14.C. resinoza Juz.- Qatronli (kauchukli) karrak
+ Ko‘p yillik o‘t. Poyasi oq momiq tukli, baland. 25-80
sm Savatchalari tor silindrli, qalqonsimon shingil hosil qilib
joylashgan. 0 ‘ramabarglari zich, uchlari o‘tkirlashgan, uzunligi
2-4 mm., guli sariq, o‘ramabarglari 25 ta, VI-VIII. Adir, ola
jinsli tuproqli yonbag‘irlarda, daryo yoqalarida o‘sadi.
15.C. maracandica Juz.- Camarqand karragi
10. Poyasi tik, uzun. 25-30 sm. Bargi oq momiq tukli. Gulpoya
qisqargan, uzunligi 1,5 sm. Savatchasi cho‘ziq-silindrik, eni 12-
15 mm.(uchi o‘tkir emas), to‘pguli zich, o‘ramabarglari uchlari
o‘tkirlashgan va uchi tikkayib turadi. Ko‘p yillik o‘t. VII-IX.
Adir, ohakli joylarda o‘sadi. Endem.
Do'stlaringiz bilan baham: |