92
asosida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Jumladan, Toshkent shahar
davlat soliq boshqarmasi to‗g‗risida Nizom mazmuni bilan
tanishtirib o‘tmoqdamiz:
Davlat soliq qo‗mitasining
2017 yil 9 oktyabrdagi 646-sonli buyrug‗iga 34-ilova
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi to„g„risida
N I Z O M
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston
Respublikasi Qonuniga, O‗zbekiston
Respublikasining Soliq
kodeksiga, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Soliq
ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖ 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-son Farmoniga,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Respublika soliq
organlari tizimini yanada modernizatsiya
qilish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖ 2010 yil 8 yanvardagi PQ-1257-son va ―Davlat soliq
xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖ 2017 yil 1 avgustdagi PQ-3168-son
qarorlariga, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 28 avgustdagi 677-son ―Davlat soliq xizmati organlari
faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish
to‗g‗risida‖ qaroriga hamda ushbu
qaror bilan tasdiqlangan
―O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi to‗g‗risida‖gi
Nizomga va boshqa qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan
bo‗lib, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining maqomi,
vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy
asoslarini belgilaydi.
2. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi soliq to‗g‗risidagi
qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlatning
iqtisodiy manfaatlari
va mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta‘minlash sohasida
nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi to‗g‗risidagi
Nizomning 3-bandiga muvofiq Toshkent shahar davlat soliq
93
boshqarmasi o‗z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlaridan
mustaqil ravishda amalga oshiradi, shuningdek Toshkent shahar
davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‗z vakolatlari doirasida qabul
qilingan qarorlar barcha soliq to‗lovchilar- yuridik shaxslar, yakka
tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiy
hisoblanadi.
4. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi o‗z faoliyatida
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga,
O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalari qarorlariga,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga,
O‗zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun
hujjatlariga, shuningdek Davlat soliq qo‗mitasi Hay‘atining
qarorlariga, Davlat soliq qo‗mitasining buyruqlari, farmoyishlari va
boshqa ichki idoraviy hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal
qiladi.
5. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi o‗ziga yuklangan
vazifalarni boshqa davlat boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat
hokimiyati organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari,
huquqni muhofaza qiluvchi, banklar hamda boshqa tashkilotlar
bilan o‗zaro hamkorlikda bajaradi.
6. O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi to‗g‗risidagi
Nizomning 6-bandiga muvofiq Toshkent shahar davlat soliq
boshqarmasining moddiy-texnika ta‘minoti, shu jumladan xodimlar
mehnatiga haq to‗lash byudjetdan ajratiladigan mablag‗lar doirasida
O‗zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‗lari, Davlat
soliq qo‗mitasining Moddiy yordam,
ijtimoiy himoya, soliq
organlarini rivojlantirish va ko‗zda tutilmagan xarajatlar maxsus
jamg‗armasi
mablag‗lari,
shuningdek
qonun
hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‗lari hisobiga amalga
oshiriladi.
7. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi yuridik shaxs
hisoblanadi, O‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
tushirilgan va o‗z nomi yozilgan muhrga ega bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: