‘’amaliy matematika’’ fakulteti “iqtisodiyot ‘’kafedrasi


In’ikos shakllari evolutsiyasi va ong



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#559505
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“FALSAFA’’

In’ikos shakllari evolutsiyasi va ong. 
Ong in’ikosning oliyshaklidir. Xo‘sh, in’ikos deganda 
nima tushuniladi. In’ikos muayyanta’sir natijasida paydo bo‘ladi. Buning uchun esa, hech 
bo‘lmaganda, ikkita obyekt bo‘lishi va ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir bo‘lishi lozim. In’ikos 
predmet, moddiy hodisalarning o‘zaro ta’siri natijasida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘zida aks 
ettirishdir. Eng umumiy ma’noda, har qanday predmetlarning u bilan ta’sirlashuvda bo‘lgan 
boshqa predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog‘liq xossasiga in’ikos 
deyiladi. 
Masalan: Qumda yurgan odamning oyoq izlari qoladi. Silliqqina suvyuzasida atrofdagi 
predmetlar – uy, odamlar, daraxtlar aks etadi. Bu hodisalarning hammasida bir predmetning 
ikkinchi predmetga ta’siri natijasida ikkinchi predmetda sodir bo‘lgan tashqi o‘zgarishlarni 
ko‘rish 
mumkin. Ammo in’ikos faqat ushbu o‘zgarishlarda ifodalanmay, balki u o‘zaro ta’sir qilayotgan 
narsalarning ichki jarayonlari bilan ham bog‘liq. Masalan: ikki predmetning o‘zaro ta’siri 
natijasida ularda ichki, tarkibiy o‘zgarishlar ham bo‘ladi. 
In’ikos bo‘lishi uchun predmetlararo o‘zaro ta’sir va o‘zgarish bo‘lishi shart. In’ikos tashqi 
ta’sirga mos, adekvat o‘zgarishlar majmuasidir. Shunday ekan har qanday o‘zgarish emas, faqat 
tashqita’sirga mos o‘zgarishlar in’ikosga kiradi. 
In’ikosning ichki asosi obyektlarning sabab-oqibat munosabatlaridir.Sababiy bog‘lanishlar 
obyektivdir. O‘zaro ta’sir natijasida bir hodisadan ikkinchisiga modda yoki energiya, ular asosida 
tarkib ham o‘tadi. Bir hodisaning tarkibiy o‘zgarishlarini o‘zaro ta’sir natijasida ikkinchisiga 
o‘tishi in’ikosning mohiyatini tashkil qiladi. Taraqqiyot natijasida in’ikosham rivojlanib kelyapti 
va u o‘ziga xos shakllarda takomillashib boryapti. 
In’ikosning shakllari: 



notirik tabiatda in’ikos; 

tirik tabiatda in’ikos; 

psixik in’ikos; 

ong. 
In’ikosning quyi shakli – notirik tabiatdagi in’ikos hisoblanadi,oliy shakli esa – ongdir. 
Notirik tabiatdagi in’ikos – ong vujudga kelishining asosidir. Noorganik tabiatdagi in’ikos 
fizikaviy – ximiyaviy o‘zgarishlarning majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi. In’ikosning asosiy 
xususiyati – uning faolligidir. In’ikosning faolligi notirik tabiatda ham uchraydi. Inson ongida 
in’ikos faolligi o‘zining oliy shakliga erishadi. 
Tirik tabiatda biologik in’ikosning shakli bu seskanish (sezgi)dir. Sezgi o‘simliklarda ham 
mavjuddir, u o‘simliklar faolligini ta’minlaydi. Masalan, kungaboqarning nurga nisbatan 
tovlanishi yoki chivintutarning gulga qo‘ngan hasharotlarni ushlashi. O‘simliklar har qanday 
omillar ta’siriga javob bermaydi, balki biologik ahamiyatga ega bo‘lganlarigagina javob beradi. 
Shu bilan birga o‘simliklar bu omillarni izlamaydi, agar ular bevosita organizmga ta’sir qilmasa. 
Masalan: O‘simlik o‘ziga bevosita qaratilmagan nurga e’tibor bermaydi. O‘simliklarni faolligi 
qanchalik sodda bo‘lmasin, ular uchun yetarlidir. 
Hayvonot dunyosi vujudga kelgandan keyin xatti-harakat ham shakllangan. Hayvonlar xatti- 
harakati tufayli o‘ziga zarur bo‘lgan 
narsalarni topib olishgan. Buning natijasida in’ikos shakli ham o‘zgargan. Masalan: bir hujayrali 
organizmlarni trubkadagi suvga solib uni bir tomonini qizdirsak, issiqqa ta’sirlanuvchi bir 
hujayrali organizmlar trubkaning qizdirilgan tomoniga o‘tadi, ya’ni ta’sir qilayotgan narsaga 
nisbatan aks ta’sir paydo bo‘lyapti. 
Tirik organizmlar rivojining yuqoriroq bosqichida endi ta’sir qilayotgan narsaga yaqinlashish 
yoki uzoqlashish bilan cheklanib qolinmaydi. Tashqi ta’sirni qabul qilgan hayvon turi murakkab 
harakatlarni bajara boshlaydi. Bu xatti-harakatlarda maqsadga muvofiqlik paydo bo‘ladi. Ularni 
biz instinktiv xatti-harakatlar deymiz. Instinkt bir turni hammasiga taalluqli bo‘lgan avloddan- 
avlodga beriladigan murakkab xatti-harakatlardir. U oddiy psixik in’ikos, sezgini vujudga kelishi 
bilan bog‘liq. Tirik mavjudotlar sezgilar yordamida predmetlarning alohida xususiyatlarini aks 
ettira borgan. Masalan: Pashsha suvni yaltillashini, qurbaqa hasharotlarni harakatlanishini 
sezadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, instinkt ma’lum bir tor sharoitlardamaqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Sharoit o‘zgarishi bilan hayvon faoliyatidagi maqsadga muvofiqlik yo‘qoladi. Agar suv 
sathini oyna bilan almashtirsak ham pashsha urug‘ qo‘yaveradi. Agar asalari qurgan inini tagini 
teshib qo‘ysak ham ular asal bilan to‘ldiraveradi. 
Keyinchalik hayvonlarda hissiy qabul qilish paydo bo‘lgan. Hissiy qabul qilish tufayli hayvonlar 
narsa va hodisalarni to‘laligicha, jamlikda, uning shakli va kattaligini ham aks ettiradi. 
Taraqqiyotni yanada yuqoriroq bosqichida hayvonlar tashqi olamdagi predmetlararo murakkab 
munosabatlarni ham aks ettira boshlagan. Bu hayvonlardagi tafakkurning elementi hisoblanadi. 
Ushbu hodisani olimlar maymunlar ustida o‘tkazishgan tajribasida kuzatishgan. Oldin qafas 
ichida maymunni qo‘li yetmaydigan qilib primanka qo‘yishgan. Maymun primankani qo‘li bilan 
olishga harakat qiladi. Qo‘liyetmagach, tayoq yordamida primankani oladi. Tajribani davom 
etkazishib, primankani tayoq bilan ham yetmaydigan joyga qo‘yishadi. Shunda maymun yana 
boshqa tayoq topib, ularni bir-biriga ulab primankani olishga harakat qiladi. Ushbu murakkab 
harakat murakkab holatning in’ikosidir. Maymun primanka, bambuk tayoqchalar, o‘zinikatagi va 
xatti-harakati o‘rtasidagi munosabatni tushunmaganda, yuqoridagi murakkab harakatni amalga 
oshirmagan bo‘lar edi. 
Shu ma’noda in’ikos hamma joyda mavjud. Ayni paytda har bir holatda u o‘ziga xos 
xususiyatga egadir. Chunonchi, notirik tabiatdagi 
in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq qiladi. Notirik tabiatda in’ikos 
oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab xarakter kasb etadi. Shu bilan birga, notirik 
tabiatda in’ikos sustligi, tirik tabiatda esa, faolligi bilan ajralib turadi. Tirik tabiatdain’ikos tashqi 
ta’sir natijalaridan faol foydalanishni keltirib chiqaruvchi axborotli in’ikos shaklini oladi. 


Ayni paytda axborotli in’ikosning o‘zi tirik tabiatning har bir darajasida yanada murakkablashib, 
o‘ziga xoslik kasb etadi. Mana shunday murakkablashuv jarayoni psixik in’ikosning 
shakllanishiga zamin yaratdi. 
Aynan psixik in’ikos darajasida voqelikka faol munosabat ham shakllanadi, in’ikosning ilgarilab 
borishidan esa, o‘z navbatida, uning o‘ziga xos, yuqori shakli bo‘lgan ongning paydo bo‘lishiga 
imkoniyat yaratdi. 
Ong vujudga kelishi uchun faqat biologik qonunlarning o‘zi yetarli emas. Yangi predmetli- 
amaliy faoliyat – mehnat zarurdir. Mehnat qilish jarayonida inson ongi shakllana boshlagan. 
Mehnat inson va tabiat o‘rtasida amalga oshadigan jarayondir. Bu jarayonda inson modda 
almashinuvini boshqaradi va nazorat qiladi. Moddiy faoliyat asosida inson ongi o‘sadi. Mehnat 
jarayonida rivojlangan qo‘l butun organizmni, shu jumladan miyaning ham takomillashuviga 
ta’sir ko‘rsatgan. Mehnat faoliyati ta’sirida miyaning rivojlanib borishi munosabati bilan 
insonningsezgi a’zolari ham takomillashib borgan. Masalan: badan bilan sezish tobora aniqroq va 
nozikroq bo‘lib borgan, quloq inson nutqining eng nozik tafovutlari va o‘xshashliklarini 
eshitishga qodir bo‘lgan. Ko‘z o‘tkirroq ko‘radigan bo‘ldi. 
Ongning tarkibi qanday? Inson ongi nafaqat tabiat mahsuli, balki jamiyat mahsuli hamdir. 
Shuning uchun ong murakkab tarkibga, tuzilishga ega. 
Har xil bilimlar, ehtiyojlar, his-tuyg‘ular ong tarkibiga kiradi. Ongning asosini bilimlar tashkil 
qiladi. Ongning tarkibi bir butun tizimnitashkil qiladi, ya’ni alohida elementlardan tashkil topgan 
tizimdir. Uning elementlari o‘zaro qonuniy munosabatlarda bo‘lishadi. 
Sezgi, hissiy qabul qilish (idrok), tasavvur, tushuncha, tafakkur ongning yadrosini tashkil qiladi. 
Ongning asosiy funksiyasi inson xatti-harakatlarini xayolan boshqarish, tartiblashtirish, ularni 
ketma-ketligini nazorat qilish va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan xatti-harakatlarni 
loyihalashtirishdir. 
Ongning shakllari: fikr, shubha, e’tiqod, ishonch, bilim. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish