2. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni oʻrganish.
Moliya bo’limining faoliyati tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar Normativ-huquqiy hujjatlar ro’yxati :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: “O’zbekiston”- 2007
2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.-T.: “Norma” MJCh. 2019
3. O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.-T.: “Norma”MJCh.2014
4. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini ta’minlash bo’yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmoni.13.12.2017
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3182-sonli Qarori. 08.08.2017
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 445-sonli Qarori. 29.06.2017
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5075-sonli Farmoni. 07.06.2017
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№ 4086-sonli Qarori. 2018 yil 26 dekabr
10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 870-son Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to’g’risida NIZOM”
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning barchasi aholi turmush darajasini oshirish va ularning hayot tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan bo’lib bu borada byudjet xarajatlari asosiy o’rin egallab turibdi.
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizidagi maqsadlarlarga erishish uchun belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda “hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim”-deb ta’kidlandi2.
Mamlakatimizda har bir mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirish manbalari ma’lum qonunlar asosida belgilab qo’yilgan va ushbu manbalardan tegishli byudjetlarga mablag’lar to’liq va o’z vaqtida kelib tushishi qonuniy jihatdan himoyalangan.
Byudjet Kodeksida mahalliy byudjetlarning daromad shakllantirish manbalari va ularning sarflanish yo'nalishlari keltirilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari bir necha daromad manbalari hisobidan shakllantiriladi.
Hozirda Byudjet Kodeksining 52-moddasiga ko'ra mahalliy byudjetlarning o'z daromadlari quyidagilar:
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar. Mahalliy soliqlar va yig'imlar - hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish manbayini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruvi organlarining faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilgan
Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari. Bunday daromadlarga sovg'a, hadya ko'rinishida, shuningdek, beg'araz homiylik ko'rinishida taqdim etilgan daromadlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |