O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
«AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA» yo`nalishi
19.06-guruh talabasi Sobirov Abdumajidning
O`quv-malakaviy amalyotdan bajargan ishlar majmui
Rahbar: Sh.Ro`zaliyev
Farg‘ona– 2021 y.
KIRISH
Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun balki, hayotga tadbiq qilinadigan dasturiy tizimlar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish, elektron tijorat uchun ham foydalaniladi. So’nggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotga bolgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi. C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. Bugungi kunda C# dasturlash tili IT sohasidagi eng kuchli, tez rivojlanayotgan va ommabop tillardan biridir. Ayni paytda undan turli xil dasturlar yozilgan: kichik stol dasturlaridan tortib, har kuni millionlab foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadigan yirik veb portallar va veb-servislar. Boshqa tillar bilan solishtirganda, C # juda yosh, ammo shu bilan birga u allaqachon katta yo'lni bosib o'tgan. Tilning birinchi versiyasi Microsoft Visual Studio .NET tomonidan 2002 yil fevralda chiqarildi. Tilning hozirgi versiyasi C # 8.0 bo'lib, u 2019 yil sentyabr oyida .NET Core 3 versiyasi bilan chiqdi. C# dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi.
Demak, yoshlami zamonaviy kompyuterlar bilan ishlash, xalq xo‘jaligining turli masalalarini yechishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot bilan muloqot qilishga o‘rgatishdan tashqari, yangi masalalar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish yo’l-yo’riqlari bilan ham tanishtirish lozim bo’ladi. Ana shunday dasturiy ta’minot ishlab chiqishning zamonaviy vositalaridan biri C# dasturlash tili hisoblanadi. Ana shunday dasturiy ta’minot ishlab chiqishning zamonaviy vositalaridan biri C# dasturlash tili hisoblanadi.
Axborot - komunikatsiya texnalogiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozoigi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Mazkur resurslardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligi va demakratik axborotlashgan jamiyat muvaffaqiyatli shakillantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksalib, axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo’yicha ilg’or axborot – kommunikatsiyalar texnalogiyalarini qo’llash keng ko’lamda amalga oshirilmoqda.
Axborot -kommunikatsiya texnalogiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqabatdoshlik darajasiga ta’sir ko’rsatishi, katta hajmda axborot to’plash va uni umumlashtirish imkonini berish, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishni, unutmasligimiz zarur.
Kompyuterlashtirish texnik muammolarni o’z ichiga olsa, axborotlashtirish kompleks jarayon bo’lib, u jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi. Kompyuterlar uning texnik asosinigina tashkil etadi xolos. Agar biz kompyuterdan unumli foydalana olsak, o’ylaymanki yashash jarayonimizni yanada yengillashtira olamiz.
Amaliyotning vazifasi va maqsadi: Makaviy amaliyotlarning turlarini belgilash va tashkil qilishda talabalar tomonidan ta’lim standartlarida belgilangan kasbiy-amaliy ko’nikmalarga bosqichma - bosqich erishish ko’zda tutiladi. Amaliyotning asosiy vazifalari quydagilardan iborat.
1) talabalar tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish;
2) talabarda kasbiy-amaliy malaka va ko’nikmakrni tarkib topdirish, kasbiy muammolarni aniqlash, taxlil qilish va hal qilish usullari,uslublari va texnalogiyalari bian tanishish va egallash;
3) fan va texnika yutuqlari joriy etilish darajasi bilan tanishish va o’rganish;
Malakviy amaliyot davomida talabalar auditoriyadan tashqari, mustaqil ravishda o’z bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtiradilar . Undan tashqari amaliy topshiriqlarni echishda ular zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ham aytib o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |