3
Kirish
Vatanimizning kelajagi xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon
hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o’sib,
ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday
o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. XX asr o’rtalariga kelib
tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi. Murakkab
texnika va
texnologiyalar o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida
axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va
uzatish vositalarini yaratish, ularni
vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur
bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi. Ko’pchilik vazifalarni
bajarishda boshqarish jarayonini takomillashtirish, axborot
tizimini joriy etish,
mutaxasislarni kompyuterda ishlashga o`rgatish muhim ahamiyatga ega.Hozirgi
kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi.
Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish
uchun
balki, hayotga tadbiq qilinadigan dasturiy tizimlar, rasm va video tasmalarni
qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi
dasturlar yaratish,
elektron tijorat uchun ham foydalaniladi. So’nggi yillarda kompyuter va uning
dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z
navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab
qiladi.Respublikamizda jamiyatimizni axbarotlashtirish maqsadida bir qancha
qaror va qonunlar qabul qilindi. Masalan, 1993-yil 7-may va 2003-yil 11-
dekabrdagi “Axbarotlashtirish to’g’risida”gi qonun,2002-yil 30-
maydagi“Kompyuterlashtirish va axbarot komunikatsiya texnologiyalarini
qo’llashni yanada rivojlantirish” haqidagi qaror, 2003-yil 11-dekabrdagi
“Elektron raqamli imzo haqida”gi qonun va 2004-yil 29-apreldagi “Elektron
hujjat yuritish” haqidagi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkiletish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori 12.02.2014 y, O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston
Respublikasi aloqa, axborotlashtirishva telekommunikatsiya
texnologiyalari davlat qo‘mitasining yangilangan tuzilmasini tasdiqlash
4
to‘g‘risida”gi qarori 30.10.2013 y, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish
tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot-kommunikatsiya
tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
yanada rivojlantirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ,O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish
to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni fikrimiz dalilidir.Mustаqil
rеspublikаmizdа
yuz bеrаyotgаn siyosiy, iqtisоdiy, ilmiy
-
tехnikаviy vа
mаdаniy o’zgаrishlаr Оliy tа’lim tizimidа hаm o’z аksini tоpmоqdа.Yangi
axborot – kommunikatsion texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb
mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va
tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun
yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar
informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash
texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika
vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi,
hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni,
rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.