Ikkinchi jahon urushi[yashir]
-
Harbiy harakatlar teatrlari
|
Asosiy janglar (1939—1942)
|
Asosiy janglar (1943—1945)
|
Maxsus mavzular
|
Qatnashchilar
|
Boshlanishi:
• Sabablari
• Yevropadagi voqealar
• Osiyodagi voqealar
Harbiy harakatlarning asosiy teatrlari:
• Gʻarbiy Yevropa
• Sharqiy Yevropa
• Oʻrta Yer dengizi
• Afrika
• Tinch okeani
• Xitoy, Hindiston, Birma
|
|
1939:
• Polsha kampaniyasi
• Atlantika uchun kurash (1939—1945)
• Sovet-fin urushi (1939—1940)
1940:
• Dat-norveg operatsiyasi
• Fransuz kampaniyasi
• Oʻrta Yer dengizi uchun kurash(1940—1943)
• Britaniya uchun kurash
• Sharqiy Afrika kampaniyasi
• Shimoliy Afrika kampaniyasi
• Senegal operatsiyasi
• Gabon operatsiyasi
• Malta uchun kurash
• Italyan-yunon urushi
1941:
• Yugoslaviya operatsiyasi
• Yunon operatsiyasi
• Iroq operatsiyasi
• Krit operatsiyasi
• Suriya-Livan operatsiyasi
• Barbarossa operatsiyasi
• Sovet-fin urushi (1941—1944)
• Qutborti himoyasi
• Leningrad blokadasi
• Eron operatsiyasi
• Moskva jangi
• Sevastopol himoyasi
• Perl-Harborga hujum
• Tailand operatsiyasi
• Malayziya operatsiyasi
• Gonkong himoyasi
• Fillipin operatsiyasi (1941—1942)
• Guam operatsiyasi
• Ueyk operatsiyasi
• Golland-Sharqiy-Hind operatsiyasi
• Uchinchi Chanshay operatsiyasi
1942:
• Timor operatsiyasi
• Avstraliya uchun jang
• Yangi Gvineya operatsiyasi
• Singapur himoyasi
• Hind okeani uchun jang
• Solomon operatsiyasi
• Madagaskar operatsiyasi
• Korall dengizi uchun jang
• Miduey jangi
• Aleut operatsiyasi
• Andaman operatsiyasi
• Xarkov operatsiyasi (1942)
• Kavkaz uchun jang
• Stalingrad jangi
• Marokash-Aljir operatsiyasi
• Chjeszyan-Szyansits operatsiyasi
|
1943:
• Tunis operatsiyasi
• Italiya kampaniyasi (1943—1945)
• Kursk jangi
• Smolensk operatsiyasi (1943)
• Dodekaness operatsiyasi
• Gilbert-Marshall operatsiyasi
• Birma operatsiyasi
• Dnepr uchun jang
• Huayin-Yanchen operatsiyasi
• Chuntsin operatsiyasi
• Chande yaqinidagi jang
1944:
• Leningrad deblokadasi
• Korsun-Shevchenko operatsiyasi
• Qrim operatsiyasi
• Viborg-Petrozavod operatsiyasi
• Normand operatsiyasi
• Janubi-Fransuz operatsiyasi
• Belorussiya operatsiyasi (1944)
• Boltiqboʻyi operatsiyasi
• Fillipin operatsiyasi (1944—1945)
• Lvov-Sandomir operatsiyasi
• Yass-Kishinyov operatsiyasi
• Debretsen operatsiyasi
• Golland operatsiyasi
• Marian operatsiyasi
• Budapesht operatsiyasi
• Petsamo-Kirkeness operatsiyasi
• Lapland urushi
• Ardenn operatsiyasi
• Pekin-Xankouss operatsiyasi
• Xunan-Guylin operatsiyasi
1945:
• Vislo-Oder operatsiyasi
• Borney operatsiyasi
• Sharqiy Prussiya operatsiyasi (1945)
• Ryuku orollari uchun kurash
• Xenan-Xubey operatsiyasi
• Maas-Reyn operatsiyasi
• Rur operatsiyasi
• Yuqori Silez operatsiyasi
• Pastki Silez operatsiyasi
• Sharqiy Pomeran operatsiyasi
• Berlin jangi
• Praga operatsiyasi
• Vena operatsiyasi
• Sovet-yapon urushi
• Xirosima va Nagasakining atom bombardimonlari
• batafsilroq…
|
|
• Blitskrig
• Vermaxt
• "Gʻalati urush"
• Lend-liz
• Kollaboratsionizm
• Tashviqot
• Kriptografiya
• Harbiy tehnika
• Harbiy sanoat
• Qarshilik harakati
• Sovet partizanlari
• Asir nemislarning Moskva boʻylab marshi
• Hitlerga qarshi fitna
• Bernhard operatsiyasi
• Aygʻoqchilik
• Texnologiyalar
• Gʻalaba kuni
Gumanitar falokatlar:
• Xolokost
• Leningrad blokadasi
• Ittifoqdoshlarning harbiy jinoyatlari
• Xirosima va Nagasakining atom bombardimonlari
• Nemislarning harbiy jinoyatlari
• Yaponlarning harbiy jinoyatlari
• 731-otryad
• Strategik bombardimonlar
• Singapur taslimi
• Nankin qirgʻini
Oqibatlari:
• Oqibatlari
• Yoʻqotishlar
• Nemislarning koʻchirilishi
• Sovuq urush
Shaxsiyatlar
• Amerika
• Angliya
• Olmoniya
• Italiya
• Xitoy
• SSSR
• Fransiya
• Yaponiya
|
|
Aksihitler ittifoqi
• SSSR
• AQSh
• Buyuk Britaniya
• Fransiya
• Norvegiya
• Polsha
• Niderlandlar
• Belgiya
• Lyuksemburg
• Chexoslovakiya
• Yugoslaviya
• Yunoniston
• Misr
• Hindiston
• Xitoy
• Kanada
• Avstraliya Ittifoqi
• Yangi Zelandiya
• JAI
• Braziliya
• Meksika
• batafsilroq…
Oʻq mamlakatlari
• Olmoniya
• Italiya
• Yaponiya
• Finlandiya
• Vengriya
• Ruminiya
• Bolgariya
• Xorvatiya
• Slovakiya bayrogʻi (1939-1945)Slovakiya
• Tailand
• batafsilroq…
|
|
|
Qoʻshimcha maʼlumot
|
• Ulugʻ Vatan urushi
• Ulugʻ Vatan urushi davrida sovet frontlari
• Shaxslari
• Total urush
• Ikkinchi jahon urushi jahon madaniyatida
• Ikkinchi jahon urushi mukofotlari
• Ikkinchi jahon urushi unvonlari
|
koʻrish • munozaralash • tahrirlash
|
|
Turkiya
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkiya Respublikasi
Türkiye Cumhuriyeti
|
|
Shior: Yurtta Sulh, Cihanda Sulh
|
Madhiya: İstiklâl Marşı
(Mustaqillik madhiyasi)
|
|
Poytaxt
|
Ankara
|
Rasmiy til(lar)
|
Turk tili
|
Hukumat
|
Parlamentlik Respublika
|
•
|
Prezident
|
|
Abdullah Gul
|
•
|
Bosh Vazir
|
|
Recep Tayyip Erdoğan
|
|
Islamiyet
|
|
751
|
•
|
Sana
|
|
29 Oktabr 1923
|
|
Maydon
|
|
• Butun
|
783,562 km² (37-)
|
• Suv (%)
|
|
Aholi
|
|
• 31/12/2011roʻyxat
|
74.724.269 (18- oʻrin)
|
• Zichlik
|
89/km²
|
YaIM (XQT)
|
2008- yil roʻyxati
|
• Butun
|
AQSh$ 941,600 mil. (15-)
|
• Jon boshiga
|
AQSh$ 13,511
|
Pul birligi
|
Turk Lirasi (TL)
|
Vaqt Mintaqasi
|
UTC+2 (UTC)
|
• Yoz (DST)
|
|
|
Qisqartma
|
TR
|
Internet domen
|
.tr
|
Telefon prefiksi
|
+90
|
|
tahrir kuzat
|
Turkiya (turkcha. Türkiye), Turkiya Respublikasi (turkcha. Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning jan. Turkiyaning poytaxti - Anqara shahri. Davlat tili - Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2013) — 76,667,864. Pul birligi —lira.
Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat.
Mundarija
[yashirish]
1 Tarixi
2 Geografiya
3 Demografiyasi
4 Gallery
Tarixi[tahrir]
Asosiy maqola: Turkiya tarixi
Geografiya[tahrir]
Demografiyasi[tahrir]
sharqiy qismida joylashgan davlat. Hududining 97% Kichik Osiyo ya.o. (Anadolu)da, 3% Yevropa (Sharqiy Frakiya)da. Shim.dan Qora dengiz, gʻarbdan Egey dengizi, jan.dan Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham T.ga qarashli. Mayd. 814578 km². Aholisi 75,63 mln. kishi (2012). Poytaxti — Anqara sh. Maʼmuriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. T. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1982 y.da qabul qilingan (bir necha marta tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Axmet Nejdet Sezer), u Buyuk Millat Majlisi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 y. muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi oliy parlament — T. Buyuk Millat Majlisi. Oliy ijroiya hokimiyati xukumat boʻlib, uni Bosh vazir (Bosh boqon) boshqaradi. Bosh vazirni prezident deputatlar orasidan tayinlaydi.
Tabiati. T. tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Barish Oʻzbek Relyefining aksari togʻ va yassitogʻlik; shim. va jan. sohillarga parallel ravishda yastangan togʻ tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, koʻl, plato va daryolar mavjud. Shim.da Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shim. Anadolu yassitogʻlari, jan.da Toros togʻlari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutogʻ, Istranja va Tekirtogʻlar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin togʻlari, Oʻrta Anadoluda Qiziltogʻ, Raman va Soʻf togʻlari, Sharqiy Anadoluda Agʻri togʻlari (bu togʻda T.ning eng baland nuqtasi boʻlgan Buyuk Agʻri choʻqqisi — 5137 m) qad koʻtargan. T. hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. T. yer ostida xromit, borat, boksit, volfram, simob, surma, mis, toshkoʻmir, neft, marganets, temir va b. bor. Iqlimi subtropik, gʻarbiy va jan. sohillari iliq, yogʻin koʻp, ichki mintaqada yoz issiq va quruq, qish sovuq, qor koʻp yogʻadi. Yanv.
ning oʻrtacha trasi pasttekisliklarda 5—10° dan ichki yassitogʻliklarda —15° gacha, sharqdagi togʻliklarda —35° gacha sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha trasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yogʻin oʻrtacha 1000–3000 mm. Yirik koʻllari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprogʻi ichki yassitogʻliklardagi choʻllarda asosan boʻz va och qoʻngʻir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa shoʻrxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya togʻlarida doim yashil va igna bargli oʻrmonlar, togʻlarning baland qismida all oʻtloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli oʻtlar oʻsadigan chala choʻldan iborat. Togʻlarda yovvoyi qoʻyechkilar, toʻngʻiz, boʻri, chiyaboʻri, ayiq va b.lar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq koʻp. T.da 12 milliy bogʻ bor. Yiriklari: OlimposBeydaglari, MunzurVodiysi, KyopryulyuKanon.
Aholisining 90% — turklar. kurd, arab, uzbek, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, yunon, arman, laz, gurj, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — turk tili. Shahar Aholisi 69%. Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Bursa, Gʻoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna.
Tarixi. Hozirgi T. hududida juda kadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett qirolligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont qirolligi, Pergam, Qad. Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga 11-a.dan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatita asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071 y.da Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng , Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243 y.gi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. 13-a.
ning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-a.ning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hoz. Istanbul)ni egallab (1453 y. 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Sulton Salim I Ya vuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-a.dan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari T.ga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683 y.da Vena sh. yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684 y.da T.ga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686 y.dan Rossiya) "Muqaddas ittifoq" tuzdilar. Ittifoqchilar T.ga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq T. 1711 y.da Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay jan. ga chekinishga, shim.da Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-a. da yanada koʻproq talofotlar berildi.
1768—74 y.lardagi RossiyaT. urushidan keyin T. Qora dengiz va Bolqon ya.o.dagi mavqeini boy berdi. 1774 y.gi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi T.dan ajratib olinib, mustaqil deb eʼlon kilindi. Biroq 1783 y. Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 y.lardagi urushda T. yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. T. Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi.
Sultan Salim III (17891807 y.larda imperiyani boshqargan) davlat tashkilotlarini zamonaviylashtirish, eng avvalo, harbiy islohotlar oʻtkazish harakatini boshladi. Yangi Nizom ("Nizomi jadid") deb nomlangan bu islohotlar natijasida boshqaruv, moliya, savdo, qishloq xoʻjaligi., ilmfan va b. sohalarda yangiliklar joriy etishga kirishildi. Biroq islohotlarga jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yoʻqotishdan qoʻrqqan yanicharlar va b. qarshilik koʻrsatib, 1807 y. 15 mayda koʻtarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan agʻdarib tashladilar. Taxtga chiqqan Mustafo IV ning faoliyati "Nizomi jadid" tufayli qoʻlga kiritilgan yutuqlarni yoʻq qilishga qaratildi. Biroq islohotchilar oʻz tarafdorini koʻpaytirishga muvaffaq boʻldilar va 1808 y. 28 iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga oʻtqazdilar. Mahmud II yanicharlarni yoʻq qildi va armiyani qayta tashkil etdi, boshqaruv, moliya, huquq va b. sohalarda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Biroq uning islohotlari Usmoniylar imperiyasi inqirozini toʻxtata olmadi. Yunoniston va Serbiyada qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Bu orada RossiyaT. oʻrtasida 1806— 12 y.larda boʻlib oʻtgan urush oqibatida Rossiya sarhadlari Prut daryosigacha kengaydi. 1828—29 y.gi urushda ham Rossiya gʻolib chikdi va T. Yunonistonga muxtoriyat maqomini berishga majbur boʻddi. T.ning Yevropa kapitaliga iktisodiy karamligi ortdi. Qaramlikdan qutulish uchun T. hukmron sinfi 1839 y. yangidan islohot (tanzimat) oʻtkazib, turk ziyolilarining shakllanishiga imkon yaratdi. 1853—56 y.larda Rossiyaga qarshi olib borilgan Kroʻm urushida T. galaba qozondi. Rossiya 1856 y. 30 martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur boʻldi. Ushbu shartnomaga koʻra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun ochiq, betaraf deb eʼlon qilindi, "Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi" tan olindi.
Bu davrda T.da Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi, sanoat rivojlana boshladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvchi, maʼmur va b. yetishib chikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861—76)da Tanzimat harakati qiyinchilik bilan boʻlsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro urushda katnashmadi. Biroq imperiyaning Bolqon ya.o.dagi qududlarida isyonlar yuz berdi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxshilash, konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatish gʻoyasi tarafdori boʻlgan Yosh usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va gaz.lar chop etila boshlandi. Sulton Abdulhamid II (1876—1908 y.larda boshkargan) taxtga chiqqan yili ilk Asosiy Qonun eʼlon qilindi (1876 y. 23 dek.). Sulton hukumatni tanqid ostiga olgan parlamentni 1879 y. fev. da tarqatib yubordi, yosh usmoniylarning koʻpchiligini taʼqib ostiga oldi. 1877—78 y.lardagi RossiyaT. urushida T.ning yengilishi bilan Bolqon ya.o.da T. hukmronligi tugatildi. 1881 y. Fransiya Tunisni, 1882 y.da Buyuk Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yosh turklar harakati tobora kuchaydi, ular tomonidan tuzilgan yashirin "Ittihod va taraqqiy" tashkilotining kuchli taʼsiri ostida Sulton 1908 y. 23 iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatishini eʼlon qilishga majbur boʻldi. 1914 y.dan butun hokimiyat yosh turklarning yoʻlboshchilari boʻlgan Mehmet Talʼat posho (1874— 1921), Ahmad Jamol posho (1872— 1922) va x.arbiy nozir Anvar posho (1881 — 1922) qoʻliga oʻtdi. 1jahon urushida Usmoniylar davlati Olmoniya tomonida turib urushdi. 1918 y. 30 okt.da T. Antanta davlatlariga taslim boʻldi. Antanta davlatlari T.ni ishgʻol qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boshlandi. T.da Ozodlik urushi (Kurtulish savashi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol posho (Otaturk) boshchilik qildi. Ozodlik urushi avj oldi. 1921 y.gi Inoʻnoʻ va Saqariya janglari natijasida Yunoniston qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozonildi. 1922 y. 9 sent.da Izmir ozod qilindi. 1922 y. 1 noyab.da T. Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qilish va xalifalikni saltanatdan ajratish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Lozanna sulh shartnomasi (1923 y. 24 iyul) ga muvofiq, T.ning chegaralari belgilandi, T.ning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi eʼtirof etildi. 1923 y. 29 okt.da T. respublika deb eʼlon etiddi. 1924 y. 3 martda esa xalifalik bekor qilindi. 1924—34 y.larda davlat qurilishi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va turmushga oid qator islohotlar oʻtkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab alifbosidan lotin alifbosiga oʻtildi. Eng avvalo, davlat va din birbiridan ajratiddi, maktab va taʼlimtarbiya ishlari davlat ixtiyoriga olindi, shariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi shakllantirildi, qonunlar yangidan ishlab chiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iktisodiyot sohasida ham oʻzgartirishlar amalga oshirildi.
2-jahon urushi (1939—45) davrida T. Fransiya va Angliya bilan shartnoma tuzib, iqtisodiy yordam olishga muvaffaq boʻldi. U Sovet Ittifoqining T.ga qarshi hujum qilish xavfini oldini olib, 1941 y. 25 martda SSSR bilan shartnoma imzoladi. Olmoniya bilan ham u Sovet Ittifoqiga hujum qilishidan bir necha kun oldin xuddi shunday shartnoma tuzildi. 1945 y. fevralda T. AQSH, Angliya va SSSRga qoʻshilib, Olmoniya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 y. 5 martda T. SanFransisko konferensiyasiga taklif etildi va BMT ni barpo etgan aʼzolar qatoridan joy oldi.
T. 1952 y. NATO ga aʼzo boʻldi. Bu davrda T. Koreya urushida ishtirok etdi. 1954 y.dan keyin iqtisodiy ahvol ogʻirlashib, inflyatsiya kuchaydi, talabalar namoyishlari boʻlib oʻtdi, tanglik ortdi. Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960 y. 27 mayda davlat toʻntarishi qildi. 1961 y. 9 iyulda demokratik erkinliklarni koʻzda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965 y.gi saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi. 1971 y.dan koalitsion hukumatlar davri boshlandi, hukumatlar ketma-ket almashinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy tanglik, oziq-ovqat, yonilgʻi tanqisligi roʻy berdi, terror avj oldi. Bu vaziyatda general Kenan Evren boshchiligidagi harbiylar 1980 y. 12 sent.da hokimiyatni egallab, TBMM va hukumatni tarqatib yubordi, qamal holati eʼlon qildi, partiya rahbarlarini nazorat ostiga oldi. 1982 y. 7 noyab.dagi referendum natijasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi, Kenan Evren prezident boʻldi. 1983 y. 24 apr.dan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Oʻsha davrdan siyosiy faoliyatini boshlagan Turgʻut Oʻzal Ona vatan partiyasini tuzdi. Bu partiya 1983 y. 24 noyab. dagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi. Turgʻut Oʻzal qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi. Eksport va import erkinlashtirildi, eksportni ragʻbatlantiruvchi ochiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada ishlab chiqarish. eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va T. iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm misli koʻrilmagan darajada taraqqiy topdi. Turgʻut Oʻzal 1989 y. 9 noyab.da prezident etib saylandi. 1991 y. Sovet Ittifoqi tugatilgandan soʻng Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tashkil topgan mustaqil davlatlar bilan yaqin va doʻstona munosabatlar oʻrnatildi. Turgʻut Oʻzal vafoti (1993)dan soʻng Sulaymon Demirel prezident etib saylandi. T. OʻzR suverenitetini 1991 y. 16 dek.da tan olgan va 1992 y. 4 martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami —29 okt. — Respublika kuni (1923).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Adolat va rivojlanish partiyasi, 2001 y. tuzilgan; Ona vatan partiyasi, 1983 y. tashkil etilgan; Jumhuriyat xalq partiyasi, 1923 y. asos solingan; Toʻgʻri yoʻl partiyasi, 1983 y. tuzilgan; Milliyotchi harakat partiyasi, 1983 y. kayta tashkil etilgan; Demokratik soʻl partiya, 1985 y. asos solingan; Demokratik partiya, 1994 y. tuzilgan; Buyuk Birlik partiyasi, 1993 y. asos solingan; Demokratik Turkiya partiyasi, 1997 y. tashkil etilgan. T. Ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ("TurkIsh"), 1952 y. tashkil etilgan; T. Inqilobiy ishchilar kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1967 y. "Tur.kIsh"dan baʼzi uyushmalarning ajralishi natijasida tuzilgan; T. Haq ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi ("HaqIsh"), 1976 y. barpo etilgan.
Xoʻjaligi. T. — industrialagrar mamlakat. 1980 y. iqtisodiyotda tub burilishni koʻzda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida markazdan boshqaruv oʻrniga bozor mexanizmiga oʻtildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi, sarmoya jamgʻarmalari tez surʼatlar bilan koʻpaydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay imkoniyat yaratiddi. Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 1985 y.da "Erkin mintaqalar qonuni" kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 1987 y.da atigi 2 ta (Mersin va Antaliya) boʻlgan boʻlsa, 2002 y.ga kelib ularning soni 21 ga yetdi. Ana shular natijasida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7%, qishloq xoʻjaligi. niki 14,4%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 56,9% boʻddi.
Sanoati. T. xromit ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda yetakchi (toʻrtinchi) oʻrinda turadi (40 mln. tonnalik xromit zaxirasi bor). Shuningdek, gaz, neft, toshkoʻmir, temir, marganets, mis va b. rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan mamlakatning gʻarbiy va markaziy qismida joylashgan. Keyingi yillarda mamlakat sharqiy qismini rivojlantirish uchun choratadbirlar koʻrildi. T. sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, toʻqimachilik, koʻnchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish. yetakchi oʻrin tutadi. Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2001 y. 270685 yengil avtomobil va yuk mashinasi ishlab chiqardi. Keyingi davrda T.da elektronika sanoati jadal rivojlandi. Kimyo sanoatida 970 fka faoliyat koʻrsatadi. T. toʻqimachilik sanoati mollari eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7oʻrinda turadi. T.da elektr energiya ishlab chiqarish.da anʼanaviy oʻtin, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi singari manbalardan tashqari quyosh va shamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga oʻrtacha 125 mlrd. kVtsoat elektr energiya xrsil qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi. T. hududining 16% ni oʻtloq, 26% ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35% da, yaʼni jami hududning ‘Gʻ3 qismida dehqonchilik qilinadi. T.da gʻalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zigʻir, kanop va b.lar yetishtiriladi. T. yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka eʼtibor kuchaydi. 2000 y. chorvachilikda 11 mln. krramol, 28,4 mln. qoʻyechki, 250 mln. tovuq boʻlgan. Baliq ovlanadi.
Transporti. Avtomobil yoʻllari uz. 63167 km, t.y. uzunligi 10940 km. Mamlakat ichkarisida yoʻlovchilarning 95% avtomobil transportida, mamlakat tashqarisiga yoʻlovchilar, asosan, havo yoʻllari, yuklar esa, asosan, dengiz yoʻli orqali tashiladi. T. dengiz savdo floti 3157 kemadan iborat boʻlib, u eksport yuklarning 72%, import yuklarning 95% ni tashiydi. Asosiy portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir sh.larida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor boʻgʻozi ustiga osma koʻprik qurilgan. T.ning eng muhim neft quvuri tarmogʻi yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga yetkazib beradi.
Tashqi savdosi.T. chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. T.da turizm rivojlangan. 2002 y. T.ni 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi.
Tibbiy xizmati. T.da oʻrtacha umr 69 yoshni tashkil etadi. 1989—2002 y.larda kasalxonalardagi oʻrinlar soni 133 mingdan 178315 ga, kasalxonalar soni 1156 taga yetdi. Vrach, hamshira va farmatsevtlar soni yildanyilga koʻpaymoqda. 1995 y.dan beri oʻtkazilayotgan islohotlar natijasida oila vrachi modeliga oʻtish, T. sogʻliqni saqlash xizmatini Yevropa darajasiga olib chiqish moʻljallangan.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. T.da bepul majburiy oʻrta taʼlim joriy qilingan. Milliy taʼlim tizimi 3 qism (asosiy taʼlim, yordamchi taʼlim—kurslar va ochiq, yaʼni sirtqi taʼlim)dan iborat. Asosiy taʼlim maktabgacha tarbiya, boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga oladi. Yordamchi taʼlim oʻquv yurtlaridan tashqarida tashkil etiladigan kurslar faoliyatini qamrab oladi. 2002/03 oʻquv yili asosiy taʼlim tizimida 52692 taʼlimtarbiya muassasasi ishladi, jumladan maktabgacha taʼlim muassasalarida 320 ming bola tarbiyalandi, boshlangʻich maktablarda 10,3 mln., oʻrta maktablarda 3 mln. oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 1,7 mln. talaba taʼlim oldi, Yordamchi, yaʼni keng xalk, taʼlimi tizimida 3 mln. kishi mashgʻul boʻldi.
Boshlangʻich taʼlim (6—14 yoshdagi bolalar uchun) 8 y. Oʻrta taʼlim kamida 3 y.lik boʻlib, oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim, kasbhunar va texnika taʼlimi berishga moʻljallangan. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar xususiy tarbiya tizimida oʻqiydilar. 2002/03 oʻquv yili bu tizimdagi 325 maktabda 19,4 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2002/03 oʻquv yili T. oliy taʼlim tizimidagi 76 unt, yuzlab int, konservatoriya, kasb oliy oʻquv yurtlarida 1 mln. 894 mingdan ziyod talaba oʻqidi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Yirik untlari: Istanbul unti (1453), Anqara unti (1946), Oʻrta Sharq texnika unti (1956), Egey unti, Otaturk unti, Qora dengiz texnika unti, Bosfor unti, tibbiy mutaxassislar tayyorlanadigan Hojitepa unti.
Madaniyat vazirligi tizimida 1440 kutubxona va 92 muzey bor. Yirik kutubxonalar: Anqaradagi milliy kutubxona, Ankara va Istanbul untlari kutubxonalari, Anqaradagi TBMM kutubxonasi. Yirik muzeylar: Turk osori atiqa (arxeologiya va etn.) muzeyi (1923), Istanbuddagi Toʻpqopi saroyi (1927), Etn. muzeyi (1930), Ayo [[Sofiya ibodatxonasi muzeyi (1934).
T.da ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiklashtirish uchun Ilm va Texnologiya oliy jamiyati tuzilgan. 1993 y. Fanlar akademiyasi va Turk Patent inti barpo etildi. Standartlar (1960), Marmar dengizini ilmiy va texnologik tadqiq etish (1972) i.t. institutlari, kimyo, biol., elektroradiografiya, mikrobiol., veterinariya, geol., tarix, tilshunoslik, iqtisodiyot, falsafa jamiyatlari bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2003 y. T.da 3450 gaz., jurnali va b. matbuot nashrlari chop etildi. Eng yirik kundalik gaz.lari: "Hurriyat" (1948 y.dan), "Milliyot" (1950 y.dan), "Saboh" (1985 y.dan), "Jumhuriyat" (1923 y.dan), "Yangi nayel" (1970 y.dan). Eng yirik jurnalilari: haftanomalar — "Ekonomist", "Aktual", "Oto xabar", "Tempo", "Nuqta"; oynomalar — "Soʻfra", "Kosmopoliten": "Turkiya", "Kapital", "PC Magazin" va b. Anadolu agentligi (AA) T.ning yetakchi axborot agentligi; 1920 y. tashkil topgan. Bir necha xususiy agentlik ham bor. T. Radio va telekoʻrsatuv jamiyati 1964 y. 1 mayda tashkil etilgan. Radioeshittirishlar 1927 y.dan, telekoʻrsatuvlar 1968 y.dan boshlangan. Mamlakatda 36 milliy, 103 mintaqaviy va 951 mahalliy radiostya, 16 xalqaro, 15 mintaqaviy va 227 mahalliy telemarkaz faoliyat koʻrsatadi.
Adabiyeti. T. ogʻzaki ijodiga xos boʻlgan qahramonlik dostonlari, jumladan, "Oʻgʻuznoma" turkumida dunyoning yaratilishi va odamning paydo boʻlishi haqidagi islomgacha boʻlgan afsonalar bayon etilgan. Tarixiy qahramonlik dostonlaridan "Erganakon", Koʻroʻgʻli (Goʻroʻgli) turkumi va Dada Qoʻrkut kitobi mashhur. Anadoluda turk tilida yaratilgan dastlabki yozma asarlar tasavvuf mazmunida boʻlib, 13-a. oʻrtalariga mansub. Saroy adabiyeti vakillari aruz vaznida ijod qilganlar. Oʻsha davr anʼanasiga koʻra, koʻpchilik shoirlar oʻz asarlarini fors tilida yozganlar. Bu davr ijodkorlari orasida Jaloliddin Rumiy, Yunus Emra, Hoji Bektoshi Valiy ijodi ayniqsa ajralib turadi. Turk tilida birincha marta Oshiq Posho (1271 — 1332) tasavvufona ruxda sheʼr va dostonlar bitdi. Uning 12 ming baytlik "Gʻaribnoma" dostoni va "Faqirnoma", "Vasfi hol" asarlari bor. 14-a.da Dehxrniy, Qozi Burhoniddin, Nasimiy va Ahmadiy kabi shoirlar ijod qiddi. 15-a.dan turk sheʼriyati rivojlana boshladi. Bu taraqqiyot 17-a.gacha davom etdi. Hamdi Chalabiy (1449—1503) turk tilida "Xamsa" yaratdi. Axmad Doiy, Fuzuliy, Xayoliy, Zotiy, Boqiy, Umar Nafiy, Nadim kabi shoirlar yetishib chikdi. 18-a.
dan saroy adabiyeti xalqqa yaqinlashdi. Shoirlarning kupi oddiy xalqqa soddaroq uslubda, ziyolilar uchun jimjimador va murakkab uslubda asarlar bitdilar. Oshiq Poshshozoda, Oshiq Chalabiy, Avliyo Chalabiy, Nayma, Qoʻchibey va Marjimak Ahmad oʻz davrining yetuk adiblaridir. 19-a.da Gʻarb adabiyeti taʼsirida yangi adabiyot shakllana boshladi, ilk roman, pyesa, tadqiqot ishlari paydo boʻddi. Tanzimatdavri yozuvchilari adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Ibrohim Shinosiy (1826—71), Nomiq Kamol(1840— 88), Shamsiddin Sami (1850—1904), Rejaizoda Mahmud Akram va b. yangi realistik adabiyot asoschilari boʻldilar. Turk romanchiligi asoschisi Xolid Ziyo Ushoqligilning "Moviy va Qora", "Taqiklangan ishq" romanlari, Mehmet Raufning "Sentyabr" nomli ilk psixologik romani dunyo yuzini koʻrdi.
1jahon urushidan soʻng Yoqub Qadri Qorausmonoʻgʻli, Xolida Edip, Rashod Nuri Guntekin va Rafiq Xolid Qaray, T. madhiyasi muallifi Mehmet Akif Ersoʻy, Najib Fozil Qisakurak singari yozuvchilar shuxrat qozondi. Nozim Hikmat Ran sarbast usulda sheʼrlar bitib, yangi oqimga asos soldi. 1940-y.
larda Sabohiddin Ali, Said Foyiq Abasiyonik asarlarida jamiyat muammolarining shaxs ichki dunyosiga taʼsirini yoritishga harakat qilinganini koʻrish mumkin. Sabohiddin Alining "Ichimizdagi shayton" (1940) va "Moʻyna poʻstinli Madonna" romanlarida madaniy oʻzgarishlarning jamiyat turli toifalariga koʻrsatgan taʼsiri psixologik taxlil qilingan. Tariq Bugʻro, Oʻqtoy Aqbal, Javod Shokir Qabaogʻochli, Xaldun Taner, Javdat Qudrat va Samim Xoʻjakoʻz kabi yozuvchilar ham realistik yoʻldan bordilar.
2-jahon urushidan keyin paydo boʻlgan asarlarning koʻpida qishloq hayoti muammolari tilga olindi. Bu adabiyotga qishloqdan chiqqan bir guruh yozuvchilarning kirib kelishi bilan izoxlanadi. Yashar Kamolning "Inja Mamad" romanida qishloq axli tortayotgan mashaqqatlar tasvirlangan boʻlsa, Aziz Nesin asarlarida kundalik turmushda uchraydigan illat va nuqsonlar hajv qilindi. 1960-y.
larda Yavuz Byulent Bakilar, Usmon Atilla, Ayxan I nal va b. shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular ijodida insonning oʻz vijdoni, jamiyat oldidagi masʼuliyati kabi mavzular yoritildi. Bu davrda ijod qilgan Suot Darvishning "Fosforli Javriya" romani mashhur boʻldi. Bu asar asosida kinofilm ham yaratildi. 70-y.
larda adabiyotga kirib kelgan Chetik Altan, Pinar Kur, Tomris Uyar, Aila Qutli va b. ijodida psixologik taxlil chuqurlashganligi koʻrinadi.
1980-y.lardagi jamiyatda siyosatdan begonasirash kayfiyatlari kuchayishi adabiyotga ham taʼsir oʻtkazdi. Bu davrda Oʻrxon Pamuq asarlari etibor qozondi. Soʻnggi yillarda Nadim Gursel, Murodxon Mungan, Parixon Mayden va Elif Shafaq oldingi safda turib ijod qilmoqdalar. Turkyozuvchilaridan Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi", Yashar Kamolning "Inja Mamad", Suot Darvishning "Fosforli Javriya" romanlari, Aziz Nesin hikoyalari, Nozim Hikmat sheʼrlari, Yavuz Bahodiroʻgʻlining "Xorazm oʻt ichida" va "Alvido, Xorazm" tarixiy romanlari, Najib Fozil Qisakurak sheʼrlari va b. koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.
Meʼmorligi. T. hududida mil. av. va milodning ilk davrlariga taallukli meʼmoriy yodgorliklar koʻp (q. [[Sofiya ibodatxonasi). Yunoniston, Vizantiya, Arab mamlakatlari, Oʻrta Osiyo davlatlarining meʼmoriy tajribalarini ijodiy oʻzlashtirgan saljuqiylar va usmoniylar imperiyalari meʼmorlari muhtasham, goʻzal binolar kurdilar. 12—19-a.larda imperiyaning turli shaharlarida hashamatli saroy, masjid, Madrasa, maqbara, gumbazli hammom, goʻzal favvoralar (mas., Istanbuldagi Sulton Ahmad favvorasi) bunyod etilgan. 15—16-a.larda meʼmor Xoja Sinon (1490 — 1588) yangi kompozitsiyalar yaratib, hayratga sazovor 400 dan ziyod bino barpo etdi. Istanbuldagi Sulaymoniya mayejidi, Ahmadiya mayejidi, Salimiya mayejidi ular orasida eng mashhurlaridandir. Usmoniylar imperiyasining inqirozi davri meʼmorligi mahobatliligi bilan ajralib turadi. 20-a.ning 20-y.lari oxiridan shahar qurilishini rejali tarzda olib borishga kirishildi, ayrim shaharlar (Ankara va b. shaharlar) ning bosh rejasi tasdiqlandi. 30-y. lardan zamonaviy binolar qurish uchun xorijdan meʼmorlar jalb qilindi. Keyinchalik xalqaro tajribani milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirishga erishgan milliy kadrlar yetishdi. Mahalliy qurilish mahsulotlari industriyasi rivojlandi. Bu davrda tanikli meʼmorlardan Sedat Haqqi Eldan yaratgan imoratlarning loyihalari oʻziga xos meʼmoriy yechimi bilan ajralib turadi. Keyingi davrda butun jahonda ommalashayotgan meʼmoriy uslublar T.ga ham kirib keldi. Ammo bu yerda uyjoylarni namunaviy loyihalari ommalashmadi. Katta shaharlarda mahobatli osmonoʻpar binolar qurishga, meʼmorlikda turlituman uslub va yoʻnalishlarni joriy etishga kirishildi. Jumladan, Anqaradagi Kamol Otaturk makbarasi (maʼmorlari E. Onat, O. Arda), Turkiya tarix jamiyati binosi (meʼmori T. Jonsevar), "Stad" mehmonxonasi (meʼmori M. Xepgyuler), "Odeon" konsert zali, Xalk, banki, Istanbuldagi "Xilton" meqmonxonasi (meʼmori Sedat Haqqi Eldan), Izmirdagi osmonoʻpar binolar barpo etildi. Bahruz Chiniji, Chingiz Bektosh, Doʻgʻon Pekali, Affon Yatman va Shavki Vanli kabi meʼmorlar mashhurdir.
Tasviriy sanʼati. T. hududida Qad. Sharq, Ellin, Rim, Vizantiya sanʼati yodgorliklari saklanib qolgan. Tasviriy sanʼat oʻrta asrlarda miniatyura janrida rivoj topdi. 16-a.da bu sanʼat gullab yashnadi. Badiiy toʻqish, gilamdoʻzlik, kandakorlik, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. 17—18-a.larda dastgoh rangtasviri yuzaga keldi. Zamonaviy tasviriy sanʼat 19-a.dan boshlab shakllandi. 1910-y.larda bir guruh rassomlar — Ibrohim Challi, Hikmat Oʻnat, Nomiq Ismoil, Avni Lifij, Fayxaman Duran Yevropada taʼlim oldilar hamda impressionizm va simvolizm yoʻnalishida asarlar yaratdilar. 1929 y. rassomlarning "Mustaqillar" nomli jamiyati, 1933 y. "D guruhi" tuzildi. Rangtasvirchilar Zaki Faiq, Izer, Nurullan Berk, Elif Nasi, Kemal Tollu, Abidin Dino va haykaltarosh Zuxtu Muridogʻli impressionizm yoʻnalishini tark etgan holda, yangi yoʻnalishni yaratdilar. Yangi usul anʼanaviy madaniyatning muhim elementlarini 20-a. Yevropa sanʼatining gʻoyalari bilan uygunlashtirishdan iborat edi. 1936 y. Istanbuldagi "Sanoyi nafisa maktabi" "Nafis sanʼatlar akademiyasi"ga aylantirildi. T. rassomlik sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar rivojlangan. 1949—50 y.larda "Yangi guruh" deb nomlangan ijodiy guruh tashkil qilindi. Bu guruh "D guruhi"dan keyin eng mahoratli guruhga aylandi. Bu guruh rassomlari yangi usul va yangi texnik vositalar bilan eksperimentlar oʻtkazdi. Guruh aʼzolari 1955 y.gacha ijtimoiy hayot mavzularida ijod qildilar.
1950-y.larda T. sanʼatida dastlabki abstrakt rassomlar ijod kila boshladi. Ular qatorida Adnan Koker, Lutfu Gunay, Semey Arel, Sabri Berkel kabi rassomlar boʻlgan. Murod Morova, Zohid Buyukishlayen, Ismat Doʻgʻon kabilar hoz. davrning tanikli rassomlari hisoblanadi. Yangi asarlar 1977 y.dan buyen har yili Istanbulda boʻlib oʻtadigan "Yangi tendensiyalar" deb nomlangan Sanʼat festivalida namoyish etiladi. Monumental haykaltaroshlik, grafika ham rivojlangan. Abstraksionizm yoʻnalishida Quzgun Ajar xalqaro tanlovlarda sovrinlar olishga sazovor boʻldi. Dastlabki haykaltaroshlik sohasidagi taʼlim chet el rassomlari tomonidan va chet el badiiy taʼlim intlarida amalga oshirilgan. 1937 y.da olmon haykaltaroshi Rudolf Belling T. Davlat Badiiy akademiyasining haykaltaroshlik boʻlimini boshqargan, koʻp shogird tayyorlagan. U Istanbuldagi aksariyat mahobatli monumentlar muallifi. Haykaltaroshlik koʻrgazmalarining eng kattasi R. Belling boshchiligida Istanbul Texnika untida oʻtkazilgan.
20-a.ning 2yarmida R. Bellingning shogirdlaridan Haqqi Atamulu, Yavuz Gorey, Komil Soʻnad, Ilxan Koʻman, Husayin Gezer va Turgut Pura abstraksionizm yoʻnalishida asarlar yaratishdi. Farid Oʻzshen, Salim Bugay, Merich Xizal, Ramzi Savash, Ayub Oʻz, Yunus Toʻnqush kabi haykaltaroshlar ham xalqaro koʻrgazmalarda qatnashib, T. sanʼatini dunyoga tanitayotgan ijodkorlardir. Amaliy bezak sanʼati sohasida kulolchilik, gilamdoʻzlik, zargarlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik gʻoyat rivojlangan.
Musiqasi. Anadoluda saljuqiylar davridan boshlab hoz. davrga qadar turk musiqasi turli yoʻnalishlarda rivojlangan. Turk anʼanaviy musiqasi 2 qatlamga — xalq va professional musiqa turlariga ajratiladi. Xalq musiqasida turkular (barmoq vaznidagi sheʼrlarga asoslangan xalq qoʻshiqlari), shuningdek, turli mavzudagi laparlar keng oʻrin tutadi. Ularning kuylariga asosiy pogʻonalardan yuqori va pastga siljishlar, ritmikaga — sinkopalar xosdir. Xalq qoʻshiq kuylari "uzun kuy" va "qisqa kuy" shaklida boʻladi. Keng diapazonli va erkin ritmga asoslangan uzun kuyli qoʻshiklar asosan sevgi (bozlaq) va motam (agʻit) mavzularida boʻladi. Aniq oʻlchovli va qisqa hajmli ohang tuzilmalariga rioya qilingan qoʻshiqlar asosan oʻyin, raqs va aytishuv (mone)larda namoyon boʻladi. Turli (marosim, mehnat, raqs) cholgʻu kuylar bogʻlama, kval (nay turlari), surnay, zambir (koʻshnayga oʻxshagan), torli kamoncha va soz, urma dovul, daf, darbuka kabi cholgʻularda ijro etiladi. Turk mumtoz musiqasi 15-a.dan Anadoluda ijod eta boshlagan oshiqlar faoliyati bilan bogliq. Ular turk baxshi (oʻzon) anʼanalarini davom ettirib, turli terma va qoʻshiklarini soz, bogʻlama, qoʻbiz joʻrligida badiha shaklida ijro etgan. Ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasida maqamlar asosiy oʻrin tutadi. Shuningdek, turkum shakliga ega fasl (vokalcholgʻu asar) janri keng tarqalgan. Sozlardan nay, tambur, ud, qonun keng qoʻllaniladi. Diniy musiqa janrlaridan ilohiya, sharqiya, mavlaviya kabi aytim shakllari mavjud. Bastakorlardan Marokiy, Ismoildada afandi, Hofiz Poʻst, Sulton Salim III (Usmoniylar hukmdori), Kvntemir oʻgʻli va b. mashhur.
Koʻp ovozli kompozitorlik musiqa T.da respublika barpo etilgandan keyin qaror topdi. Koʻp ovozli musiqaning xalq musiqasiga, milliy ohanglarga asoslanishi borasida koʻp izlanishlar olib borgan Ahmad Adnan Saygun musiqani jahon miqyosida tanitishda katta xizmat qildi. Kompozitorlik musiqaning keng yoyilishida "Prezident simfonik orkestri"ning roli katta. Bu orkestr AQSH, Yevropa va Jan. Koreyada konsertlar bergan. Istanbul, Izmir, Antaliya va Chukurova davlat simfonik orkestrlari ham faoliyat yuritadi. Ulardan tashqari Bilkent simfonik orkestri, Borusan Istanbul filarmoniyasi orkestri, Oqbank orkestri singari xususiy jamoalar bor. Xalq musiqasi yoʻlida ijod qilayotgan Narimon Oltintogʻ Tufakchi, Ahmad Gʻozi Oyxon, Musa Eroʻgʻli, Belqis Oqqala xalq oʻrtasida mashhur. 1960-y.lardan rok musiqa yoʻnalishlariga qiziqish paydo boʻldi. Hoz. paytda popmusiqasida Ibrohim Tatlisas, Sezan Aqsu, Nilufar, Teoman, jazda Karam Goʻrsev, Ilxan Ershaxin, Nukhet Ruajan kabi sanʼatkorlar mashhur. Bastakor, musiqachilar Istanbul (1923), Anqara (1936), Izmir (1951) konservatoriyalarida tayyorlanadi. Ankara operetta teatri (1928), Opera teatri (1950) va Istanbul opera teatri (1960)ning ochilishi musiqa sanʼati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. 1948 y.da Istanbulda ochilgan akademik balet maktabi (1950 y.dan Anqarada) milliy kadrlar tayyorlaydi. Davlat opera va balet bosh direksiyasi tomonidan 1998 y.dan buyen har yili xalqaro festivallar, Istanbulda xalkaro musika festivallari oʻtkazib kelinadi.
Teatri. T.da teatr sanʼati uzoqtarixga ega. Xalq ijodining anʼanaviy shakllari — qoʻgʻirchoq va chodirxayol teatri (qoragoʻz), maydonchalarda namoyish etiladigan oʻrta oʻyin tomoshalari professional turk teatrining tamali boʻldi. Tanzimat davrida garb modelidagi teatr faoliyat boshladi. Bu davrda turk yozuvchilari ham pyesalar yozishga kirishdilar. Ibrohim Shinosiyning "Shoirning uylanishi" nomli komediyasi turk teatri uchun burilish nuqtasi boʻldi. 1908 y.dan soʻng professional va havaskorlik teatrlari tashkil qilina boshladi. Istanbul, Izmir, Bursa, Adana va Ankara shlarida teatr binolari kurildi. 1914 y. Istanbulda "Dorulbadiyai usmoniya" nomli teatr ochildi. U turk teatr sanʼatining rivojiga katta turtki berdi. 1927 y.dan bu teatrga rahbar boʻlgan Muhsin Ertugʻrul birinchi bolalar teatrini ham tuzdi. 1949 y. barpo etilgan Davlat teatrining Anqara, Istanbul, Izmir va Bursa sh.larida 18 ta doimiy sahnasi mavjud boʻlib, yiliga 100 ga yaqin asarni sahnalashtiradi. "Kichik sahna" nomli ilk xususiy teatr 1951 y.da ochilgan. Undan keyin Chiyir sahna, Choʻntak teatri, Muammar Qoracha teatri, Istanbul operettasi singari xususiy teatrlar ish boshladi. 1982 y.dan Istanbulda Hodi Chaman Yeditepa oʻyinchilari, Enis Fosforoʻgʻli teatri, Xoʻdri Maydon madaniyat markazi, Anqarada Anqara Sanʼat teatri faoliyat koʻrsatadi.
Kinosi. 1914 y. operator Fuad Uzqinay "Ayastefonosdagi rus obidasinig yiqilishi" nomli ilk hujjatli filmni suratga olgan. 1917 y. Sedad Simavi suratga olgan "Panja" filmi birinchi badiiy film hisoblanadi. 1919 y. Kamol va Shokir Sedanlar "Kamolfilm" kino studiyasini tashkil etdilar, 1922 y.dan shu kinostudiyada rej.
lik qila boshlagan Muhsin Ertugʻrul "Olovli koʻylak" (1923), "Anqara pochtasi" (1929), "Istanbul koʻchalarida" (1931), "Bir millat uygʻonmoqda" (1932), "Fojiali yoʻl" (1933), "Tosh parchasi" (1939) filmlarini suratga oldi. 1950 y.dan kino sanʼati rivojlana boshladi. 1956 y. "Gilamchi" nomi bilan 1turk rangli filmi yaratildi. 1960 y. 60 kinofilm suratga olindi. Undan keyingi davrda turk kinosi yanada jonlandi. Metin Erksan, Xolid Rafigʻ, Ertem Goʻrech, Lutfi Umar Akad, Atif Yilmaz, Usmon Sedan, Duygu Sayiroʻgʻli, Nevzat Pesen va Mamduh Un kabi rej.lar ijtimoiy muammolarni, insonning oʻz qadrqimmati, shaʼni uchun kurashi mavzuini yoritdilar. Metin Erksanning qishloq hayoti muammolarini yoritgan "Suvsiz yoz" (1964) filmi Berlin xalqaro kinofestivalida bosh sovringa sazovor boʻldi. 1970—75 y.larda 1383 badiiy film suratga olindi. 1970-y.larda yetishgan Yilmaz Gyuney, Surayyo Duru, Zaki Oʻktan, Sharif Gyoren va b. rej.lar davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy muammolarini aks ettirgan kinofilmlar yaratdilar. Y. Gyuneyning "Ota" (1972), "Betoqatlik" (1975) filmlari eʼtibor qozondi. Turkon Shoʻray kabi taniqli artistlar xalkaro mukofotlar sohibi boʻldilar. Rej. Y. Gyuneyning "Poda" filmi (1978) Lokarnodagi, rej. O. Kovurning "Yusuf va Kenan" filmi (1980) Milandagi, rej.lar Sh. Gyoren va Y. Gyuneyning "Yoʻl" filmi (1981) Kanndagi kinofestivallarda bosh sovringa ega boʻldi. 20-a.ning 90-y.lari turk kinosining sifat jihatidan eng muvaffaqiyatli davri hisoblanadi. Bu davrda kino sanʼatidan taʼlim beruvchi oliy oʻquv yurtlarining koʻpayishi, mohir rej. va kinoartistlarining yetishib chiqishi, kinotelekoʻrsatuv raqobatining jadallashuvi va xalkaro maydonda erishilgan muvaffaqiyatlar T. kinosini rivojlantirgan omillar boʻldi. T.da 650 kinoteatr mavjud (2003). Anqara, Istanbul, Izmirda xalqaro kinofestivallar, xalqaro Uzoq Sharq filmlari, Yevropa filmlari, Adanada Oltin koʻsak madaniyat va sanʼat festivallari, shuningdek, 1998 y.dan buyen har yili Anqarada "Uchar supurgi" ayollar filmlari festivali ham oʻtkazib kelinadi. "Uchar supurgi" festivalida ayol rej., artist, kinochilar ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishadi.
Oʻzbekiston — T. munosabatlari. T. Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, 1992 y apr.da Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993 y. yanv.da esa OʻzR ning Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda OʻzR ning Bosh konsulxonasi ochildi.
OʻzR Prezidenti I. A. Karimov 1991 y. dek., 1994 y. iyun va 1997 y. noyab.
da rasmiy tashrif bilan T.da boʻldi. 1998 y. okt.da T. Respublikasining 75 y.ligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, T. Prezidentlari T. Oʻzal, S. Demirel va b. davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasida "Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida"gi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va b. sohalarda 78 hujjat imzolandi.
Oʻzbekiston Prezidenti I. A. Karimovning 2000 y. sent.da T. Prezidenti A. Sezer bilan BMT ning "Ming yillik" sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003 y.da T. Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002 y. Oʻzbekiston bilan T. oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003 y.da 2002 y.ga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida T.ning ulushi 4% ni tashkil etadi. T. Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va b. yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan "KosonsoyTekmen" qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda T.ning "AySel", "Ulus inshaat", "Oʻqan xolding", "Emesam" firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida T. sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida "SamKochavto" (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), "Papfen" (paxta tolasidan ip yigirish), "Koxis" (savdovositachilik faoliyati, "MetroMarket" supermarketa), "SharqMir LTD" (chakana savdo), "Mejik Plast" (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa "Beta Algoritm" (choy qadoklash), "Dilek Interprayzis", "Aylin gida sanai va anonim shirkati" (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari i. ch. hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va b. soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. T.da oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun T. 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va b. texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va T. oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991 y. 19 dek.), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993 y. 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995 y. 9 iyul) asosida rivojlanib bormoqda.
1993 y. T.da Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994 i. okt.
da 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi "Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari" doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarkand sh.larida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent unti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda "Uzbekistan— Turkiya" doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.
Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan T.ning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda T. ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.
Boboxon Muhammad Sharif.
Konya
Do'stlaringiz bilan baham: |