O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO‘LIMI
«T a s d i q l a y m a n»
Magistratura bo‘limi boshlig‘i
_______ A.B.Narbayev
2021- yil ___ __________
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI
70540201 – Amaliy matematika (AT) mutaxassisligi magistranti
HASANOV SADRIDDIN CHORIYEVICHning
ILMIY-PEDAGOGIK ISH
K U N D A L I G I
(I, II, III semestr)
TERMIZ – 2021
Magistrantning ilmiy-pedagogik ishi to‘g‘risida va kundalikni yuritish
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan bog‘lash va mustahkamlashga katta e’tibor bеrish zarurligi ta’kidlangan. Chunki amaliyot magistrantlar bilim saviyasini, ma’naviy barkamolligi va har tomonlama yеtuk mutaxassis bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Bu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy-pedagogik ish (amaliyot) katta rol o‘ynaydi.
Pedagogik ish jarayonida magistrant kasb-hunar kolleji, akademik litsey va Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, murabbiylar bilan bevosita ilmiy-pedagogik hamkorlik qilish, ularning pedagogik faoliyati va tajribalarini bevosita o‘rganish, umumlashtirish, tahlil qilish, ular rahbarligida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borish, shuningdek, dekanat va kafedra ishlarini tashkil etilishiga oid me’yoriy hujjatlar bilan tanishadi.
Ilmiy-pedagogik ish:
maxsus fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning har xil turlari: ma’ruzalar, seminar, amaliy va boshqa mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha stajirovka;
ma’ruza matnlari va mashg‘ulotlarni o‘tkazish rejalarini tuzish;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘rganish va ko‘llash;
talabalar biliminibaholashda reyting-nazorat tizimini qo‘llash;
talabalar mustaqil ishini tashkiliy va o‘quv-metodik ta’minlashni o‘rganish;
uslubiy ko‘rsatmalarni tuzish;
ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan rasmiy-meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
ilmiy, o‘quv-metodik va nazariy seminarlar uyushtirish;
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishni nazarda tutadi.
Magistrant pedagogik rahbari bilan birgalikda ikki yilga mo‘ljallangan ilmiy-pedagogik ishlari rejasini tuzadi. Mutaxassislik fanini o‘zlashtirishda profеssor-o‘qituvchilardan va ilmiy rahbar yoki yuklamasida ilmiy-pedagogik ishi bo‘lgan mutaxassislardan aniq topshiriqlar oladi. Bu topshiriqlarni bajarilishini magistrant ilmiy-pedagogik ishi kundaligida qayd qilib boradi va imzo qo‘yadi. Semestr oxirida kafedraga hisobot topshiradi. Har bir semestr yakuni bo‘yicha magistrantni ilmiy-pedagogik ishni o‘taganligi to‘g‘risida xulosalarni ilmiy rahbar yoki yuklamasida ilmiy-pedagogik ishi bo‘lgan mutaxassis qayd qiladi (baholaydi). Ilmiy-pedagogik ishi har semestr oxirida hisobot topshirgandan so‘ng yakuniy nazorat tarzida maksimal 100 ballik tizimda baholanadi.
Magistrantning ilmiy-pedagogik ishiga rahbar etib
_________________________________________________ tayinlandi.
(lavozimi ) ( F.I.SH )
Kafedra mudiri _____________________________ _________
( F.I.SH ) imzo
20____y. “____” __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |