‘’amaliy matematika’’ fakulteti “iqtisodiyot ‘’kafedrasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#559505
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“FALSAFA’’

Ong tarixi 
insonning inson bo‘lib shakllana boshlashi tarixi bilan bog‘liqdir. Uzoq vaqt 
davomida inson, uning ongi planetar, ya’ni Yer shari doirasidagi hodisa sifatida qarab kelindi. 
Hozirgi zamon fani masalaga kengroq doirada yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki fan 
dalillari inson paydo bo‘lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan cheklab qo‘yish to‘g‘ri 
emasligini, u koinot evolutsiyasining tabiiy hosilasi ekanligini tobora chuqurroq isbotlamoqda. 
Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, harakatshakllari o‘rtasidagi uzviy 
aloqadorlikni, uning yuqori shakllari quyi shakllariga bog‘liqligini, tayanishini, ulardan o‘sib 
chiqishini unutmasliklozim. Boshqacha aytganda, ular o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. 
Ong tarixi quyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomidasodir bo‘lgan o‘zgarishlardan 
ham ayricha olib qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jihatdan olganda, ongning 
shakllanishini kosmik hodisasifatida qarash ham mumkin. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ongga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Ong – bu yuksak 
darajada tashkil topgan materiya – inson miyasining xossasi. 
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog‘liq masalalar ham 
mavjud bo‘lib, bu masalalarda ham har xil yondashishlar kelib chiqqan. Bu aytib o‘tilgan 
masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis – bilish, logos – ta’limot) degan sohasi 
shug‘ullanadi. Dunyoni bilish mumkinligini tan oluvchi faylasuflar – 
gnostiklar 
deb ataladi. 
Bundan tashqari olamni bilish mumkin emas,bilimlarimiz to‘g‘ri va aniq haqiqat darajasiga 
ko‘tarila olmaydi deyuvchi faylasuflar mavjud bo‘lib, ularni esa – 
agnostiklar 
(yunoncha –bilib 
bo‘lmaydi degan ma’noni anglatadi) deb atashadi. 
Dastavval aniq fanlar mustaqil tarmoqlarga ajralib taraqqiy topmagan vaqtda falsafa barcha 
bilimlarni o‘z ichiga qamrab olib 
«fanlarning fani» vazifasini bajarib kelgan. Shu davrning buyuk mutafakkir olimlari Demokrit, 
Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn-Sino, Ulug‘bek va boshqalar, ayni vaqtda tabiat 
fanlarini ham asoschilari bo‘lganlar. Falsafani maxsus fanlar bilan birlashtirish qadimgi davrga 
xos xususiyat bo‘lgani uchun u tabiat falsafasi, ya’ni 
«naturfilosofiya» deb ham hisoblangan. 
Yuqorida aytilganlardan ma’lumki, falsafaning bahs mavzusi har doim o‘zgarib kelgan. 
Lekin shu narsa ko‘zga tashlanadiki, insonning mohiyati va borliqqa munosabatini o‘rganish 
falsafiy tafakkurning negizini tashkil etadi. Inson muammosi falsafaning asosiy masalasi sifatida 
uning bahs mavzusini ham belgilab beradi. Falsafaning bahsmavzusi esa quyidagi masalalarni 
o‘z ichiga oladi; 
ma’naviyat sohibi bo‘lgan inson borliq taraqqiyotining eng oliy, noyob, nodir va betakror 
natijasi ekanligini ko‘rsatish, insoniylik va insonparvarlik mezonlarini tadqiq etish va 
rivojlantirish; 
insonning jamiyatdagi o‘rni, borliqqa munosabati, insoniy munosabatlarning mohiyati va 
mezonlarini o‘rganish; 
amaliyot va fan yutuqlari natijalarini, tarixiy meros va taraqqiyotning yangi muammolarini yetuk 
axloqiy qadriyatlarga tayanib o‘rganish va umumlashtirish; 
falsafiy muammolar va metodologik xulosalarga tayanib, inson dunyoqarashini shakllantirish va shu 
asosda kishilarning amaliy faoliyatiga maqsad va yo‘nalish berish. 
Borliqni inson o‘rganib borar ekan, uning o‘zi bilmagan yangi va yangi qirralarini ochib boradi va 
kashf qiladi. Fandagi yangi tomonlar insonni yangi falsafiy g‘oyalarni nazariy jihatdan oldinga 
surishga olib boradi. Tabiatdagi, jamiyatdagi, inson va uning tafakkuridagi o‘rganilayotgan va 
kashf qilinayotgan yangi tomonlar falsafiy mushohadada yangi yo‘nalish va oqimlarni vujudga 
keltiradi. Shu tariqa inson, jamiyat, tabiat har doim harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishda o‘z 


yo‘lidan boraveradi. 
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsafani rivojlantirish uchun keng 
imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug‘ ajdodlarimiztamal toshini qo‘ygan o‘zbek milliy falsafasini 
rivojlantirishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mavjud. 
Falsafiy fikrlar, g‘oyalar fanning rivoji uchun oldida turgan masalalarni hal qilishda o‘ziga 
yarasha katta kuch hisoblanadi. Asrlar 
davomida shakllanib kelayotgan falsafiy bilimlar insoniyat madaniyati xazinasiga katta hissa 
bo‘lib qo‘shildi. Prezident I.Karimov asarlarida o‘zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari 
ochib berilayotganinialohida ta’kidlash lozim. Prezident falsafa oldidagi bugungi 
muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo‘llariga alohida e’tiborbermoqda. Milliy g‘oya, 
istiqlol mafkurasi haqida so‘z yuritib I.Karimovshunday deydi: «Milliy g‘oya va istiqlol 
mafkurasi yurtimizda yashayotgan barcha kishilarning ma’naviy boyligiga dunyoqarashining 
negiziga aylanishga erishish biz uchun eng asosiy maqsaddir». 
O‘zbek 
falsafasining 
rivojlanishida 
bugungi 
kunda 
quyidagi 
jihatlarga alohida e’tibor berish lozim: xalqimizning: 

o‘z milliy an’analariga sodiqligi; 

mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi; 

muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi; 

mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar. Yuqoridagilarni 
umumlashtirgan 
holda 
shuni 
aytishimiz 
lozim: 
falsafa – bu tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining eng umumiy qonunlarini 
o‘rganadigan fan. Mustaqillik qo‘lga kiritilgach yurtimizda falsafani yanada rivojlantirish 
zarurati paydo bo‘ldi. Mustaqillik falsafasi millatimiz vakili bo‘lgan, mustaqil fikrlay 
oladigan,barkamol insonni tarbiyalashga yo‘naltirilishi lozim. Shuning uchun falsafa fani 
ko‘pgina dolzarb muammolarni, xususan yurtimizda istiqlolni mustahkamlash, fuqarolik 
jamiyati barpo etish yo‘lidagima’naviyatning ajralmas qismi bo‘lib, uning tamoyillarini aks 
ettirmog‘i lozim. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish