Amanov akram mirzayevich zaripov xusan baxodirovich "soliqlar va soliqqa tortish" fani


-bob. Davlat soliq inspeksiyalari



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/126
Sana12.06.2022
Hajmi4,86 Mb.
#657848
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
Bog'liq
fayl 1707 20210831

9-bob. Davlat soliq inspeksiyalari 
31. Davlat soliq inspeksiyalariga Davlat soliq qo‗mitasi raisi 
tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadigan boshliqlar boshchilik 
qiladi.
32. Davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari o‗zlariga yuklatilgan 
vazifalarning 
amalga 
oshirilishini 
ta‘minlaydi, 
o‗zlariga 
bo‗ysunuvchi 
bo‗linmalar 
faoliyatini 
tashkil 
etadi, 
muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. 
10-bob. Yakuniy qoidalar 
33. Davlat soliq boshqarmasini qayta tashkil etish va tugatish 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Asosiy iqtisodiy huquqlar va soliq to‗lovchilarning erkinligini 
ta‗minlash qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatning doimiy 
nazorati ostida turadi. Prezident tomonidan ularning faoliyatiga 
nisbatan bildiriladigan asosiy talablar bevosita soliq sohasidagi 
ishlarning umumiy ahvoli, uni boshqarish, xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqalar 
bilan belgilanadi.
Davlat Soliq qo‗mitasi va boshqa 
soliqlar bo‗yicha bevosita hamda bilvosita 
vakolatga ega bo‗lgan organlar ishini 
muvofiqlashtirgan holda hokimiyatning 
ushbu sohalari soliq solish bilan bog‗liq 
huquqlarni ta‗minlash uchun yuqori darajali javobgarlikni o‗z 
zimmasiga oladi hamda ularning manfaatlari yo‗lida muammoli 
Mamlakatimizda 
Davlat 
Soliq 
inspeksiyasining 
vazifalari


118 
vaziyatlarni oldini olish maqsadida o‗zaro hamkorlikning barcha 
jihatlarini mukammal tartibga soladi.
Qonun chiqaruvchi organ (Oliy Majlis) Konstitutsiyaning 78-
moddasi 8-bandi va «O‗zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
to‗g‗risida»gi qonunning 4-moddasiga asosan hukumatning 
taqdimiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni 
belgilaydi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 14 hududiy soliq 
boshqarmalariga bo‘ysunuvchi tuman hamda shahar davlat soliq 
inspeksiyalari faoliyat yuritib, ular davlat soliq qo‘mitasining eng 
quyi organi hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy 
to‗lovlarning byudjetga to‗liq va o‗z vaqtida tushishini ta‘minlash 
maqsadlarida tuziladi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati 
davomida davlat tomonidan vakolati doirasida soliq nazoratini olib 
boradi. Soliq nazorati soliq to‗lovchilarni, soliq solish ob‘ektlarini 
va soliq solish bilan bog‗liq ob‘ektlarni hisobga olishning, 
shuningdek soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini 
nazorat qilishning yagona tizimidan iborat. 
Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq 
to‗lovchilarni, soliq solish ob‘ektlarini va soliq solish bilan bog‗liq 
ob‘ektlarni, byudjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga 
tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari 
vositasida hamda soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. 
Davlat soliq xizmati organlari o‗z faoliyatida O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
farmonlari, 
qarorlari 
va 
farmoyishlariga, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun 
hujjatlariga, shuningdek O‗zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari o‗z faoliyatini davlat boshqaruv 
organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil 
tarzda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.


119 
Davlat soliq xizmati organlarining o‗z vakolatlari doirasida 
qabul qiladigan qarorlari barcha soliq to‗lovchilar - yuridik 
shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun 
majburiydir. 
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslar bo‗lib, 
respublika 
byudjeti 
mablag‗lari 
hisobidan 
ta‘minlanadi, 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‗z 
nomi bitilgan muhrga ega bo‗ladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi markaziy 
apparati tuzilmasi, uning xodimlari cheklangan soni bilan birga 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi to‗g‗risidagi 
Nizom, shuningdek Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va 
shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy 
tuzilmasi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga 
xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash va xizmatni o‗tash 
tartibi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 
17 apreldagi ―Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 320-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan ―O‗zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati 
organlarida xizmatni o‗tash to‗g‗risida‖gi NIZOM da belgilab 
qo‗yilgan.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish