2.M. orbicularis (L) Bart. - Chig‘anoq beda
+ Dukkagi vintsimon - silindrsimon yoki sharsimon,
kulchasimon, 3 - 5 marta buralgan, cheti to‘g‘ri yoki uchi egik
tikanchali. Bo‘yi 10-40 sm. Poyasi tik yoki yarirn ko‘tarilib o ‘sadi.
Guli mayda, sariq. Bargchalari teskari tuxumsimon, 6-7 mm.
IV-V. Tog‘. Yonbag‘irlarda, ariq, soy bo'ylarida o‘sadi.
3.M. minima Grufberg - Yopishqoq (mitti) beda
90.(3) Turkum. Melilotus Mill. - Qashqarbeda
Bir yillik, ikki yillik o‘tlar.
1.
Guli sariq, dukkagi ko‘ndalang tirishgan. Bo‘yi 20-100 sm,
tik. Bargchalari 9-25 mm: 2-8 mm. V-VI. Adir, tog‘. Ariq bo‘ylari,
bog‘lar va ekin dalalarida o‘sadi. Ikki yillik o‘t (97-rasm).
1.M. officinalis (L) PalL - Sariq qashqarbeda
+ Guli oq, dukkagi to‘rsimon tirishgan. Bo‘yi 30-200 sm, tik.
Bargchalari 17-27 mm: 3 mm.cha. V-IX. Adir, tog‘. Soy, daryo
bo‘ylarida, ekinzorlar atrofida o‘sadi. Bir yoki ikki yillik o‘t (98-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |