TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
NAZARIY FIZIKA KAFEDRASI
Amaliy optika fanidan
Laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha
USLUBIY KO’RSATMA
Mavzu: GELIY-NEON LAZERINING ISHLASHINI O’RGANISH
Termiz -2020
Uslubiy ko’rsatmada «Amaliy optika» fani bo’yicha laboratoriya ishlarini tashkil qilish, hamda rioya qilinishi zarur bo’lgan xavfsizlik choralari, shuningdek, laboratoriya ishlarini bajarishga oid tavsiyalar va mavzular bo’yicha nazariy ma‘lumotlar keltirilgan .
Tuzuvchi: ________ Xaliyarov J.X. - TerDU, Nazariy fizika kafedrasi o’qituvchisi;
Taqrizchi: ________ Saidov Ch.S. - TerDU, Nazariy fizika kafedrasi dotsent.
Uslubiy ko’rsatma “Nazariy fizika” kafedrasining 2020 yil ____-avgustdagi 1-son yig’ilishida muhokamadan o’tgan.
Kafedra mudiri:__________ p.f.d. Abdiyev U.B.
Uslubiy ko’rsatma 5140200 - Fizika yo’nalishi “Amaliy optika” fanidan namunaviy o’quv dasturi asosida tayyorlandi .
KIRISH
“Amaliy optika” fani olingan nazariy bilimlarni amaliy tajribalar orqali chuqur mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Bu fanni o’rganish natijasida talaba o’z kasbiy faoliyati davomida Amaliy optika bo’limi bo’yicha egallagan nazariy bilimlarni laboratoriya mashg’ulotlarida mos holdagi asbob va uskunalar yordamida amalda tekshirish, tegishlicha nazariy va eksperimental metodlarni qo’llash, eksperiment natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Laboratoriya mashg’ulotlardan ko’zlangan maqsad va vazifalar - bu fan bo’yicha olingan nazariy bilimlar asosida turli tajribalar o’tkazish, olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish, tahlil natijalari bo’yicha ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar “Amaliy optika” fanining muhim qismlarini chuqurroq o’rganish uchun kerak bo’lgan optik qurulmalar tuzilishi, sxemasi va ishlash prinsipini tahlil qiladilar, ularni tushuntirish uchun kerak bo’lgan tenglamalarni yozadilar va laboratoriya ishini amalda bajaradilar. Olingan natijalarni qayta ishlaydilar va tahlil qiladilar.
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHNI TASHKIL QILISH
Har bir talaba laboratoriya ishlarini bajarish uchun mashg’ulotga tayyorlanib kelishi lozim. Buning uchun u ma'ruzalar matni va adabiyotlardan takrorlab, laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha qo’llanmani kutubxonadan olib o’rganishi va ish bo’yicha tayyorlanib kelishi shart.
Mashg’ulot boshlanishida o’qituvchi talabalarning ishni bajarishga tayyorgarlik darajasini tekshiradi va ushbu tekshiruv natijalari asosida tayyorgarligi yetarli bo’lgan talabalarga laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga ruxsat beradi.
Har bir laboratoriya ishini 3 ta talaba birgalikda bajaradi. Laboratoriya ishining tajriba qismi qo’llanmada tavsiya qilingan tartibda va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajariladi.
Ishning tajriba qismi bajarilgandan so’ng laboratoriya ishlari bo’yicha hisobotga o’tkazilgan tajriba natijalari kiritilib, xulosa yoziladi va ushbu laboratoriya ishi himoya qilinadi.
Betartib rasmiylashtirilgan hisobot himoyaga qabo’l qilinmaydi. Himoya davomida savollarga aniq javob berib, o’tkazilgan tajriba natijalarini tushuntira olgan talabalarga ushbu laboratoriya ishiga ajratilgan reyting sinovdan o’tganligi haqida o’qituvchi daftariga belgilab qo’yiladi.
Mashg’ulot davomida laboratoriya ishini himoya qila olmagan talabalar keyingi mashg’ulotgacha o’qituvchi ajratgan qo’shimcha vaqtda ushbu ishni himoya qilishlari shart.
Laboratoriya ishlarini o’quv rejasi bilan ko’rsatilgan muddatlarda bajarmagan talabalar ularni barcha asosiy laboratoriya mashg’ulotlari tugallangandan so’ng, o’qituvchi bilan kelishilgan qo’shimcha vaqtlarda bajarishlari kerak .
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH DAVOMIDA XAVFSIZLIK CHORALARI
1. Laboratoriya ishini bajarishga kirishishdan avval o’qituvchilardan texnika xavfsizligi bo’yicha tushuntirish olib, diqqatingizni ishni bajarishda xavf chiqishi mumkin bo’lgan qismlarga qarating.
2. Mashg’ulot o’tkazish xonasida tartib saqlang. Laboratoriya ishini bajarish bilan bog’liq bo‘lmagan ishlar bilan shug’ullanmang.
3. Mashg’ulot xonasidagi barcha jihozlarni ehtiyotkorlik bilan ishlating.
4. Ish joyingizni bajarilayotgan ishga aloqador bo‘lmagan jihozlar bilan to‘smang, bu holat baxtsiz hodisaga sabab bo‘lishi mumkin.
5. Boshqa ish joylardagi jihozlarga tegmang, o‘qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz ularni ishlatmang.
6. Quyidagilar taqiqlanadi:
Asbob va jihozlarni ularning yo‘riqnomasi bilan tanishmasdan ishlatishga urinish.
Asbob va jihozlarni o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz olib ishlatish.
Elektr o’lchov asboblariga suv va boshqa suyuqliklar sepish.
Tajriba jarayonida asbob va jihozlar joylashgan taglikka o‘tirish, har xil buyumlar qo‘yish va unga kuch bilan zarba berish.
Asbob va jishozlarni begonalarning foydalanishi uchun berish.
Asbob va jishozlarni yoki ortiqcha buyumlarni olib ketish.
7. Ishni tugatib o‘z ishjoyingizni tartibga keltiring .
8. Mashg’ulot xonasini o’qituvchi ruxsati bilan tark eting.
1-LABORATORIYA ISHI
GELIY-NEON LAZERINING ISHLASHINI O’RGANISH.
Geliy-neon lazeri gazli lazerlar majmuasiga kiradi Geliy-neon gaz aralashmasi to’ldirilgan gazorazryadli nay lazerning asosiy qismi bo’lib xizmat qiladi (1 -rasm).
Gazli razryad nayining ichki diametr bir necha mm dan 1 sm gacha, uzunligi esa bir necha sm dan bir necha metrgacha bo’lishi mumkin. Faol muhit sifatida neon gazi olinib, yordamchi gaz sifatida unga geliy gazi qo’shiladi va ularning nisbati taxminan 1:7 munosabat olinib, gaz razryad nayi kerakli bosimlarda (1,3 mm sm. ust. teng bosimlarda) to’ldiriladi. Razryad nayining ichida yoki tashqarisida 1-rasmda ko’rsatilgandek silindrik yoki tasmali elektrodtar joylashtiriladi va ular mos holda doimiy tokli yoki ko’ndalang yuqori chastotali razryad hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Geliy na neon aralashmali muxitdagi jarayonni taxlil qilish uchun, geliy va neon atomlarining elektron energetik sathlari diagrammasidan foydalanamiz» (2-rasm).
Geliy yordamchn gaz bo’lib, ikkinchi tur to’qnashishlar yorlamida neon ishchi energetik sathlarni neon atomlari bilan to’ldirishga yordamlashadi. Geliy atomlarining o’zi erkin elektronlar bilan to’qnashganda yuqori energetik sathlarga chiqadi. Geliy atomining bu yuqori sathdardagi yashash vaqti 10-3 s va bu sathlar energiyasi neon atomining 2S va 3S sathlarnning energiyalariga yaqin. By holda yuqori energetik sathdagi geliy atomlari pastki sathda joylashgan neon atomlari bilan noelastik (rezonans) to’qnashib uni yuqorigi 2S va 3S ishchi sathlarga chiqaradi. Geliy atomi 2S sathi va neon atomini 3S sathi energiyalarining farqi 300 sm-1 tartibda bo’ladi. Bu xona temperaturasidagi kT ning qiymatidan bir muncha katta bo’lishiga qaramasdan geliy atomidan neon atomiga energiya uzalish jarayonining intensivligi kuchli kechadi. Shunday qilib, aytish mumkinki g’alayonlantirilgan geliy atomlari yorlamida neon atomlarini galayonlashtirishi uchun, energiya zarralarning o’zaro rezonans to’qnashishi yo’li bilan uzatilar ekan. Tanlash qoidalariga asosan zarralarga S-sathdan p-sathlarga o’tishiga ruxsat berilgan.
1 -raem. Geliy-neon lazeri konstruktsiyasining chizmasi.
1-razryad nayi, 2-Bryuster burchagi ostida qo’yilgan shisha qoplamalar, 3-doimiy tokli razryad olish uchun o’rnatilgan elektrodlar, 4-razryad nayining ustki ikki yuzasida uning uzunligi bo’ylab qo’yilgan metall (mis) elektrodlar, 5-yukorichastota generatori, 6-optik rezonator ko’zgulari.
2-raem. Geliy va neon atomlarining elektron energetik
sathlari diagrammalari. Rasmda quyidagi a) 1=3,39 mkm, b) 1=0,63 mkm, c) 1=1,15 mkm. Generatsion o’tishlar ko’rsatilgan.
O’tishlarida invers bandlik hosil bo’ladi va lazerning to’rt energetik sathli tuzilishdagi ishlash tamoyiliga mos keladi. Bu jarayon yordamida invers bandlik hosil qilish asosiy xisoblanishidan tashqari neon atomlari elektronlar bilan to’qnashishda ham g’alayonlantirilgan sathlarga o’tkazilib, invers bandlik hosil qilinishi mumkin. Doimiy tokli razryadli holda razryad tokining katta qiymatlarida neon atomining 1S sathi elektron-neon to’qnashuvi natijasida to’ldiriladi. Shu holda 2r va 3r sathlarining 1S sathdagi neon atomlari bilan zinapoya usulida to’ldirilshi asosiy bo’lib qoladi. Bu hol invers bandlikning kamayishiga hamda generatsiyaning yo’qolishiga olib keladi.
Bu holda neon atomining nurlanishi 2S^2p va 3S—»3P sathlardagi o’tishlariga to’g’ri keladi. Bu jarayonlarni quyidagi
e + Ne (1S) —> Ne (2p) + e
e + Ne (2S) —> Ne (3p) + e
ifodalar ko’rinishida belgilash mumkin.
Tarixan. birinchi bo’lib 2S—>2p energetik o’tishlarida lazer generatsiyasi olingan. Hozirgi paytda. sanoatda ishlab chiqilgan lazerlarda xil o’tishlarda generatsiya olingan bo’lib, ularda generatsiya olish shart-sharoitlari taxminan bir xil (gaz aralashmasi bosimi, razryad tokining qiymati) va nurlanish quvvatining razryad parametrlariga bog’liqligi ham bir xil bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilgan o’tishlarda kuchaytirish quyidagicha bo’ladi:
1=3,39 mkm 20 db/m-gacha
2=1,15 mkm .10-12 % bir metrda
3=0,63 mkm …………… 4-6 % bir metrda
To’lqin uzunligi 1=3,39 mkm nurlanish berish imkoniyatiga ega bo’lgan energetik sath neon atomlari bilan tez va oson to’ldiriladi. Lazer generatsiyasi bu holda gaz razryadining parametrlari keng o’zgarish oralig’ida ro’y beradi. To’lqin uzunligi 0,63 mkm nurlanish generatsiyasini olish murakkabroq, lekin bu nurlanish elektromagnit to’lqin diapozonining ko’zga ko’rinadigan diapazonida bo’lgani va foto qabo’lqilgich qurilmasining eng katta sezgirlik soxasida yotgani uchun neon lazerlari ko’p ishlab chiqariladi va xalq xo’jaligining tur1i soxalarida ishlatiladi.
Nurlanish chizig’i enining kengligini quyidagi uch jarayon belgilaydi.
1. To’qnashuvlar. Geliy-neon lazerlaridagi gaz aralashmasining bosimi R=66 Pa va temperaturasi xona temperaturasiga teng bo’lganda zarralarning to’qnashish davri t0=0.5-10-6 s bo’lib, nurlanish chizig’i enining kengligi
bo’ladi.
2. Tabiy kengayish. Bu holda nurlannsh chizig’i enining kengayish zarraning spontan nurlanishga bog’liq bo’lib, uning kengligi
bo’ladi.
3. Dopler kengayishi. Zarralarning issiqlik xarakatidagi tezliklari bilan bog’liq bo’lgan nurlanish chizig’i enining kengayishi Kelvin shkalasi bo’yicha 300K uchun mos ravishda:
Shunday qilib, geliy-neon lazeri nurlanishi uchun Doppler kengayishi asosiy kengayish bo’ladi.
Geliy-neon lazerida invers bandlikning hosil bo’lishi va uning relaksatsiyasi (ya’ni buzilishi) murakkab jarayon bo’lgani uchun optimal ishchi parametrlarga ega bo’ladi:
Neon gazining optimal (13Pa) bosimi va geliy atomlari kontsentratsiyasining neon atomlari kontsentratsiyasiga nisbati:
Geliy atomlari kontsentratsiyasi neon atomlari kontsentratsiyasidan ko’p bo’lishi kerak. Tajribalardan topilgan optimal nisbat razryad nayi diametriga bog’lik bo’lib, lazer nurlanishining quvvati maksimal bo’lishi 5:1 dan 10:1 nisbatgacha bo’ladi. Katta qiymatli nisbatlar kichik diametrli razryad nayiga mansub. Neon gazining optimal bo’lishi, gaz kontsentratsiyasining ortishi natijasida neon atomining pastki energetik sathlarini zinapoya usulida to’ldirilishi sabab bo’lishi mumkin.
Razryad nayining optimal diametri. Razryad nayining devorlarida neon atomi 1S sathdagi energiyasini berib asosiy sathga tushadi va shuning uchun razryad nayining diametrini ko’chraytirish zarur. Boshqa tomondan razryad nayining diametrini kuchraytirish nurlanish tarqalishida difraktsion yo’qotishlarning ortib ketishga olib keladi. Shuning uchun tajribada razryad nayining diametri gaz bosimiga qarab 1-5 mm atrofida olinadi.
Tajribalardan geliy-neon lazeri uchun quyidagi
Pd = const
“o’xshashlik” qonuni topilgan. Bu yerda R- gaz aralashmasining yig’indi bosimi; d -nayining diametri. O’xshashlik konunining ma’nosi shundan iboratki turli diametrli razryad nayi uchun gaz aralashmasining shunday bosimini olish mumkinki, bu holda lazer nurlanishining solishtirma xarakteristikalari bir xil bo’ladi.
Tajribalar natijasida gaz aralashmasi bosimini razryad nayi diametriga bo’lgan ko’paytmasining optimal qiymati, geliy-neon lazerlarida 0.44-0.53 mPa oralig’ida bo’lishi topilgan.
Razryad tokining optimal zichligi. Razryad toki zichligining optimallashtirishning sababi, bu neon atomining pastki energetik sathlarini elektronlar bilan to’ldirilishidir. Bu jarayon invers bandlikni pasayishiga va natijada generatsiyaning yo’qolishiga olib keladi. Lazer nurlanishining quvvati razryad tokining kichik qiymatlarida unga chiziqli ravishda bog’langan. tokning ma’lum bir qiymatida nurlanish quvvati maksimumga erishadi. So’ngra razryad toki qiymati oshishi bilan pasayib ketadi. Sanoatda ishlab chiqilgan geliy-neon lazerlarda razryad nayining uzunligiga qarab, elektr tokining optimal qiymati 5-50 mA atrofida bo’ladi.
To’lqin uzunliklari 0,63 va 3,39 mkm bo’lgan nurlanishli o’tishlar 3S yuqori ishchi sath bo’lsa, to’lqin uzunliklari 0.63 va 1.15 mkm bo’lgan nurlanishli o’tishlar uchun 2r umumiy pastki sath bo’lib xizmat qiladi. Bu xodisa o’tishlarning konkrentsiyasi deyiladi. Amaliyotda bo’larni yo’qotish quyidagi usullar ishlatiladi:
1.Energetik sathlarning magnit maydon ta’sirida ajralishi (Zeeman effekti). Xar bir spektral chiziq ikkilanadi. Ajralgan komponentalar qarama-qarshi yo’nalishli doiraviy qutblanishga ega. Shuning uchun 3.39 mkm nurlanish Bryuster burchagi ostndagi qo’yilgan shisha oynalarda ko’proq yutiladi va to’lqin uzunlikda generatsiya bo’lmaydi;
Optik rezonatorlarni tayyorlashda 3,39 mkm to’lqin uzunlikdagi nurlanish ko’proq yutuvchi moddalardan yasaladi;
Optik rezonator ichida 3,39 mkm to’lqin uzunlikli nurlanishni ko’proq yutuvchi metal gazi to’ldirilgan g’ovak idish joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |