Ambassade de Suisse auprès de l'Ouzbékistan et de la République kirghize



Download 88 Kb.
Sana30.01.2017
Hajmi88 Kb.
#1453




Ambassade de Suisse auprès de l'Ouzbékistan et de la République kirghize



Sayyohlik vizasi

Har bir murojat etuvchi (bolalar ham), viza olish uchun toʻplagan hujjatlarni toʻlaligicha shaxsan oʻzi Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasiga yoki Bishkekdagi konsullik agentligiga taqdim etadi. Sayyohlik vizasi uchun soʻraladigan hujjatlar :


1) Shveytsariyada mehmonxona oldindan band qilinganligini va toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat. Unda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim :

- Viza soʻrovchisining familyasi, ismi va manzili

- Memonxonada turish muddati (kelish-ketish san’alari aniq koʻrsatilishi lozim)
Ushbu tasdiq hujjati Shveytsariya vakolatxonasiga toʻgʻridan-toʻgʻri pochta yoki faks orgali joʻnatilishi kerak.


  1. Sayyohlik muddati 4 kundan ortiq boʻlsa, sayyohlik programmasidan 1 nusxa.




  1. Viza soʻrayotgan shaxs tomonidan toʻgʻri va toʻliq, bosma harflarda nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan birida toʻldirilgan va imzolangan anketa. Anketalarni quyidagi internet manzildan topish mumkin :

Fransuz va ingliz tillarida :



http://www.bfm.admin.ch/content/dam/data/migration/einreise/visumantragsformulare/visumantrag-schen-fr-en.pdf
Nemis va rus tillarida :

http://www.bfm.admin.ch/content/dam/data/migration/einreise/visumantragsformulare/visumantrag-schen-ru-de.pdf


  1. Viza soʻrayotgan shaxsning pasporti va uning 1 nusxasi (familyasi, ismi, surati va imzosi mavjud sahifasi hamda, oldin Shengen vizasi olingan boʻlsa, oxirgi ikki Shengan vizasi qoʻyilgan sahifalari). Viza soʻralayotgan paytda pasportning berilgan vaqti 10 yildan oshmagan boʻlishi kerak. Pasportning yaroqlik muddati Shengen hududidan qaytib chiqqandan keyin ham eng kamida 3 oy boʻlishi shart va pasportda vizalar uchun eng kamida 2 boʻsh sahifa boʻlishi lozim.




  1. Shengen talablariga muvofiq yaqin kunlarda tushgan ikkita fotosurat. Ulardan biri anketaga yopishtiriladi va ikkinchisi qolgan hujjatlar bilan taqdim etiladi.

Fotosurat uchun talablar (ingliz tilida) quyidagi internet manzilda :



http://www.eda.admin.ch/etc/medialib/downloads/edactr/rus.Par.0083.File.tmp/Photograph_Guidelines_en.pdf
6) Butun safar davomida Shengen hududini toʻlaligicha qoplaydigan tibbiy sugʻurta polisidan nusxa. Sugʻurta summasi eng kamida 30'000.00 Evro boʻlishi lozim. Quyidagi sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekisonda akkreditatsiyadan oʻtgan:
- Uzbekinvest Hayot, Kafolat, INGO Uzbekistan, Alfa Life


  1. Ish joyidan xat (asl nusxasi). Xatda viza soʻrayotgan fuqaroning lavozimi, ishga qabul qilingan vaqti, maoshi, ta’til kunlari koʻrsatilishi hamda safardan qaytgach oʻz ish oʻrnida ishlashi tasdiqlanishi lozim. Talabalar, talabalik guvohnomasining asli va uning tarjima qilingan (notarial tasdiqlovsiz) bir nusxasini taqdim etishadi.




  1. Borish-kelish uchun qilingan aviabilet broni.




  1. Moliyaviy imkoniyat mavjudligini tasdiqlash uchun bank hisobidan oxirgi 3 oylik koʻchirma. Ushbu ma’lumot viza soʻrovchisining moliyaviy ahvolini oʻrganish uchun xizmat qiladi va shu sababdan ushbu ma’lumot barcha xarajatlar uchinchi shaxs zimmasida boʻlsa ham soʻraladi (oila a’zolaridan tashqari).




  1. Viza toʻlovi kattalar uchun 60.00 Evro va oʻz pasportiga ega 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 35 Evro. 1 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun va ota-ona pasportida boʻlganlar uchun viza bepul. Viza toʻlovlari soʻrovnoma topshirilayotgan vaqtda faqat naqd shaklida va AQSH dollarida amalga oshiriladi (Faqatgina 1996-yildan soʻng chiqqan, yangi va ortiqcha belgilarsiz pullar qabul qilinadi). Toʻlovlar valyuta kurslariga qarab oʻzgarib turadi. AQSH dollari kursini bilish uchun marhamat qilib elchixona Internet sahifasiga kiring.


18 yoshga toʻlmaganlar uchun va ota-ona pasportiga kiritilganlar uchun quyidagi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etiladi:
- Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (asli va uning bir nusxasi nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan biriga qilingan tarjimasi bilan)


  • Kuzatib borayotgan ota yoki onaning pasportidan nusxa (faqat familyasi, ismi, surati va imzosi mavjud sahifasi)




  • Ota yoki onaning pasportidagi bola kiritilgan sahifasidan bir nusxa




  • Pasportiga bola kiritilgan ota yoki ona tomonidan tegishli ravishda to‘ldirilgan va imzolangan anketa




  • Shengen talablariga muvofiq yaqin kunlarda tushgan ikkita fotosurat (ulardan biri anketaga yopishtiriladi va ikkinchisi qolgan hujjatlar bilan taqdim etiladi)

Agar bola safarga ota yoki ona hamroligisiz va yolgʻiz chiqadigan boʻlsa:




  • Ota-onaning notarial tasdiqlangan chetga chiqish uchun bergan ruhsatnomasi (asli va nusxasi, nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan biriga qilingan tarjimasi bilan)


Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati
Oʻzbekiston fuqarolarining soʻrovnomalarini koʻrib chiqish muddati, hujjatlar toʻlaligicha Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasiga topshirilganda, 7 - 10 kun atrofida.
Qirgʻiziston fuqarolarining soʻrovnomalarini koʻrib chiqish muddati, hujjatlar toʻlaligicha Shveytsariyaning Bishkekdagi konsullik agentligiga topshirilgach (agentlik hujjatlarni Toshkentdga joʻnatilad) 14 kun atrofida.
Elchixona, lozim topsa, hohlagan vaqtda qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishini soʻrashi mumkin.
Nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillarida yozilmagan barcha hujjatlar tarjimasi bilar birgalikda taqdim etilishi shart.

Elchixona manzili:
Shota Rustaveli Street, Tupik ¼

100070 Tashkent



Oʻzbekistondagi telefon : +998 71 120 67 40 (viza boʻlimi)

Shveytsariyadan telefon qilinsa : 031 / 324 18 41 (Shveytsariya linyasi)

Faks : 031 / 324 18 44 (Shveytsariya linyasi)

Elektron manzil : tas.visa@eda.admin.ch

Web sahifa : www.eda.admin.ch/tashkent
Viza boʻlimining ish vaqti
Hujjatlarni qabul qilish: Dushanba - Payshanba 09:00 – 12:00

Pasportlarni qaytarish : Dushanba - Payshanba 15:00 – 16:00

Juma 12:00 – 13:00
Telefon orqali murojatlar uchun Dushanba - Payshanba 14:00 – 17:00

Juma 08:45 – 13:00











/










Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish