Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari.
O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Muxtasar aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Biz nimalarni maqsad qilmoqdamiz? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirmoqdamiz.O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi. Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-madaniy sohaga: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo‘naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga tayanish, o‘zaro yordam va aholini qo‘llab-quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o‘ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur yo‘nalishda alohida o‘rin tutadi. Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning14 “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. 2020 yil aholini ijtimoiy himoya qilish borasida tub burilish yili bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.Avvalo, aholining muayyan qatlami o‘rtasida kambag‘allik mavjudligini birinchi marta tan olib, uni qisqartirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni boshladik.Barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi - “temir daftar” tizimi joriy etildi. Qisqa muddatda bu tizim orqali 527 ming fuqaroning bandligi ta’minlandi.Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda ko‘pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yo‘lga qo‘ydi.
Shu jumladan, yakunlangan 2020-yilda markazlashgan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 3 trillion so‘m yoki 2016 yilga nisbatan 5 barobar ko‘p mablag‘ ajratildi. Natijada aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 73 foizga yetdi.Birgina joriy yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar qamrovi 2 barobarga oshirilib, 1 million 200 ming nafarga yetkazildi. Ushbu maqsadlarga byudjetdan 2016 yilga nisbatan 5 barobar ko‘p mablag‘ ajratildi. Kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bog‘chalar soni esa 3 barobarga ko‘payib, 14 mingdan oshdi. Bu yil oliy ta’limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o‘sdi, yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetdi.Ehtiyojmand oilalarning mingga yaqin qizlari ilk bor oliy o‘quv yurtlariga alohida davlat grantlari asosida qabul qilindi. Sud-huquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlarimiz ham izchil davom ettirildi. Natijada bu yil sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi. Jazo muddatini o‘tayotgan va tuzalish yo‘liga qat’iy kirgan 616 nafar fuqaro afv etildi. Sudlar mustaqilligi ta’minlanishi natijasida joriy yilning o‘zida 719 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. O‘zbekiston fuqarolari qayerda bo‘lmasin, ularning konstitutsiyaviy huquqlari ishonchli himoya qilinmoqda. “Mehr-3” operatsiyasi amalga oshirilib, Suriyadan yana 98 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar Vatanimizga olib kelingani buning yaqqol tasdig‘idir. Bularning barchasi o‘tgan 2020-yilda qilingan ishlardur. Prezidentimiz har yili dekabr oyida yil yakunlari hamda kelgusi yil rejalarini Oliy Majlisga Murojatnomasi15da alohida ta’kidlab o‘tadilar. Bundan ko‘zlangan maqsad aholini har tomonlama ijtimoiy himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor beradilar. Shu munosabati bilan hozirgi vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida kuzatilayotgan “pandemiyaning navbatdagi to‘lqini” va u bilan bog‘liq xavf-xatarlar hammamizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishga undamoqda. Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini sog‘liqda, deb bilgin”, degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar to‘g‘ri ekanini hayotning o‘zi bugun qayta-qayta isbotlamoqda. Shu bois mavjud imkoniyat va salohiyatimiz, pandemiya davrida orttirgan tajribamiz hamda xorijdagi ilg‘or yutuqlardan foydalanib, aholi salomatligini asrash va mustahkamlash borasidagi tub islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur. Bunda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish - eng ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim. “Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz” degan fikrni ham alohida ta’kidlab o‘tdilar. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |