O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZILRILIGI
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
II- KURS 19.76-B GURUH TALABASI MUHRIDDIN TURONOVNING
3- HAFTA 18-KUNGA 21-IYUNDAN TO 10-IYULGACHA QO'QON SHAHRIDA BO'LGAN
AMALIYOT HISOBOTIM
Men 21-iyun kuni Farg‘ona Davlat unversiteti Tarix fakulteti 2-kurs talabalari qatorida Farg‘ona Davlat unversiteti San’atshunoslik fakultetiga soat 10.00 da bordim. U yerda bizning fakultetimizning 2-kurs talabalariga majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisda talabalni guruhlarga bo‘lishdi va amaliyot rahbarlar har bir guruhga biriktirildi. Amaliyotni qaysi manzillarda bo‘lishi tushintirildi.
Biz dastlabki amaliyot o‘tash joyimizga 30-iyun kuni fakultetimiz talabalari bilan birgalikda Qo'qon shaxriga tarixiy yodgorliklarni va me'moriy obidalarni o'rganish va ko'proq tushunchalarga ega bo'lishi maqsadida bordim va shu kun davomida "Norbo'tabiy madrasasi", "Dahmai shohon" va "Xudoyorxon saroyi"ga tashrif buyurdi. Dastlabki manzil Norbo'tabiy madrasasi va uning g'arbiy qismida joylashgan Dahmai Shohon ziyoratgohi bo'ladi. 1799-yilda qurib bitkazilgan va shu kungacha bir necha marta ta'mirlangan Norbo'tabiy madrasasi menda yaxshi taassurot qoldirdi. 44 ta hujradan iborat madrasa ruslar bosqini davrida qizil askarlarga boshpana bo'lgan va 1938-yildan madrasa maqomiga o'tgan. "Dahmai Shoxon" majmuasi Norbo'tabiy madrasasi g'arbida joylashgan. Bu yerga kelganimizda Qo'qon xonligining shonli davrlarida mamlakatni boshqargan va yuksaltirgan Norbo'tabiy, Olimxon, Umarxon va ularning avlodlaring va ajdodlarining qabrini ziyorat qildik. "Xudoyorxon" saroyi bizning kundagi so'nggi manzilimiz bo'ldi. XIX asrda qurilgan va o'z haybati va ulug'vorligi bilan Qo'qon shaxrining ramzi bo'la olgan va keyinchalik katta qismi buzilib rus amaldorlariga boshpana bo'lgan ushbu manzilimi19 ta xona va 2 ta hovli mavjud. 16000 aholi va 80 ta usta mehnat qilgan. Saroy ranglari juda tiniq va shaffof, ustalar mahorati yaqqol sezilib turipti. O'ymakorlik ishlariz nihoyatda yuqori did va nafislik bilan ishlangan.
Bu sayohat menda juda katta taassurot qoldirdi. Bu sayohatni uyushtirgan Farg'ona Davlat Universiteti jamoasiga va ustoz professorlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman va ular menga bildirgan ishonchni to'laqonli oqlashga harakat qilaman.
Amaliyotchi: M.TURONOV Amaliyot rahbari: U. O'RMONOV
Do'stlaringiz bilan baham: |