1. Amaliyot obyektining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish.
Respublikamiz mamuriy-hududiy jihatdan 14 ta hududdan (Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri) iborat bo’lib, ularning har biri iqtisodiyoti o’ziga xos tabiiy - iqlim sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti darajasi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi.
O’zbekistonning har bir hududi iqtisodiyotining o’ziga xos tarmoq tarkibi, mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv asosida ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmasiga ega bo’lib, mahalliy boshqaruv organlari orqali tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblangan Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 noyabrdagi 553 son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqida”gi Nizomda belgilab qo’yilgan qoidalar, vazifalar, funksiyalar va huquqlarga va boshqa mamlakatda belgilab qo’yilgan qonun-qoidalarga monan o’z faoliyatini amalgam oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valyo’ta va narx-navo siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zahirasini ko`paytirish yo`li bilan O`zbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga, respublika iqtisodiyotini sog`lomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo`naltiradi; xalq xo`jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag’` bilan ta’minlaydi, respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi; o`z vakolati doirasida respublika moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil еtadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi; O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar, yo`riqnomalar, preyskurantlar va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi; respublika xalq xo`jaligini, O`zbekiston Respublikasining chet еldagi diplomatik va boshqa davlat muassasalarini, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallari to`lashni valyo’ta bilan ta’minlaydi.
Mahalliy byudjetlar, Budjet Kodeksiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi. Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining yordamida mamlakatda tuziladigan va davlat moliyaviy balansida aks ettiriladigan moliyaviy resurslarni markazlashtirish darajasi aniqlanadi. Jamlangan byudjet tarkibidagi mahalliy byudjet ko‘rsatkichlari hisobisiz mamlakat bo‘yicha moliyaviy rejalashtirishni umumlashtirish mumkin emas (1-rasm).
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlarining tuzilishi1
Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tahlil qilishda respublika byudjetidan beriladigan dotatsiya masalasi ham asosiy o‘rinni egallaydi. Mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlarini tenglashtirish maqsadida dotatsiya va subvensiyalardan foydalaniladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solishda qo‘llaniladi. Dotatsiya o‘z moxiyati jixatidan davlat byudjetidan muhim xo‘jalik va ijtimoiy-ma’daniy tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy hokimiyat organlarining ishtirokini tegishli pul mablag’‘lari bilan ta’minlash maqsadida berilyapti. Keyingi vaqtlarda dotatsiyalar mahalliy byudjetlarni daromadlari va xarajatlarini tenglashtirish maqsadida berilmoqdaki, bu dotatsiyaning byudjet siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qilishiga sabab bo‘lyapti. Mahalliy byudjetlarning o‘z daromadlari kam xarajatlarni qoplashga etmaydi. Shu sababli ularni tenglashtirish muammolari juda dolzarb masala hisoblanadi. Xarajatlarning 60-70 % dan yuqori byudjetga soliq va daromadlarning ajratma hisobidan qoplanadi. Bu soliq va daromad shu hududdagi korxonalardan to‘langandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |