151.(8) Turkum. Rochelia Rchb. - Roxeliya 1.
Mevasi yetishgan paytda gulkosachabarglari ensiz qalami,
yong‘oqchalar ustiga yoysimon egilgan. Yong‘oqchalarining
sirti yulduzsimon-langarsimon bo‘rtmachali. Meva bandlari 2-4
mm. Gajagi tig‘iz. IV-V. Adir. shag‘altoshli, mayda tuproqli
yonbagirlarda o‘sadi (151-rasm).
1. R. disperma (L.f) C. Koch. - Ikki urug‘li roxeliya + Meva yetishgan paytda gulkosachabarglari enli nashtarsimon,
asosi yuraksimon emas va yong‘oqchalar ustini butunlay yopib
turadi, uzunligi 5-10 mm. Meva bandi 8-12 mm, asosidan uchiga
172
tomon yo‘g‘onlashgan, gorizontal yoki pastga qayrilgan. Gajagi
siyrak, bir tomonlama. IV-VI. Adir, tog‘. Shag‘altoshli, yumshoq
tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.