O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar
1.
Toshkent moliya instituti qachon tashkil topgan?
2.
Toshkent moliya instituti qanaqa yo‘nalishlar bo‘yicha
kadrlar tayyorlaydi?
3.
―Soliqlar va soliqqa tortish‖ ta‘lim yonalishining iqtisodiyot
tarmoqlaridagi o‘rni?
4.
Toshkent moliya institutining xalqaro aloqalari qanday
yo‘lga qo‘yilgan?
5.
―Soliqlar va sug‘urta‖ fakulteti tarkibiy strukturasi qanday?
6.
―Soliqlar va soliqqa tortish‖ kafedrasining o‘quv-uslubiy
faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
38
Soliqlarning
yuridik
mazmun-mohiyati
3.
Soliq tizimining tashkil etilishi
Umuman olganda soliq hamma
davrda ham davlat xazinasini to‗ldirish
hamda amaldorlar yoki davlat vazifa va
funksiyalarini amalga oshirish hamda
jamiyat ehtiyojlarini ta‘minlash maqsadida yig‗ilgan. Shuningdek,
davlat daromadining asosiy manbai bo‗lgan.
Hozirgi vaqtda davlatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida eng
dolzarb muammolardan biri - bu soliq munosabatlarini tartibga solish
masalasidir. Biron bir davlat soliqlarsiz mavjud bo‗lishi mumkin
emas. Soliqlar, ma‘lum bir ma‘noda, davlatning asosiy
xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek,
―Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‗lashdan
manfaatdor bo‗lishi kerak. 2019 yildan boshlab joriy etilayotgan
yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g‗oyasi soliq yukini
kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qo‗llashni ko‗zda tutadi.
SHu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va
investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish
mumkin.Afsuski, yalpi ichki mahsulotda ―yashirin‖ iqtisodiyotning
ulushi katta bo‗lib, bu mamlakat rivojiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.
Soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay
sharoitlar yaratish ―yashirin‖ iqtisodiyotga barham berishning yagona
yo‗lidir. SHuning uchun bu borada ta‘sirchan choralarni nazarda
tutadigan alohida dastur ishlab chiqishimiz zarur. Bundan tashqari,
o‗zimizda ishlab chiqarilgan va import qilinayotgan yuqori likvidli
mahsulotlar markirovkasini joriy etish bo‗yicha jadal ish olib borish
talab
etiladi.Yangi
tahrirdagi
Soliq
kodeksida
mamlakat
taraqqiyotining tayanchi bo‗lgan insofli, halol soliq to‗lovchilarni
rag‗batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko‗zda
tutilishi shart‖.1
Iqtisodiy nuqtai nazardan soliqlar pul munosabatlari tizimidan
iborat bo‗lib, ular vositasida, bir tomondan, yuridik va jismoniy
1
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T: ―O‘zbekiston‖
NMIU, 2019. – 61 b.
39
shaxslar o‗rtasidagi munosabatlar, ikkinchi tomondan, davlat bilan
davlat mablag‗larini shakllantirish bo‗yicha munosabatlar amalga
oshirilgan. Soliqlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarining asosiy
qismi shakllantiriladi, ular davlat budjetiga kelib tushadi va jamiyat
ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Soliqlar – davlat budjetining daromad
qismiga o‗tkaziladigan, yuqori qonunchilik hokimiyat organlarining
hujjatlariga asosan yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan beg‗araz,
muayyan miqdorda va belgilangan muddatlarda umumdavlat
ehtiyojlarini qondirish uchun to‗lanadigan majburiy to‗lovdir.1
Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi eng muhim
xususiyatlar soliq to‗lovlarining beg‗arazligi, bu to‗lovlarning
majburiyligi, ularni joriy etish va undirib olish tartibi, soliqning aniq
miqdorini hamda uni amalga kiritishning aniq muddatini belgilashdan
iborat.2
Soliq to‗lovlarining beg‗arazliligi shuni anglatadiki, soliqlar
shaklida budjetga kiritiladigan pul mablag‗lari maqsadli yo‗nalishga
ega emas. Ular yuridik va jismoniy shaxslardan davlat mulkiga
beg‗araz o‗tkaziladi hamda davlat tomonidan iqtisodiyot, ijtimoiy-
madaniy tadbirlar, mudofaani moliyalashtirish, davlat apparatini
saqlash uchun yo‗naltiriladi. Davlat soliq to‗lovchilarga ular
tomonidan budjetga kiritilgan mablag‗lar uchun hech qanday bevosita
kompensatsiyalarni bermaydi, ya‘ni soliq to‗lovchi davlatga soliq
to‗laganda to‗g‗ridan-to‗g‗ri hech qanday manfaat kutmaydi. Ammo
soliq to‗lovlarining beg‗arazlilik xususiyati davlat soliqlarni olib,
ularni to‗lovchilarga muayyan moddiy ne‘matlarni bermaydi, degan
ma‘noni anglatmaydi. Soliqlar boshqa shaklda insonlarni o‗zlariga
qaytariladi. Masalan, bepul ta‘lim olish, tibbiy xizmat ko‗rsatish,
pensionerlar, nogironlar, ko‗p bolali oilalarni ijtimoiy ta‘minlash va
h.k. uchun mablag‗lar asosan davlat budjetining soliqlar hisobidan
shakllantiriladigan daromad qismidan ajratiladi. Har bir soliq
to‗lovchi uchun davlatga to‗lanadigan soliqlar hajmi bilan undan
olinadigan moddiy ne‘matlar o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri, ko‗zga
ko‗rinadigan aloqaning yo‗qligi uning soliqqa go‗yoki zimmasiga
1
A.Li O'zbekiston Respublikasining moliya huquqi.Darslik. / Mas'ul muharrir: M.H.Rustamboev. – T.: TDYUI,
2004. – 398 b.
2
Химичева Н.И.Финансовое право: учебно-методический комплекс – М. Норма, 2007.
40
tushadigan bir yuk sifatida qarashi uchun sabab bo‗ladi, zeroki soliq
to‗lovchilar ushbu mablag‗lar hisobidan moliyalanadigan davlat
harajatlari yo‗nalishini ma‘qullashlari ham mumkin. Ayrim
to‗lovchilarning soliq to‗lashdan qochishi, o‗z daromadlarini
kamaytirib ko‗rsatishga intilishi mana shundandir.
Pol Mari Godmening fikriga ko‗ra, ―soliq tushunchasida
majburiylik elementi shunchalik buyukki, bu majburiylik xususiyatiga
ega bo‗lmagan tushumlarning soliq sohasidan istisno etilishiga olib
keladi‖. Ayrim mamlakatlarning hozirgi zamon soliq tizimida qonun
kuchi bilan majburiy bo‗lmagan soliqlar ham mavjud bo‗lib, bu -
cherkov solig‗i hisoblanadi. Ularni ijro etish diniy me‘yorlar bilan
ta‘minlanadi. 25 Masalan, musulmon davlatlari (Yaman, Saudiya
Arabistoni, Pokiston va boshqalar) da davlat dini yetarlicha
rivojlangan bo‗lib, davlat tomonidan sanksiyalangan diniy soliq
me‘yorlari umumdavlat me‘yorlari bo‗lib qolmoqda. Xususan,
bunday to‗lovlardan bo‗lgan islom soliqlari (zakot, zakot al fitr, ushr)
Qur‘onga muvofiq ravishda undirib olinadi va ular chet ellardagi
musulmon jamoalarini qo‗llab-quvvatlash, kam ta‘minlanganlarga
yordam berish va boshqa maqsadlarga yo‗naltiriladi.1 Soliqlarning
muhim yuridik belgisi ularni belgilash va joriy etish tartibi
hisoblanadi. Soliqlarni belgilash hamda ularni undirib olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va shartlarda amalga
oshiriladi. Shu munosabat bilan qonunchilikda nazarda tutilmagan har
qanday majburiy to‗lovlar soliq hisoblanishi mumkin emas.
Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi yana bir belgisi
shundan iboratki, ularni to‗lash orqali oldindan qonunchilikda
belgilangan tartibda daromadning bir qismi davlat foydasiga undirib
olinadi. Davlat davlatning budjet tizimi daromad qismiga
o‗tkaziladigan soliqlar miqdori va ularni to‗lash muddatlarini
belgilaydi, qonunda belgilangan ko‗rsatmalarni buzgan soliq
munosabatlari
subyektlariga
nisbatan
javobgarlik
choralarini
qo‗llaydi. Ko‗pgina mamlakatlar qonunchiligida, shu jumladan
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham, soliqlarni va ularning
miqdorlarini belgilash vakolati faqat yuqori qonunchilik hokimiyatiga
1
A.Козырин Налоговое право зарубежных стран: вопросы теория и практики.-M.: Манускрипт, 1993.-20-
стр.
41
tegishli ekanligi belgilangan. Hech kim qonunda belgilanmagan
tartibda o‗z xohishiga ko‗ra soliqlarni yoki boshqa majburiy
to‗lovlarni o‗rnatishi, ularning miqdorini belgilashi mumkin emas.
Mamalakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish zarurligi muhim
ustuvor vazivalardan biri sifatida e‘tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |