KIRISH
Kelajagimiz kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda o‘zini ko‘p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi «portlash effekti» ga, ya’ni, yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim.
Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‘z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu-intilishlarimiz bugunning o‘zida o‘z hosilini berayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Muxtasar qilib aytganda, oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi. Real obektlarni yaratish , ikki va uch o’lchovli grafika asosida ilovalar yaratish keng tarqalgan amaliy dasturiy interfeyslaridan biri hisoblangan OpenGL muhiti qarab chiqilgan . OpenGLda axborotlar birligi uchlar hisoblanadi va ular yordamida marakkab obektlar quriladi. Dasturchi ularni yaratadi va ularni qanday birlashtirish (chiziqlar yoki ko’pburchaklar orqali ) kerakliligi ko’rsatadi.
Mustaqillikdan so'ng respublikamizda axborot texnologiyalariga katta e'tibor berildi. Jahonning ko’plab mamalakatlari zamonaviy kompyuterlarga va ularni yoshlarga bevosita o’rgatishga kirishdi. Yangi axborot texnologiyalari rivojlanishiga ko’plab mamlakatlar katta e’tibor berdi va har xil festival, musobaqa, tanlovlar qilindi. Bunga misol, 2000 yil mart oyida vatanimizda birinchi marta Internet festivali bo’lib o’tdi. Festival 15 turdagi yo’nalishlardan iborat bo’ldi. Shular qatori, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar haqida yo’nalishlar mavjud. Bu diyorimizda axborot texnologiyalariga talab va e’tibor kuchli ekanligini ko’rsatadi. O’zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanishtirish ishlari olib borilmoqda. Eng katta yutuq bu O’zbekistonda milliy kompyuter tarmoqlarining shakllanishidir va u orqali axborot almashinish mumkin. Mamlakatimizda O’rta Osiyoda birinchilardan bo’lib, elektron hisoblash mashinasi ishga tushirilgan. Mustaqil O’zbekistonimizda kompyuterlashtirishni rivojlantirish, zamonaviy kompyuterlarni qo’llash va ularni samarali, sifatli ishlatish, kompyuter bozorini kengaytirish, shu va boshqa yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar o’tkazildi va yanada yangi yo’nalishlari rejalashtirilmoqda.
”Informatika” fanlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Uni yanada rivojlantirish, kompyuter dasturlari bilan tanishish, o’sib kelayotgan yosh avlodni elektron-hisoblash mashinalari bilan tanishtirish, ularni o’rgatishni yangi bosqichlarini ishlab chiqish mamlakatimizning dolzarb va asosiy mavzusiga aylangan. Maktab, kollej, litsey, institut, universitetlarni talabga javob beradigan kompyuterlar bilan ta’minlash, ularga eng zamonaviy kompyuterlarni va ular bilan ishlashni o’rgatish, O’zbekistonni har jabhada jahonga ko’rsatish asosiy vazifadir. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish davrida o’zining texnologik imkoniyatlarini rivojlantirish faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash orqali amalga oshirilishini talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |