Hindlarda har bir rang muayyan ma`noni: qora rang - baxtsizlikni, o`limni, binafsharang - xavf-xatafni yoki dushmanlikni, qizil rang - urushni, oq rang - tinchlikni, sariq rang - oltinni, yashil rang - don-dunni bildirgan. Hindlar turli ranglarni va tugunlarni turlicha qo`shib ishlatib har xil xabarlarni bildirish imkoniyatiga ega bo`lganlar. Ba`zi olimlar, kipuga qonunlar majmui, xronikalar, xatto she`rlar yozilgan bo`lishi mumkin, degan fikrni aytmokdalar. Boshqa olimlar esa murakkab Yozuvlarni tugunlar va rangba-rang tizimcha yordamida amalga oshirish mumkin emas demoqdalar. - Hindlarda har bir rang muayyan ma`noni: qora rang - baxtsizlikni, o`limni, binafsharang - xavf-xatafni yoki dushmanlikni, qizil rang - urushni, oq rang - tinchlikni, sariq rang - oltinni, yashil rang - don-dunni bildirgan. Hindlar turli ranglarni va tugunlarni turlicha qo`shib ishlatib har xil xabarlarni bildirish imkoniyatiga ega bo`lganlar. Ba`zi olimlar, kipuga qonunlar majmui, xronikalar, xatto she`rlar yozilgan bo`lishi mumkin, degan fikrni aytmokdalar. Boshqa olimlar esa murakkab Yozuvlarni tugunlar va rangba-rang tizimcha yordamida amalga oshirish mumkin emas demoqdalar.
- Hozirgi vaqtda ham ishlatish qulay bo`lgan joylarda signalizatsiya uchun buyumli Yozuv printsipidan foydalanilmoqda; masalan, suv yo`llarida xatarli joylarni ko`rsatib turadigan suzg`ich - bakenlar, mayoqlar va signal bayroqchalari - dengizda, svetofor va semaforlar - quruqlikdagi yo`llarda, signal lampochkalari - xar xil priborlarda qo`llaniladi. Bularing hammasi «axborot hassalari» va perulik cho`ponlarning tizimchalariga «qarindosh»dir.
- Buyumli Yozuv o`zining asosiy vazifasini bajara olmadi: insoniyatniig to`plangan bilimlarni saqlab, yodlab qoladigan o`ziga xos xotirasiga aylana olmadi. Ijtimoiy turmush murakkablashgan sari bunga ehtiyoj tobora ortib borardi. Urf-odatlar, an`analar shakllandi, ularni yangi avlodga etkazish lozim edi. Mehnat taqsimoti va mol ayirboshlash aniq hisob yuritishni talab qilardi. Qabila boshliqlari va kohinlar ajralib chiqdilar, ularning faoliyatini abadiylashtirish zarur edi.
- Ideografik Yozuv axborot mazmunini bayoi qilishi bilan birga, tilning lug`aviy tarkibini ham belgilab bergan. Belgi rasmlarning izchilligi endi manzaraning injiqligiga bog`liq bo`lgan, u tilning o`ziga xos sintaktik tuzilishini aks ettirgan.
- Ma`nosi aniq va tasvirlanishi oson bo`lgan so`zlar uchun belgi-ideogrammalar yaratilishi grafik shakllarni soddalashtirish yo`lidan borgan. Masalan: Mavhum va murakkab tushunchalarni bayon qilish ancha qiyin bo`lgan. Biroq bu qiyinchilik xam bartaraf etilgan. Mirzalarning barcha qiyinchiliklarni chetlab o`tishdagi ijodkorligi kishini hayratda qoldiradi. Masalan, kadimgi misr Yozuvlarida tasviriy-ramziy printsip mohirona qo`llanilgan. Jangchi so`zi ikki qo`l shaklida tasvirlangan: bir ko`lga qalqon va ikkinchi qo`lga nayza ushlatilgan. Bu ideogramma jang, jang qilish tushunchalarini ham anglatgan. YUrmoq fe`li qadam tashlayotgan ikki oyoq, ko`rmoq fe`li - ikki ko`z shaklida tasvirlangan. Xasislik, ochko`zlik so`zlari - timsoh tasviri orqali, salkin, sovuk so`zlari esa suv oqib chiqayotgan idish tasviri bilan ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |