Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti


Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori



Download 309,82 Kb.
bet4/6
Sana13.01.2022
Hajmi309,82 Kb.
#358274
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliyot

3. Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori.

Qurilish sohasida korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligining:

Qurilish vazirligi faoliyatiga “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini joriy etish va uni 2020-yil 1-iyunga qadar Toshkent viloyatida markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalaridan, shu jumladan, investitsiya loyihalari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar (keyingi o‘rinlarda — obyektlar) qurilishi jarayonida tajriba tariqasida ishga tushirish;

tajriba natijalariga asosan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini 2021-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida real vaqt rejimida ishlashini ta’minlash;

b) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020-yil 1-martga qadar davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hamda shaharsozlik hujjatlari va ma’lumotlarini jamoatchilikka onlayn rejimda taqdim etish imkonini beruvchi “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ni ishlab chiqish va test rejimida ishga tushirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

2. Quyidagilar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:

obyektlarning manzilli dasturi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan obyektlarning yillik manzilli ro‘yxati shakllantirilishini, ma’lumotlar bazasini yangi qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash obyektlari bo‘yicha turlarga bo‘lib yuritilishini ta’minlash;

obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishi, buyurtmachi bilan loyiha tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzilishi va avans mablag‘lari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishini ta’minlash;

loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, ko‘rsatilgan xizmatlarning moliyalashtirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilganligiga oid elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

obyektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi o‘rtasida shartnoma imzolanganligi va avans mablag‘lari to‘langanligi, oyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirish;

obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqida ma’lumotlarni yig‘ish, bajarilgan ish hajmlari asosida to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish;

obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat va monitoring qilishda ularni ro‘yxatga olish, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini shakllantirish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)dan foydalanish reglamenti loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;

2020-yil 1-yanvarga qadar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha konsepsiya va texnik topshiriq ishlab chiqsin;

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ning belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini ta’minlasin;

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal) bilan integratsiyalash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin.

4. Qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini tashkil etish va nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan samarali “ijro etilishi yuzasidan nazorat” (compliance control) tizimi joriy etilishini ta’minlash;

qurilish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalari loyihalarida korrupsiyaga oid holatlarni keltirib chiqaruvchi normalarni aniqlash bo‘yicha korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazilishini tashkil etish;

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tadbirlar rejalari tasdiqlanishini ta’minlash, mazkur tizimlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini nazorat qilish;

qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etish orqali korrupsiya, byurokratik to‘siqlar va tizimli muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

qurilish sohasining shaffofligini ta’minlash maqsadida qurilish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning belgilangan muddatlarda ijro etilishini monitoring qilish;

qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etishda mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;

joriy etilayotgan axborot tizimlarining joylarda samarali ishlashini va qo‘llanilishining yagona amaliyotini ta’minlash;

qurilish sohasiga axborot texnologiyalarining joriy etilishi, shu jumladan ularning korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlarning keng ommaga yetkazilishini tashkil etish.

Komissiya faoliyat natijalari, shu jumladan axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakunlariga ko‘ra axborot kiritsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining davlat muassasasi shaklidagi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, qurilish sohasida axborot xavfsizligini ta’minlash;

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini yuritish va qo‘llab-quvvatlash;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va zarur dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;

markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalaridan, shu jumladan, investitsiya loyihalari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarda qurilish jarayonini monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini yangilab borish choralarini ko‘rish, ularning boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi axborot xavfsizligiga tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash va unga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishining nazoratini va monitoringini amalga oshirish, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik infratuzilmani joriy etish va rivojlantirish;

axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qurilish sohasida ishtirok etuvchi idoralar xodimlarining bilim va ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

turli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi yagona serverini tashkil qilish, yuritish va rivojlantirish.




Download 309,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish