartoshka, shuningdek uzummevasabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va sut yetishtiriladi.
Germaniya hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 mln.ga) oʻrmon bilan qoplangan. Mamlakatda har yili salkam 30—40 mln. kub metr yogʻoch tayyorlanadi, bu hajm ichki ehgiyojning uchdan ikki qismini krplaydi. Germaniya yogʻoch eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shimoliy va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya oroli atroflarida baliq ovlanadi.
Transporti[tahrir]

ICE tez yurar poezdi
Temir yoʻl uzunligi — 91,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 496,6 ming km. Eng katta aeroporti — Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari: Berlin — Tegel, Berlin — ShenefeldBremenGamburgGannoverDrezdenDyusseldorf, Kyoln /Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart. Suv yoʻllari uzunligi — 7467 km. Asosiy dengiz portlari: Gamburg, Bre-menBremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok[10].
Eksport va import[tahrir]
Germaniya dunyodagi tashki savdo aylanmasi hajmi boʻyicha AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Germaniya chetga asosan avtomobillarstanoklarmashinalar, kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, elektr texnika va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: FransiyaItaliyaBuyuk Britaniya,NiderlandlarBelgiya, AQSh, RossiyaLyuksemburg. Pul birligi — nemis markasi.
Ijtimoiy soha[tahrir]

Download 8,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish