TOSHKENT SHAHAR CHILONZOR TUMANI MOLIYA BOʻLIMI NIZOMI
1-BO’LIM . UMUMIY QOIDALAR
1. Toshkent shahar Chilonzor tumani moliya bo’limi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq faoliyatida Chilonzor tuman Hokimiga hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga bo’ysunadi.
2. Toshkent shahar Chilonzor tumani moliya bo’limi tuman byudjetining loyihasini tuzadi, tuman byudjetining daromadlar va xarajatlar qismi ijrosi, tuman byudjetida nazarda tutilgan tadbirlarni zarur bo’lgan moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash, shuningdek tuman byudjeti bo’yicha moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlanadigan boshqa tadbirlar uchun javobgardir, tuman hududida umudavlat ehtiyojlari uchun moliyaviy mablag’larning safarbar qilinishini ta’minlaydi.
3. Moliya bo’limi O’zbekiston Respublikasining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy asosini yaratish, tuman byudjetini ishlab chiqish va ijrosi, hamda moliyaviy o’ta oqilona va iqtisodli foydalanishlarini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |