Kurs ishining ob’ekti: Barcha turdagi tasvirlar.
Kurs ishining predmeti: Turli ma‟lumotlarni tasvirga o‟girish jarayonlari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Yangi dasturiy ta‟minot ishlab chiqish, tasvirlar ustida amaliy ishlar olib borish.
Kurs ishning hajmi va tuzilishi. Ushbu kurs ishi 72 betdan iborat bo‟lib, kirish qismi, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati va ilovalardan tashkil topgan bo‟lib, bitiruv malakaviy ish 7 ta jadval va 36 ta grafik tasvirlardan tashkil topgan.
ASOSIY QISM
I –BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI HAQIDA BOSHLANG’ICH MA’LUMOT
1.1. Kompyuter grafikasi va tasvirlarga qayta ishlov berish elementlari
Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etish inson faoliyatining tasvirlarga aloqador bo„lgan barcha sohalarida qo„llaniladi. Ko„pchilik mutaxasis va olimlarning fikriga ko„ra tasvirlarga ishlov berish usullari rivojlanishi fan va texnikaning yorqin kelajakka ega bo„lgan yangi sohasi tug„ilishiga olib keldi.
Keyingi o„n yil ichida tasvirlarga ishlov berishning qo„llanilish sohasi sezilarli darajada taraqqiy etdi [12-16]. Tasvirlarga ishlov berishda avvalo tasvirning rang xususiyatlarini o„rganib chiqish zarur bo„ladi.
Rangni xis qilish tuyg„usining tabiati ranglarga sezgir retseptorlarning umumiy ta‟sirlanishiga va uch turdagi retseptorlarning har birining ta‟sirlanishlarining o„zaro nisbatlariga ham bog„liq bo„ladi. Umumiy ta‟sirlanish ravshanlikni, uning ulushlarining nisbati esa ranglilikni aniqlab beradi.
Nurlanish barcha retseptorlarga bir xilda ta‟sir qilganida (ta‟sir qilish kuchi birligi – “oq rangda qatnashish ulushi”) uning rangi oq, kulrang yoki qora sifatida qabul qilinadi. Oq, kulrang va qora ranglari axromatik ranglar deb ataladi. Bu ranglar bir-birlaridan sifat jihatidan farq qilmaydilar. Oxromatik ranglarni ko„z orqali ko„rish paytida ular tug„diradigan ko„rish tuyg„ularidagi farqlar faqatgina retseptorlarga ko„rsatilgan ta‟sir darajasigagina bog„liq bo„ladi. SHuning uchun ham axromatik ranglar faqatgina bitta psixologik kattalik – ravshanlik bilangina berilishi mumkin[5-7].
Agar turli tipdagi retseptorlar bir xil ta‟sirlanmagan bo„lsa, u holda xromatik rang tuyg„usi hosil bo„ladi. Uni ifodalash uchun endi ikki kattalik – ravshanlik va ranglilik kattaliklari kerak bo„ladi. Ranglilik sifatida aniqlanuvchi ko„rish tuyg„usining sifatiy xususiyati ikki o„lchamlikdir: u to„yinganlik va rang tusining yig„indisi orqali aniqlanadi.
Barcha retseptorlar deyarli bir xilda ta‟sirlanilgan hollarda rang axromatiklikka yaqin bo„ladi: rangning sifatini deyarli ifodalab bo„lmaydi. Bularga jumladan ko„kka moyil oq, ko„kish kulrang kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Ikki turdagi retseptorlardan birining ta‟sirlanishi qanchalik yuqori bo„lsa, rangning sifati, uning xromatikligi shu qadar ko„proq ifodalanadi. Masalan, faqatgina qizil rangga sezuvchan bo„lgan retseptorlar qo„zg„atilganda biz sof qizil rangni ko„ramiz.
Xromatik rangning axromatiklikdan uzoqlik darajasi rangning to„yinganligi deb ataladi.
Ravshanlik va to„yinganlik – rangni to„la aniqlab berishga etarli bo„lmagan xususiyatlardir. “To„yingan (to„q) qizil” yoki “Kamroq to„yingan (och) yashil” deyilganda rangning tusi yodga olinadi. Bu rangning kundalik hayotda predmetlarning rangi to„g„risida gapirilganda nazarda tutiladigan xususiyatidir. Ushbu tushunchaning o„z-o„zidan tushunarliligiga qaramasdan “rang tus” terminining umumiy qabul qilingan ta‟rifi mavjud emas. Ulardan biri quyidagi shaklda beriladi: rang tusi – bu rangning ma‟lum bo„lgan va “ko„k, yashil, sariq” kabi so„zlar bilan ifodalanuvchi ranglarga yaqinligini belgilab beruvchi xususiyatidir.
1.1 – rasm. “qizil, yashil, ko„k” ranglar ifodasi.
Rang tusi eng ko„p ta‟sirlanuvchi retseptorlar bilan belgilanadi. Agar rang tuyg„usini hosil bo„lishida ikki turdagi retseptorlarning xissasi bir xilda bo„lib, uchinchisiniki ozroq bo„lsa, u holda oraliq tusdagi rang hosil bo„ladi. Masalan,
yashil va ko„k rangga sezgir bo„lgan qatlamlarning bir xilda ta‟sirlanishi natijasida havorang to„g„risidagi tuyg„u hosil bo„ladi [16-36].
Eng kam darajada qo„zg„alish olgan retseptorlarning ta‟sirlanishi to„yinganlikni belgilab beradi.
Qizil va yashil ranglarga sezgir bo„lgan kolbochkalarning teng ta‟sirlanishlari natijasida sariq rang tuyg„usi hosil bo„ladi. Agar qizil rangga sezgir bo„lgan kolbochkalarning qo„zg„alishlarini orttirilsa, rang tusi to„q sariq rang tomon siljiydi. Agar ko„k rangga sezgir bo„lgan kolbochkalar ham qo„zg„atilsa, u holda rangning to„yinganligi pasayadi.
Berilgan rangning tusi, to„yinganligi va ravshanligi faqatgina nurlanishning spektral tarkibigagina bog„liq bo„lmasdan, balki kuzatish sharoitlari, kuzatuvchining holati, fon rangi kabilarga ham bog„liq bo„ladi. SHuning uchun ham bu erda ko„rib o„tilgan xususiyatlarni sub‟ektiv xususiyatlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |