Hindiston (Hindiston Respublikasi) poytaxti - Deli shahri. BMT a'zosi
Bombay Borsası
Tavuskuşu olan Hindistan'ın ulusal kuş
Güney Hindistan sahil
Kuzey Hindistan'da Dağlar
Hindistan Parlamentosu
[koʻrsat]
k • m • t
Osiyo mamlakatlari
|
[koʻrsat]
k • m • t
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
|
[koʻrsat]
Katta yigirmatalik
|
|
Germaniya
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
-
|
Ushbu maqolaning nomi Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida (2000-y.) Germaniya deb belgilangan. Uning nomini oʻzgartirish lozim deb hisoblasangiz munozara sahifasida murojaat qoldiring.
|
Germaniya Federativ Respublikasi
Bundesrepublik Deutschland
|
|
Shior: Einigkeit und Recht und Freiheit
(Olmoncha: „Birlik va Huquq va Ozodlik“)
|
Madhiya: Das Lied der Deutschen, 3rd stanza
(Einigkeit und Recht und Freiheit)
|
|
Poytaxt
|
Berlin
|
Rasmiy til(lar)
|
Nemis tili
|
Hukumat
|
Parlamentlik Respublika
|
•
|
Prezident
|
|
Joachim Gauck
|
•
|
Kansler
|
|
Angela Merkel
|
|
Mustaqillik
|
|
|
•
|
Germaniya imperiyasi birlashishi
|
|
18-yanvar 1871
|
•
|
Germaniya Federativ Respublikasi: Gʻarbiy Xarbiy zonasidan
|
|
23-may 1949
|
•
|
GDR: Sharqiy Xarbiy zonasidan
|
|
7-oktabr 1949
|
•
|
Gʻarbiy vanSharqiyGermaniya birlashishi
|
|
3-oktabr 1990
|
|
Maydon
|
|
• Butun
|
357,021 km² (62-)
|
• Suv (%)
|
2,24
|
Aholi
|
|
• 2012 roʻyxat
|
81 903 000 (16- oʻrin)
|
• Zichlik
|
229/km²
|
YaIM (XQT)
|
2011- yil roʻyxati
|
• Butun
|
AQSh$3,089 trln. (5-)
|
• Jon boshiga
|
AQSh$37,814
|
Pul birligi
|
Yevro (EUR)
|
Vaqt Mintaqasi
|
(UTC+1 yozda +2)
|
• Yoz (DST)
|
|
|
Qisqartma
|
De
|
Internet domen
|
.de
|
Telefon prefiksi
|
+49
|
|
|
Germaniya (nem. Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nem. Bundesrepublik Deutschland) — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 81,89,mln kishi (2012). Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (shtat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi.
Mundarija
[yashirish]
1 Davlat tuzumi
2 Hududiy boʻlinishi
2.1 Federal Yerlar
2.2 Eng katta shaharlar
3 Tabiati
4 Aholisi
5 Tarixi
5.1 Germaniya birinchi jahon urushi davrida
5.2 Germaniya ikkinchi jahon urushi davrida
5.3 Germaniya urushdan keyingi yillarda
6 Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
7 Xoʻjaligi
8 Sanoati
9 Qishloq xoʻjaligi
10 Transporti
11 Eksport va import
12 Ijtimoiy soha
12.1 Tibbiy xizmati
12.2 Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
12.3 Matbuoti, radnoeshittirishi va telekoʻrsatuvi
13 Adabiyoti
14 Meʼmorligi
15 Tasviriy sanʼati
16 Teatri
17 Musiqasi
18 Kinosi
19 Oʻzbekiston — Germaniya munosabatlari
20 Havolalar
21 Manbalar
Davlat tuzumi[tahrir]
Germaniya
Reichstag
OFR — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan aʼzolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yoʻqotsa yoki vafot etsa, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari oʻz orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qoʻlida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning oʻz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.
Hududiy boʻlinishi[tahrir]
Federal Yerlar[tahrir]
Asosiy maqola: Germaniya yerlari.
-
|
|
Federal Yerlar
|
Poytaxti
|
Yuzasi(km²)
|
Aholisi(2)
|
1
|
Baden-Vyurtemberg
|
Stuttgart
|
35.751,65
|
10.717.000
|
2
|
Bavariya
|
Myunhen
|
70.549,19
|
12.444.000
|
3
|
Berlin
|
(1)
|
891,75
|
3.388.000
|
4
|
Brandenburg
|
Potsdam
|
29.477,16
|
2.568.000
|
5
|
Bremen
|
Bremen(1)
|
404,23
|
663.000
|
6
|
Hamburg
|
(1)
|
755,16
|
1.735.000
|
7
|
Hessen
|
Visbaden
|
21.114,72
|
6.098.000
|
8
|
Meklenburg-Old Pomeraniya
|
Schwerin
|
23.174,17
|
1.720.000
|
9
|
Quyi Saksoniya
|
Hannover
|
47.618,24
|
8.001.000
|
10
|
Shimoliy Reyn-Vestfaliya
|
Dyusseldorf
|
34.042,52
|
18.075.000
|
11
|
Reynland-Pfalz
|
Mains
|
19.847,39
|
4.061.000
|
12
|
Saarland
|
Saarbrücken
|
2.568,65
|
1.056.000
|
13
|
Saksoniya
|
Drezden
|
18.414,82
|
4.296.000
|
14
|
Saksoniya-Anhalt
|
Magdeburg
|
20.445,26
|
2.494.000
|
15
|
Shlesvig-Holshtein
|
Kiel
|
15.763,18
|
2.829.000
|
16
|
Turingiya
|
Erfurt
|
16.172,14
|
2.355.000
|
(1) Berlin va Hamburg shaharlari ham yer, ham shahar hisoblanishadi; Bremen ham xutdi shunday va unga Bremenhaven ham kiradi.
(2) Stichtag: 31. Dezember 2004
|
Eng katta shaharlar[tahrir]
-
Nr.
|
Shahar
|
Maydoni km²
|
Aholisi
|
E./km²
|
1
|
Myunhen
|
310,43
|
1.288.065
|
4.149
|
2
|
Berlin
|
891,75
|
3.389.579
|
3.801
|
3
|
Herne
|
51,41
|
171.325
|
3.333
|
4
|
Shtuttgart
|
207,36
|
591.114
|
2.848
|
5
|
Oberhauzen
|
77,04
|
219.147
|
2.845
|
6
|
Essen
|
210,37
|
588.084
|
2.802
|
7
|
Nyurnberg
|
186,38
|
495.546
|
2.657
|
8
|
Dyusseldorf
|
217,00
|
574.066
|
2.647
|
9
|
Boxum
|
154,40
|
382.087
|
2.628
|
10
|
Gelsenkirhen
|
104,85
|
272.445
|
2.598
|
11
|
Frankfurt Mayn
|
248,31
|
655.079
|
2.595
|
12
|
Gannover
|
204,01
|
520.100
|
2.530
|
13
|
Kyoln
|
405,15
|
965.954
|
2.384
|
14
|
Gamburg
|
755,16
|
1.737.000
|
2.300
|
15
|
Mannheim
|
144,96
|
324.940
|
2.241
|
16
|
Bonn
|
141,22
|
313.605
|
2.220
|
17
|
Duisburg
|
232,82
|
503.664
|
2.164
|
18
|
Wuppertal
|
168,41
|
363.502
|
2.150
|
19
|
Dortmund
|
280,30
|
587.272
|
2.095
|
20
|
Kiel
|
118,40
|
229.850
|
1.941
|
21
|
Mainz
|
97,75
|
186.061
|
1.903
|
22
|
Augsburg
|
146,78
|
261.208
|
1.880
|
23
|
Mülheim an der Ruhr
|
91,26
|
170.327
|
1.866
|
24
|
Kassel
|
106,77
|
198.503
|
1.820
|
25
|
Augsburg
|
146,93
|
260.407
|
1.772
|
26
|
Halle (Saale)
|
135,01
|
238.497
|
1.767
|
27
|
Krefeld
|
137,68
|
238.270
|
1.731
|
28
|
Leipzig
|
297,62
|
498.491
|
1.675
|
29
|
Bremen
|
326,72
|
544.746
|
1.667
|
30
|
Karlsruhe
|
173,46
|
283.227
|
1.633
|
31
|
Aachen
|
160,83
|
256.486
|
1.596
|
32
|
Mönchengladbach
|
170,43
|
266.684
|
1.565
|
33
|
Castrop-Rauxel
|
51,66
|
78.619
|
1.514
|
34
|
Dresden
|
328,30
|
487.421
|
1.480
|
35
|
Würzburg
|
87,65
|
129.050
|
1.470
|
36
|
Freiburg im Breisgau
|
153,06
|
213.998
|
1.398
|
37
|
Osnabrück
|
119,80
|
164.773
|
1.375
|
38
|
Wiesbaden
|
203,90
|
271.351
|
1.331
|
39
|
Braunschweig
|
192,09
|
245.872
|
1.280
|
40
|
Bielefeld
|
257,80
|
329.692
|
1.278
|
41
|
Hagen
|
160,36
|
198.780
|
1.239
|
42
|
Magdeburg
|
200,94
|
226.675
|
1.128
|
43
|
Chemnitz
|
220,85
|
248.365
|
1.125
|
44
|
Rostock
|
181,39
|
198.993
|
1.097
|
45
|
Saarbrücken
|
167,07
|
180.269
|
1.079
|
46
|
Koblenz
|
105,02
|
107.064
|
1.020
|
47
|
Lübeck
|
214,14
|
211.874
|
989
|
48
|
Münster (Westfalen)
|
302,83
|
269.579
|
890
|
49
|
Hamm
|
226,26
|
184.926
|
817
|
50
|
Erfurt
|
269,17
|
211.874
|
752
|
Tabiati[tahrir]
Germaniya manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland togʻ tizmalari oralarida yassitogʻliklar, oʻrqirlar, koʻllar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shimoldan janubga tomon Germaniya 5 landshaft zonasiga boʻlinadi: Shimoliy Germaniya payettekisligi, oʻrtacha balandlikdagi togʻ ostonasi, Janubi-gʻarbiy Germaniya burma poydevorli oʻrta togʻligi, Janubiy Germaniya Alpoldi yassitogligi va Bavariya Alp togʻlari. Shimoldagi payettekisliklarda koʻllar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq yerlar va torfli botqoqlar koʻp. Oʻrta togʻ ostonasidan shimoliy tomondagi yerlar (Quyi Reyn, Vestfaliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Janubda Sharqiy Alp togʻlari qad koʻtargan (eng baland nuqtasi SugShpitse togʻi, 2962 m). Shimoliy dengiz bilan Boltiq dengizi oraligʻidagi past-baland qirgʻoqlarda „Golshteyn Shvey-sariyasi“ joylashgan. Germaniya yer ostida tosh-koʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tuzlar juda koʻp. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi moʻtadil, dengiz iqlimi, gʻarb va shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon dengiz iqlimidagi moʻtadil-kontinental iqlimga oʻta boradi. Yanvarning oʻrtacha harorati pasttekislikda 1,5 °C dan togʻlarda — 6 °C gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning oʻrtacha harorati pasttekislikda 18 °C dan janubiy vodiylarda 20 °C gacha. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. Baland togʻlarda yoz salqin, yogʻin 1000-2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik koʻllari: Voden, Myurits. Tuprogʻi asosan podzol, chimli podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlaridan iborat. Gars togʻlarining sharqiy va shim. togʻ oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uchraydi. Togʻlarda qoraqayin, dub, oq va qora qaragʻay oʻsadi. Bugʻu, elik, serna (togʻ echkisi), ohu va boshqalar yashaydi. Milliy bogʻlari — Bavariya oʻrmoni, Berxtesgaden .
Aholisi[tahrir]
Aholisining 90 % dan koʻprogʻi nemislar; qisman dan (daniyalik)lar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq[1]. Rasmiy tili — nemis tili[2]. Dindorlar — protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va katoliklar[3]. Aholi zichligi bir km2ga 229 kishi toʻgʻri keladi[4][5]. Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurtmayn, Dortmund, Shtutgart, Dyusseldorf, Gannover, Nyurnberg, Leypsig, Drezden[6].
Tarixi[tahrir]
Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalgʻlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada alemanlar, bavarlar, sharqiy franklar, sakslar, tyuringlar va frizlarqolgai.
6—8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138—1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi „salib yurishi“ niqobi ostida Elba va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada oʻz mahsulotini tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi. 1618-yilga kelib katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik urush (1618—48) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida Germaniya katta talafot koʻrdi. 1648-yilgi Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701-yildan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740-1786 yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Germaniyada dehqonlar harakati avj oldi. nemis knyaz va feodallari Fransiyadagi inqilobni boʻgʻib tashlashni maqsad qilib olishdi. 1792-yil Avstriya bilan Fransiya oʻrtasida urush chiqdi. Prussiya Avstriya tomonida turib urushdi. Urushda Germaniya armiyasi yengildi. 1793-yil 18-martda fransuzlar tomonidan ozod qilingan Mayns shahrida nemis tuprogʻida birinchi demokratik respublika eʼlon qilindi. 1803—1804 yillarda Napoleon Germaniyadagi mayda davlatlarni tugatib, oʻz hukmronligida Reyn ittifoqi tashkil qildi. 1812-yilgi urushdaRossiyaning gʻalabasi Germaniyani Napoleon hukmronligidan xalos qildi. 1813-yilgi Leypsig urushu (xalqlar urushi)dan soʻng Germaniyaning barcha hududi ozod qilindi. 1814—185 yillar Vena kongressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi — mamlakatni birlashtirish, monarxiyatuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |