77
Ayrim davlatlarda esa soliq organlari
ishini tashkil qilishning
boshqacha uslublari mavjud. Jumladan, Daniyada har bir korxonaga
soliq xizmati xodimlari guruhi biriktirilib, u korxonaning vujudga
kelishidan to tugatilishiga qadar bo‗lgan davrda nazorat ishlarini
amalga oshiradi.
Davlat soliq xizmati organlari o‗z zimmalariga yuklatilgan
vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari,
davlat
hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish
organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya
organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‗zaro hamkorlikda
bajaradilar.
Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish
va soliqlar bo‗yicha huquqbuzarliklarga
qarshi kurashda davlat
soliq xizmati organlariga ko‗maklashishlari shart. Jumladan, Davlat
soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar,
moliya organlari, banklar o‗zaro kelishib belgilangan tartibda
soliqlar bo‗yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va
huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‗rilgan
chora-
tadbirlar, o‗tkazilayotgan tekshiruvlar to‗g‗risida bir-birlarini
xabardor qiladilar, shuningdek zimmalariga yuklatilgan vazifalarni
bajarish maqsadida boshqa axborotlarni almashib turadilar.
Soliq to‗lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi
qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta‘minlash
maqsadida banklar bilan xamkorlikni amalga oshiradilar.
Jumladan, banklar xo‗jalik yurituvchi subyektlar davlat soliq
xizmati organlarida ro‗yxatga olinganliklarini
tasdiqlovchi hujjat
taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa
hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi
haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur
organga xabar beradilar; xo‗jalik yurituvchi subyektlar budjet
oldidagi o‗z majburiyatlarini
bajarmagan taqdirda, bunday
subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini
sudning qaroriga binoan yopadilar; davlat soliq xizmati
organlarining soliq to‗lovchi mijozlardan belgilangan muddatda
to‗lanmagan soliqlar va jarimalarni so‗zsiz undirish to‗g‗risidagi
78
farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini)
mehnatga doir huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi,
mualliflik shartnomalari bo‗yicha haq to‗lashga doir, shuningdek
hayot va sog‗liqqa yetkazilgan zararning o‗rnini qoplash haqidagi
talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablag‗lari
o‗tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari
bo‗yicha mutanosib ravishda bajaradilar; soliq to‗lovchi mijozning
mablag‗lari bo‗lsa, uning hisobkitob yoki boshqa hisobvarag‗idan
mablag‗larni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni
soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga o‗tkazadilar;
soliq to‗lovchi — mijozlarning
hisob-kitob yoki boshqa
hisobvaraqlaridan pul mablag‗lari berish, o‗tkazish yoki ularni
hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni sudning qaroriga binoan
to‗xtatib qo‗yadi.
Bunda, albatta, ijro hokimiyatining bir bo‗g‗ini hisoblangan
Davlat Soliq qo‗mitasi soliq siyosati ijrosini ta‗minlashda alohida
o‗ringa ega ekanligini qayd etish lozim.
Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat bo‗g‗inlari
bilan birga sud
hokimiyatining bo‗g‗inlari ham alohida ahamiyatga ega.
Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan soliqlar
vasoliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‗lovlarning o‗z vaqtida
byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o‗rnatilib, soliq
qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
qo‗llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: