1.2 Algoritmlarni tasvirlash usullari
Algoritmlarni tasvirlashning turli usullari mavjud. Quyida algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullarini ko’rib chiqamiz.
1. Algoritmning so’zlar yordamida ifodalanishi
Avval keltirilgan bir qator misollar inson og’zaki nutqida qo’llaniladigan so’zlar orqali ifodalangan edi (masalan, ko’chadan o’tish algoritmi, g’ishtlar sonini hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko’rsatma jumlalar orqali ko’rsatma shaklida beriladi. Qo’llanmada, asosan, shu usuldan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |