Amanov akram mirzayevich zaripov xusan baxodirovich "soliqlar va soliqqa tortish" fani


O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/126
Sana12.06.2022
Hajmi4,86 Mb.
#657848
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
Bog'liq
fayl 1707 20210831

O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1.
Toshkent moliya instituti qachon tashkil topgan? 
2.
Toshkent moliya instituti qanaqa yo‘nalishlar bo‘yicha 
kadrlar tayyorlaydi? 
3.
―Soliqlar va soliqqa tortish‖ ta‘lim yonalishining iqtisodiyot 
tarmoqlaridagi o‘rni? 
4.
Toshkent moliya institutining xalqaro aloqalari qanday 
yo‘lga qo‘yilgan? 
5.
―Soliqlar va sug‘urta‖ fakulteti tarkibiy strukturasi qanday? 
6.
―Soliqlar va soliqqa tortish‖ kafedrasining o‘quv-uslubiy 
faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 


38 
Soliqlarning 
yuridik 
mazmun-mohiyati
 
3.
 
Soliq tizimining tashkil etilishi
Umuman olganda soliq hamma 
davrda ham davlat xazinasini to‗ldirish 
hamda amaldorlar yoki davlat vazifa va 
funksiyalarini amalga oshirish hamda 
jamiyat ehtiyojlarini ta‘minlash maqsadida yig‗ilgan. Shuningdek, 
davlat daromadining asosiy manbai bo‗lgan. 
Hozirgi vaqtda davlatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida eng 
dolzarb muammolardan biri - bu soliq munosabatlarini tartibga solish 
masalasidir. Biron bir davlat soliqlarsiz mavjud bo‗lishi mumkin 
emas. Soliqlar, ma‘lum bir ma‘noda, davlatning asosiy 
xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, 
―Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‗lashdan 
manfaatdor bo‗lishi kerak. 2019 yildan boshlab joriy etilayotgan 
yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g‗oyasi soliq yukini 
kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qo‗llashni ko‗zda tutadi. 
SHu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va 
investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish 
mumkin.Afsuski, yalpi ichki mahsulotda ―yashirin‖ iqtisodiyotning 
ulushi katta bo‗lib, bu mamlakat rivojiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.
Soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay 
sharoitlar yaratish ―yashirin‖ iqtisodiyotga barham berishning yagona 
yo‗lidir. SHuning uchun bu borada ta‘sirchan choralarni nazarda 
tutadigan alohida dastur ishlab chiqishimiz zarur. Bundan tashqari, 
o‗zimizda ishlab chiqarilgan va import qilinayotgan yuqori likvidli 
mahsulotlar markirovkasini joriy etish bo‗yicha jadal ish olib borish 
talab 
etiladi.Yangi 
tahrirdagi 
Soliq 
kodeksida 
mamlakat 
taraqqiyotining tayanchi bo‗lgan insofli, halol soliq to‗lovchilarni 
rag‗batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko‗zda 
tutilishi shart‖.1 
Iqtisodiy nuqtai nazardan soliqlar pul munosabatlari tizimidan 
iborat bo‗lib, ular vositasida, bir tomondan, yuridik va jismoniy 
1
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T: ―O‘zbekiston‖ 
NMIU, 2019. – 61 b. 


39 
shaxslar o‗rtasidagi munosabatlar, ikkinchi tomondan, davlat bilan 
davlat mablag‗larini shakllantirish bo‗yicha munosabatlar amalga 
oshirilgan. Soliqlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarining asosiy 
qismi shakllantiriladi, ular davlat budjetiga kelib tushadi va jamiyat 
ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Soliqlar – davlat budjetining daromad 
qismiga o‗tkaziladigan, yuqori qonunchilik hokimiyat organlarining 
hujjatlariga asosan yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan beg‗araz, 
muayyan miqdorda va belgilangan muddatlarda umumdavlat 
ehtiyojlarini qondirish uchun to‗lanadigan majburiy to‗lovdir.1
Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi eng muhim 
xususiyatlar soliq to‗lovlarining beg‗arazligi, bu to‗lovlarning 
majburiyligi, ularni joriy etish va undirib olish tartibi, soliqning aniq 
miqdorini hamda uni amalga kiritishning aniq muddatini belgilashdan 
iborat.2 
Soliq to‗lovlarining beg‗arazliligi shuni anglatadiki, soliqlar 
shaklida budjetga kiritiladigan pul mablag‗lari maqsadli yo‗nalishga 
ega emas. Ular yuridik va jismoniy shaxslardan davlat mulkiga 
beg‗araz o‗tkaziladi hamda davlat tomonidan iqtisodiyot, ijtimoiy-
madaniy tadbirlar, mudofaani moliyalashtirish, davlat apparatini 
saqlash uchun yo‗naltiriladi. Davlat soliq to‗lovchilarga ular 
tomonidan budjetga kiritilgan mablag‗lar uchun hech qanday bevosita 
kompensatsiyalarni bermaydi, ya‘ni soliq to‗lovchi davlatga soliq 
to‗laganda to‗g‗ridan-to‗g‗ri hech qanday manfaat kutmaydi. Ammo 
soliq to‗lovlarining beg‗arazlilik xususiyati davlat soliqlarni olib, 
ularni to‗lovchilarga muayyan moddiy ne‘matlarni bermaydi, degan 
ma‘noni anglatmaydi. Soliqlar boshqa shaklda insonlarni o‗zlariga 
qaytariladi. Masalan, bepul ta‘lim olish, tibbiy xizmat ko‗rsatish, 
pensionerlar, nogironlar, ko‗p bolali oilalarni ijtimoiy ta‘minlash va 
h.k. uchun mablag‗lar asosan davlat budjetining soliqlar hisobidan 
shakllantiriladigan daromad qismidan ajratiladi. Har bir soliq 
to‗lovchi uchun davlatga to‗lanadigan soliqlar hajmi bilan undan 
olinadigan moddiy ne‘matlar o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri, ko‗zga 
ko‗rinadigan aloqaning yo‗qligi uning soliqqa go‗yoki zimmasiga 
1
A.Li O'zbekiston Respublikasining moliya huquqi.Darslik. / Mas'ul muharrir: M.H.Rustamboev. – T.: TDYUI, 
2004. – 398 b. 
2
Химичева Н.И.Финансовое право: учебно-методический комплекс – М. Норма, 2007. 


40 
tushadigan bir yuk sifatida qarashi uchun sabab bo‗ladi, zeroki soliq 
to‗lovchilar ushbu mablag‗lar hisobidan moliyalanadigan davlat 
harajatlari yo‗nalishini ma‘qullashlari ham mumkin. Ayrim 
to‗lovchilarning soliq to‗lashdan qochishi, o‗z daromadlarini 
kamaytirib ko‗rsatishga intilishi mana shundandir.
Pol Mari Godmening fikriga ko‗ra, ―soliq tushunchasida 
majburiylik elementi shunchalik buyukki, bu majburiylik xususiyatiga 
ega bo‗lmagan tushumlarning soliq sohasidan istisno etilishiga olib 
keladi‖. Ayrim mamlakatlarning hozirgi zamon soliq tizimida qonun 
kuchi bilan majburiy bo‗lmagan soliqlar ham mavjud bo‗lib, bu - 
cherkov solig‗i hisoblanadi. Ularni ijro etish diniy me‘yorlar bilan 
ta‘minlanadi. 25 Masalan, musulmon davlatlari (Yaman, Saudiya 
Arabistoni, Pokiston va boshqalar) da davlat dini yetarlicha 
rivojlangan bo‗lib, davlat tomonidan sanksiyalangan diniy soliq 
me‘yorlari umumdavlat me‘yorlari bo‗lib qolmoqda. Xususan, 
bunday to‗lovlardan bo‗lgan islom soliqlari (zakot, zakot al fitr, ushr) 
Qur‘onga muvofiq ravishda undirib olinadi va ular chet ellardagi 
musulmon jamoalarini qo‗llab-quvvatlash, kam ta‘minlanganlarga 
yordam berish va boshqa maqsadlarga yo‗naltiriladi.1 Soliqlarning 
muhim yuridik belgisi ularni belgilash va joriy etish tartibi 
hisoblanadi. Soliqlarni belgilash hamda ularni undirib olish 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va shartlarda amalga 
oshiriladi. Shu munosabat bilan qonunchilikda nazarda tutilmagan har 
qanday majburiy to‗lovlar soliq hisoblanishi mumkin emas. 
Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi yana bir belgisi 
shundan iboratki, ularni to‗lash orqali oldindan qonunchilikda 
belgilangan tartibda daromadning bir qismi davlat foydasiga undirib 
olinadi. Davlat davlatning budjet tizimi daromad qismiga 
o‗tkaziladigan soliqlar miqdori va ularni to‗lash muddatlarini 
belgilaydi, qonunda belgilangan ko‗rsatmalarni buzgan soliq 
munosabatlari 
subyektlariga 
nisbatan 
javobgarlik 
choralarini 
qo‗llaydi. Ko‗pgina mamlakatlar qonunchiligida, shu jumladan 
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham, soliqlarni va ularning 
miqdorlarini belgilash vakolati faqat yuqori qonunchilik hokimiyatiga 
1
A.Козырин Налоговое право зарубежных стран: вопросы теория и практики.-M.: Манускрипт, 1993.-20- 
стр. 


41 
tegishli ekanligi belgilangan. Hech kim qonunda belgilanmagan 
tartibda o‗z xohishiga ko‗ra soliqlarni yoki boshqa majburiy 
to‗lovlarni o‗rnatishi, ularning miqdorini belgilashi mumkin emas. 
Mamalakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish zarurligi muhim 
ustuvor vazivalardan biri sifatida e‘tirof etiladi.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish