Amanov akram mirzayevich zaripov xusan baxodirovich "soliqlar va soliqqa tortish" fani


-jadval  Soliqlarning xususiyatlari



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/126
Sana12.06.2022
Hajmi4,86 Mb.
#657848
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
Bog'liq
fayl 1707 20210831

3-jadval 
Soliqlarning xususiyatlari 
Soliq 
to‘lovlarining 
beg‘arazligi 
Soliq 
to‘lovlarining 
majburiyligi 
Soliq 
to‘lovlarining aniq 
miqdori va amalga 
kiritishning aniq 
muddatlari 
Soliq 
to‘lovlarini joriy 
etish va undirib 
olishning aniq 
tartibi 
Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqib, soliq tushunchasiga 
2007 yil 25 dekabrda yangi tahrirdagi O‗zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksida quyidagicha ta‘rif berilgan.
Soliqlar deganda – Soliq kodeksida belgilangan, muayyan 
miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va 
beg‗araz xususiyatga ega bo‗lgan, budjetga yo‗naltiriladigan majburiy 
pul to‗lovlari tushuniladi. 
Shu bilan bir qatorda Soliq kodeksida boshqa majburiy 
to‗lovlarning tushunchasi ham mustahkamlab qo‗yildi: Boshqa 
majburiy to‗lovlar deganda esa - Soliq kodeksida belgilangan davlat 
maqsadli jamg‗armalariga majburiy pul to‗lovlari, bojxona to‗lovlari, 
shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan 
yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‗lovchilarga nisbatan amalga 
oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar 
va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‗lanishi lozim 
bo‗lgan yig‗imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliq funksiyalari. Har qanday davlatda soliqlarning roli ular 
bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Soliq funksiyasi deganda, 
uning 
mohiyatining 
harakatda 
namoyon 
bo‗lishi, 
uning 
xususiyatlarini ifodalash uslubi tushuniladi. Funksiya ushbu iqtisodiy 
kategoriyaning qiymatni taqsimlash va daromadlarni qayta taqsimlash 
vositasi sifatidagi ijtimoiy vazifasi qay tarzda amalga oshirilishini 


42 
ko‗rsatadi. Soliqlarga fiskal, rag‘batlantirish, tartibga solish va qayta 
taqsimlash funksiyalari xosdir. Soliqlarning fiskal funksiyasi ular 
tabiatining o‗zi bilan belgilanadi, ular majburiy tartibda va beg‗araz 
davlat daromadiga kelib tushadi hamda davlat tomonidan o‗z 
xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Fiskal funksiya vositasida 
soliqlarning bosh ijtimoiy vazifasi amalgaoshiriladi - budjet tizimi va 
budjetdan tashqari jamg‗armalarda to‗planadigan davlat moliyaviy 
resurslari shakllantiriladi hamda ular davlat o‗z funksiyalarini 
bajarishi uchun foydalaniladi. Soliqlarning fiskal funksiyasi davlatga 
moliyaviy mablag‗larning asosiy qismini yo‗naltirish uchun imkon 
beradi. Fiskal funksiya davlat budjetini shakllantirishda soliqlarni 
rolini belgilaydi. Lekin soliq siyosatining vazifasi faqat budjetni 
to‘ldirish bo‘lishi kerak emas.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, 
―ma‘lumki, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor 
qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag‗ albatta kamayadi. Buni 
samarali soliq ma‘muriyatchiligi orqali bartaraf etish va byudjet 
barqarorligini ta‘minlash mumkin. Aynan shunga erishish birinchi 
galdagi vazifamizdir. 
Soliq ma‘muriyatchiligi shunday bo‗lishi kerakki, qo‗shilgan 
qiymat solig‗i keng joriy qilinsa ham bu holat iste‘mol tovarlarining 
narxi o‗sishiga olib kelmasligi shart va zarur. Moliya vaziri va Davlat 
soliq qo‗mitasi raisi soliq ma‘muriyatchiligi samaradorligi hamda 
byudjet va iste‘mol mahsulotlari narxining barqarorligini 
ta‘minlashga shaxsan mas‘ul etib belgilanadi. 
Soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq 
rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor 
qilish lozim.‖1
Davlat ayrim sohalarni, tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash, 
rivojlantirish maqsadida ma‘lum bir yengilliklar, soliq imtiyozlarini 
berish orqali rag‘batlantirish funksiyasini amalga oshiradi. Masalan, 
Soliq kodeksining 158-moddasiga asosan yuridik shaxslarning 
quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini 
1
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T: ―O‘zbekiston‖ 
NMIU, 2019. – 61 b. 


43 
to'lashdan ozod qilinadi: protez-ortopediya buyumlari, nogironlar 
uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga 
ortopedik protezlash xizmati ko'rsatishdan, nogironlar uchun 
mo'ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta'mirlash 
hamda ularga xizmat ko'rsatishdan olingan foydasi; shahar 
yo'lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo'nalishli taksidan 
tashqari) yo'lovchilarni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishdan 
olingan foydasi; tarix va madaniyat yodgorliklarini ta'mirlash hamda 
qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi. 
Shuningdek mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 
jarayonida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 
qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish