Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari


AMALIYOTNING VAZIFASI VA MAQSADI



Download 139 Kb.
bet3/8
Sana12.07.2022
Hajmi139 Kb.
#778712
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
малакавий амалиёт дастури 1-курс

2.1 AMALIYOTNING VAZIFASI VA MAQSADI

Malakaviy amaliyotlarning turlarini belgilash va uni masofaviy tashkil qilishda talabalar tomonidan ta’lim standartlarida belgilangan kasbiy-amaliy ko’nikmalarga bosqichma-bosqich erishish ko’zda tutiladi. Amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  1. talabalar tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish;

  2. talabalarda kasbiy-amaliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirish, kasbiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va hal etish usullari, uslublari va texnologiyalari bilan tanishish va egallash;

  3. fan va texnika yutuqlarining joriy etilish darajasi bilan tanishish va o’rganish;

Malakaviy o’quv amaliyoti davomida talabalar auditoriyadan tashqari, mustaqil ravishda o’z bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtiradilar. Undan tashqari misol va masalalar echishda ular zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ham aytib o’tiladi.


2.2 MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH

* Talabalar amaliyoti oliy ta’lim muassasalarining davlat va akstiyadorlik korxonalari,muassasa, tashkilot, firma, qo’shma korxonalar va boshqalar bilan tuzgan shartnomalar asosida tashkil qilinadi.


* Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o’qiydigan talabalar amaliyot o’tish uchun tegishli amaliyot ob’ektlariga yuboriladilar.
* Amaliyotni tashkil qilish va o’tkazish uchun javobgarlik oliy o’quv yurtining rektori zimmasiga yuklanadi.
* Amaliyot ob’ektlaridan tanlanadi.
Mazkur tayanch joyda talabalar amaliyot o’tadigan korxona yo’q bo’lsa, amaliyot ob’ektlari sifatida oliy ta’lim muassasiga yaqin joylashgan korxonalardan foydalaniladi.
Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o’tish mumkin.
*Oliy o’quv yurtlari :
- har yili, 1 – dekabrdan kechikmagan holda navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob’ektlari bilan shartnomalar tuziladi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o’tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob’ektlari bilan kelishib oladi.
- amaliyot rahbari tajribali professor, dostent va o’qituvchilardan tayinladi.
- fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va shunga o’xshash masalalar bo’yicha amaliyot ob’ektlari ma’muriyati bilan birgalikda mutaxasislarning ma’ruzalarini tashkil etadi.
- talabalar va amaliyot ob’ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta’minlaydi.
- ob’ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o’tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etadi.
* Oliy o’quv yurti tayinlangan amaliyot rahbari:
- talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun ob’ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi.
- talabalarning amaliyotiga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o’tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida ko’rsatmalar berish va h.) ni o’tkazish ta’minlaydi.
- talabalarning kafedra topshiriqlarida ko’zda tutilgan ilmiy – tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi.
- amaliyot ob’ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qiladi.
- talabalarning ichi mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi.
- amaliyot yakunlari bo’yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi.
- talabalarning amaliyot bo’yicha hisobotini ko’rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o’tganligi, ularning amaliy tayyorgariligidagi kamchiliklar ko’rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdi etadi.
- barcha ishlarni amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o’tkazadi.
* Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug’i bilan mas’ul xodimlarning biriga yuklatiladi.
Tsex, bo’lim, laboratoriya kabilarda talabalar amaliyotining bevosita rahbarligi amaliyot ob’ekti boshlig’ining buyrug’i bilan ko’rsatilgan tarkibiy bo’liining yuqori malakali mutaxassisi zimmasiga yuklanadi.
* Shartnoma majburiyatlariga muvofiq amaliyot ob’ektlari :
- talabalar amaliyotini amaliyot dasturi va mazkur Nizomga muvofiq tashkil qiladi va o’tkazadi.
- dasturga muvofiq talabalar amaliyot o’tkazishning samaradaorligini ta’minlovchi ish joylari bilan ta’minlaydi.
- talabalar ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bo’sh ish joylari mavjudligida, amaliyotchilarni tegishli ish haqi bilan lavozimlarga qabul qiladi.
- amaliyotni o’tishda oliy ta’lim muassasasi bilan kelishilgan oy – kunlik ish jadvaliga amal qiladi.
- talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi.
- kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlari uchun mavzular tanlashda yordam ko’rsatadi.
- hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha majburiy ko’rsatmalar beradi, zarur bo’lgan hollarda talabalarni mehnatning xavfsiz usullariga o’rgatadi va bu haqda hujjatlar rasmiylashtiriladi.
- amaliyotchi talabalarning mazkur amaliyot ob’ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlaydi va nazorat qiladi.
- yaqin atrofda joylashgan boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarga birgalikda tashriflar o’tkazdi.
- talabalarning amaliyot o’tish vaqtida mazkur amaliyot ob’ektining tegishli ishchilari uchun joriy qilingan shaxsiy himoya vositalari va maxsus ovqat, poyafzal, himoya kiyimlari bilan ta’minlaydi.
- shartnoma asosida talabalar yashashi uchun qulay sharoitli yotoqxonalar bilan ta’minlaydi. Zarur bo’lganda ularni joylashtirish uchun turar joylarni ijaraga oladi.
- zarur bo’lgan hollarda, ichki mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug’i bilan jazo choralari ko’radi va bu haqda oliy ta’lim muassasasi rektoriga xabar qiladi.
- amaliyot o’tayotgan talabalar baxtsiz hodisasiga uchragan hold to’la javbgarlini oladi.
* Talaba amaliyot o’tishda :
- amaliyot dasturida ko’zda tutilgan topshiriqlarni to’liq bajarishi.
- amaliyot ob’ektining ichki mehnat tartib qoidalariga bo’ysunishi.
- mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o’rganishi va qat’iy rioya qilinishi.
- bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarli olishi.
- kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarishi.
- amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo’yicha sinov topshirishi shart.
Amaliyotga nazariy o`quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga yo`llanma beriladi. Talabalar uchun universitet rektoratining buyrug’I asosida kafedraga tegishli auditoriyalarda amaliyotni o’tash tashkil etiladi.
Amaliyot boshlanishi oldidan talabalar bilan yig‘ilish o`tkazilib unda amaliyotning maqsadi, vazifalari, tartibi va muddati tushuntiriladi, ularga dastur, kundalik beriladi.
Amaliyotga rahbarlik qilish kafedra mas’ul o`qituvchilariga buyruq bilan yuklatiladi.
Kafedra tomonidan tayinlangan rahbar amaliyotni o`tash jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi (kundalikni olib borishni, grafikga binoan bajarilgan topshiriqning hajmi va sifatinit ekshirishni), uslubiy yordam ko`rsatadi va maslahatlar beradi.
Amaliyot tugashi bilan amaliyot rahbari hisobot bo`yicha yozma taqriz beradi.
Unda amaliyotchining ishchanligi bilan birga amalga oshirilgan hisoblar va
keltirilgan raqamlar, ma’lumotlarning ob’ektivligi va aniqligi tavsiflanadi.



Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish