Amaliy topshiriqlar Asosiy vositalar auditining asosiy vazifalari Asosiy vositalarni hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilishi, ularning butligi va harakatining to’g’riligini tekshirish.
Asosiy vositalarni baholash va qayta baholashning to’g’riligini tekshirish.
Asosiy vositalarni kirimi chiqimi muomalalari bo’yicha provodkalarni to’g’ri berilganligini va to’liqligini hamda hisob registrlarida to’g’ri aks ettirishni tekshirish.
Asosiy vositalarni saqlanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish.
Hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini va ta’mirlash xarajatlarni to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish.
Asosiy vositalar muomalalari bo’yicha hisoblangan soliqlarning to’g’riligini tekshirish.
1-masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor 2460 ming so’mlik asosiy vosita sotilganligini aniqladi. Bu muomalalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks etgan:
Asosiy vositaning balans qiymatiga:
D-t 9210 K-t 0130 2460 ming so’m
Asosiy vositaning eskirish summasiga:
D-t 0260 K-t 9210 1200 ming sum
Asosiy vosita uchun pul kelib tushgan:
D-t 5110 K-t 9210 2460 ming sum
Asosiy vositani sotishdan moliyaviy natija aniqlangan:
D-t 9430 K-t 9210 2340 ming sum.
Talab qilinadi: Yul qo’yilgan xatoni aniqlab, to’g’ri buxgalteriya provodkalarini bering. Auditorlik hisobotining asosiy vositalar bo’limi uchun ma’lumot tayyorlang.
2-masala. Buxgalteriya hisobini tiklab berish yuzasidan xizmat ko’rsatayotgan vaqtda auditor quyidagi xolatni aniqladi:
Korxonada ishlab chiqarish uchun mo’ljallangin asosiy vosita sotib olingan bo’lib, uning qiymati QQS bilan birgalikda 12 million so’mni tashkil etadi. Asosiy vositani montaj qilish uchun montaj tashkilotiga QQS bilan birga 1200 ming so’m pul to’langan. Asosiy vosita uchun amortizatsiya me’yori 15%. Auditordan asosiy vositani kirimga olish, uch oylik amortizatsiya hisoblash va 2 koeffitsient asosida asosiy vositaning qiymatini oshirish (qayta baxolash) talab qilinadi.
Talab qilinadi: Ushbu muomalarni amalga oshiring va buxgalteriya schyotlarida aks ettiring. Asosiy vositalarni qabul qilishda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarni ayting?
3-masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita boshlang’ich qiymati 135000 so’mdan bo’lgan muzlatgich hisobdan chiqarilgan. Muzlatgichlardan birining amortizatsiya ajratmalari 118000 so’mni, ikkinchisiniki esa 120000 so’mni tashkil qilgan. Tugatish dalolatnomasida amortizatsiya to’liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar yo’qligi deb ko’rsatilgan. Muzlatgichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj uchun 3750 so’m ish haqi hisoblangan, 4000 so’m metalalom hamda 9500 so’mlik ehtiyot qismlar korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatgichlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan moliyaviy natijani 30650 so’m deb baholab, uni 9590 schyotga hisobdan chiqargan.