Amaliyoti islom



Download 57 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi57 Kb.
#456398
Bog'liq
tezis Bazarova Oydina (1)


MAHMUDXO’JA BEHBUDIYNING “AMALIYOTI ISLOM” ASARINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
Bazarova Oydina Oybek qizi
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti
Telefon: +998941563217

Bugungi globallashuv davrida diniylik va dunyoviylik mutanosibligiga putur yetkazishga urinish kabi tahdidlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa, ilmni diniy va dunyoviyga ajratish diniylik va dunyoviylikni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish din niqobi ostidagi guruhlarning paydo bo‘lishi hamda axloqsizlik g‘oyalarining yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga zamin yaratmoqda. Shu bois, bugun diniylik va dunyoviylik tendensiyalarini tahlil qilishda Turkiston ma’rifatparvarlaridan biri hisoblangan jadidchilik harakatining boniysi, din va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga murojaat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.


Behbudiy kuchli diniy bilimga ega bo‘lgan shaxs edi. Shuning uchun ham asarlarining aksariyati ma’rifiy islomni targ‘ib qilishga, shuningdek o‘quvchilarning diniy-ma’rifiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilganligining guvohi bo‘lish mumkin. Uning umri bus-butun xalq manfaatlarini himoya qilish uchun baxshida etilgan edi. U o‘zining jamoat va davlat arbobi sifatidagi qizg‘in faoliyatida ham hech qachon dindan chekinmadi, ayni paytda muftiy sifatida also xalq manfaatlariga xiyonat qilmadi.
Adabiyotshunos olim Solih Qosimov “Behbudiy va jadidchilik” nomli maqolasida ma’lumot berishicha: “...zamonasidagi faqihlar – diniy bilim bilimdonlaridan hech biri fiqh ilmining kengligi jihatidan Behbudiyga teng kelolmas edi. Biroq, Behbudiyning ayrim reaksion ruhoniylardan farqi va afzalligi shunda ediki, u hech qachon fiqhning biror qoidasi yoki yo‘l-yo‘rig‘ini xalq manfaatlari va ijtimoiy taraqqiyotiga zarar keltiradigan tarzda talqin qilmagan. Aksincha, oyat va hadislarga tayangan holda mehnatkashlar manfaatini himoya etgan, ilm-ma’rifatga chorlagan yevropaliklar bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga chorlovchi fatvolar bergan”1.
Buyuk marifatparvar olim maktab va uning asoslarini yaratish ishiga bir butun vazifa sifatida qaradi va bu yo‘lda qator muvaffaqiyatlarga erishdi ham. Yoshlarning turli xildagi ijtimoiy faoliyatlariga diniy va dunyoviy nuqtai nazardan to‘g‘ri yondashish ana shu yangi maktablarda shakllanadi. ehbudiy, umuman jadidchilik harakati ko‘pchilik vakillarining bag‘rikengligi ularning diniy va dunyoviy qadriyatlarni, umuman din va fanlarni o‘quv jarayonida, yoshlarning faoliyatlarida uyg‘unlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarida o‘zining eng muhim ko‘rinishlaridan biri sifatida namoyon qildi. “Bas, sabab bo‘ldiki, ilmi zamoniy islomiyatg‘a zarar qilmoq nari tursun, foyda etar”2, deydi u.
Ushbu asoslar esa uning usuli jadid maktablari uchun yaratgan kitob va qo‘llanmalarida aks etadi. Behbudiy yaratgan usuli jadid ruhidagi o‘zbekcha forscha darsliklari o‘z zamonasidayoq mashhur bo‘lib bo‘lgandi. Ana shunday darsliklaridan biri 1908-yilda yozilgan “Amaliyoti islom” asari hisoblanadi. Asar o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, 36 sahifadan iborat. Kitob asosan shogirdlarga diniy saboq berish uchun mo‘ljallangan. “Imon, islom, mazhab, millat, shariat, namoz, tahorat, ro‘za, zakot, haj, farz, vojib kabi masalalar bayon qilingandurAsar o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, 36 sahifadan iborat. Kitob asosan shogirdlarga diniy saboq berish uchun mo‘ljallangan. “Imon, islom, mazhab, millat, shariat, namoz, tahorat, ro‘za, zakot, haj, farz, vojib kabi masalalar bayon qilingandur
Asarni o‘rganish chog‘ida muallif yoshlarni aqidaviy jihatdan adashishlarini oldini olish va ularga islom amallarini soda tilda tushuntirishni maqsad qilgan degan xulosaga keldik. Yuqoridagi boblarning nomidan ko‘rinib turibdiki asar islom amallari haqida qisqacha ma’lumotlar beradi. Undan o‘quvchilar islom ibodatlarini ham o‘rganganlar. Bundan Behbudiy yangi usul maktablarida yoshlarning nafaqat dunyoviy bilimlarini, balki sof diniy bilimlarini ham shakllantirishga katta e’tibor qaratgani anglanadi.
Asarda boblar ketma-ketligiga ham alohida e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bunda haqiqiy pedagogoik yondashuvni ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni ularda islom arkonlari o‘quvchilarga asta-sekinlik bilan singdirishga mo‘ljallangan. Avval e’tiqodiy masalar yoritib berilgan bo‘lsa, asta-sekinlik bilan nazariy bilimlar yoritilgan va oxirida islom amallari haqida batafsil berilgan. Asarning tili ham sodda bo‘lib aynan maktab o‘quvchilari tushunishi uchun qulay tarzda yozilgan.
Behbudiyning bu asarni yozishdan maqsadi o’z davrida yoshlar va islomni yangi o’rganayotgan insonlar uchun muhim qo’llanma hisoblangan. Chunki o’sha davrda islomni yaxshi tushunmagan chuqur diniy bilimga ega bo’lmagan shaxslar o’z orqasidan odamlarni ergashtirishga harakat qilishgan. Natijada ularga ergashgan shaxslar sof islom dinini emas balki boshqa turli xil yo’llarga kirib ketishi oson bo’lgan. Ushbu dars;lik yana shunisi bilan e’tiborga loyiqki, unda nazariya bilan amaliyot o’zaro hamkorlikda olib borilgan ya’ni, Muallim darslikda berilgan ayrim qoidalarni ( G’usl qilish, namoz o’qish, tayammum,tahorat kabilarni ) amaliy ko’rsatib berishi ta’kidlangan: “Muallim afandilar tahorat g’usl va tayammumni amaliy sur’atda shogirdlarig’a o’rgatmog’lari; farz, sunnat va odoblarini ayurub bildirmoqlari kerakdur.”3 Ushbu asarni bugunki kundagi yosh avlodni tarbiyalashdagi ilmiy ahamiyati haqida gapiradigan bo’lsak mustaqillik yillarida ham yoshlardagi mafkuraviy bo’shliqni to’ldirishga harakat qilib, o’zining turli xil yovuz niyatlarini amalga oshirishga intiladigan kuchlar paydo bo’ldi. Agarda bu darslikdan ijobiy foydalanib, yoshlarda asl islom mohiyatini shakllantirila olinsa, bunday salbiy holatlarning oldi olingan bo’lardi. Darslikdagi bugungi kun sog’lom turmush tarzi bilan hamohang bo’lgan toza ozoda bo’lish, poklikka amal qilish, to’gri yo’lga va yomon yo’ldan qaytarish kabi holatlarga alohida e’tibor qaratilgan.
“Imon va islom” bobida Allohning zoti va sifati, payg‘ambarlar va ularga tushirilgan kitoblar, imonning yettita rukni kabi masalalar yoritilgan. Bularni o‘quvchilarga o‘rgatish natijasida ularni diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremizm g‘oyalariga og‘ib ketishdan qaytaradi. Shu bilan birga o‘quvchilarda kuchli diniy-mafkuraviy immunitet shakllanishiga zamin yaraladi. Tarixdan ma’lumki, turli yot g‘oyalarni yoshlarga singdirib, o‘ziga og‘dirib oluvchi kimsalar doimo yoshlarning ongini egallashda ularning diniy va dunyoviy bilimlari sayozligidan ayyorona foydalanishlari kuzatilgan. Bunday maqsadlilar zamonaviy fanda soxta salafiylar deb atalmoqda.
So‘nggi yillarda “salaf solihlarga ergashish” shiorini niqob qilib olgan, mutaassib ko‘rinishdagi soxta salafiylar barcha aqidaviy va hukmiy masalalarni hijriy sananing dastlabki uch asriga muvofiq ravishda hayotga tatbiq etishni targ‘ib qilsalarda aslida, ularning qarashlari asosan 18-asrning o‘rtalarida yashab o‘tgan najdlik Muhammad ibn Abdulvahhobning mutaassibona g‘oyalari ustiga qurilgandir. Muhammad ibn Abdulvahhobning qarashlari esa Islom dinida birinchi bo‘linishga sabab bo‘lgan Xavorijlar aqidasi bilan yo‘g‘irilgan. Bu oqim a’zolari diniy masalaning yechimini topishda faqat oyat yoki hadisni uzuq-yuluq holda keltirib, unga yuzaki yondashib, go‘yo muammoga javob topgan bo‘ladi. Ularning bu uslubi avom xalqqa oson tushunilgandek, go‘yo to‘g‘ridek tuyuladi. Shu yo‘l bilan ham ular o‘z tarafdorlari sonini ko‘paytirishga urinadi.Salafiylik g‘oyasi tarafdorlarining asosiy maqsadlari Qur’on va sunnatni o‘zlaricha mahkam tutish va qariyb 13 asrdirki Islom ummatining birdamligini ta’minlab kelayotgan fiqhiy mazhablarni yo‘q qilib, ularni ildizi bilan qo‘porib tashlashdan iborat. Ularning da’vosiga ko‘ra, go‘yo musulmonlarning ixtilofdan najot topishi faqat Qur’on va hadisni qattiq ushlash bilan bo‘ladi, mazhablar mavjud bo‘lar ekan, Qur’on va hadisni mahkam ushlash amri mahol emish.n Go‘yoki bu bilan ular Qur’on va sunnatni mahkam tutishmoqda-yu, butun ummat e’tirof etgan va avalgi 3 asrda yashab o‘tgan mazhab boshilar uni mahkam tutishmagani iddao qilishlarini anglash qiyin emas.
Amaliyoti islom” asarining yosh avlod tarbiyasida ahamiyati kattadir. Asarda dastlabki diniy tushunchalar, islom arkonlari juda tushunarli bayon qilingan. Bu esa o‘z navbatida, yangi islom arkonlarini o‘rganayotganlarga bugungi kunda ham manfaatli qo‘llanma vazifasini bajara oladi deb bemalol aytishimiz mumkin. Bugungi kunda yoshlar orasida diniy eksterimistik guruhlar tuzog‘iga ilinayotganlari kam emas. Bu kabi tashkilotlarning asosiy ov qilish joyi sifatida ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlrini aytishimiz mumkin. Albatta islom arkonlari yoki oddiygina namoz o‘qish tartiblarini o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar buni internet tarmog‘i orqali qidirish orqali ham shu kabi kimsalarning tuzog‘oga tushib qolishayotgani sir emas, barchamizga. Ular notog‘ri diniy g‘oyalari bilan hali islom nima ekanligi haqida to‘li tasavvurga ega bo‘lmagan yoshlarni ongini osonlik bilan zaharlay oladilar. Bunga sabab sifatida ko‘plab yoshlarimiz orasida diniy savodxonlik darajasi pastligi deb bilaman. Yoshlarimiz, aholi orasida ham bu kabi marifatparvar boblarimiz tomonidan yaratilgan islom ta’limotiga oid shu kabi darslikalri, asarlarini chop etish orqali ularning diniy savodxonligini oshirishimiz mumkin deb ayta olamiz. Endi e’tiboringizga quyidagi statistikani keltirib o‘tmoqchimiz:
Shuningdek, 2019-2020-yillarda tashkil etilgan “Mehr” operatsiyasi doirasida Yaqin Sharqning jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlaridan 318 nafar ayollar va bolalar Vatanga qaytarildi. Taqiqlangan diniy oqimlar safiga qo‘shilib qolgan fuqarolarni jamiyatga qayta moslashtirish bilan bog‘liq tizimli ishlar muntazam olib borilmoqda.4 To‘g‘ri bu statistikadagilar hozir bu yo‘ldan qaytishgan bo‘lishlari mumkin lekin bu kabi sonlar bejiz paydo bo‘lmagan. Ular islomni o’rganishni noto’g’ri yo’ldan borishgani sabab shu ahvolga tushishgan. Shu kabi holatlarni kamaytirish uchun o’zimizning sof islom ruhiagi adabiyotlarni aholi orasida keng targib qilish samarali bo’lardi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



  1. Behbudiy.M. “Amaliyoti islom”. Samarqand. “Samarqand” 1908.

  2. Behbudiy Mahmudxo‘ja – Tanlangan asarlar – B.Qosimov, -T., Ma’naviyat, 2006.

  3. Karimov N., XX asr o‘zbek adabiyoti manzaralari. Toshkent, “O‘zbekiston”. 2008

  4. Internet saytlari




1 Махмудхўжа Беҳбудий / Н. Каримов. – Т.: O‘zbekiston, 2011. – 18-19-betlar

2 Махмудхўжа Беҳбудий. Танланган асарлар. Т.: «Маънавият». 1999. 169-б

3 Behudiy.M. - “Amaliyoti islom”.Samarqand. “Samarqand nashri”. 1908. 12-bet

4 https://iiau.uz/en-ca/yangiliklar/yangiliklar/o%E2%80%98zbekistonda-diniy-ma%CA%BCrifiy-sohada-amalga-oshirilgan-islohotlar-xalqaro-jamoatchilik-e%CA%BCtirofida-01.html

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish