O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“BIZNES REJALSHTIRISH” FANIDAN
NAZORAT ISH
Topshirdi: 921-20 guruhi talabasi Mamatkarimov H
Qabul qildi: Bobonazarova J
Jizzax 2022
Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari
va rivojlanish shart-sharoitlari
Ilmiy-nazariy iqtisodiy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyatiga doir olimlarning fikrlari, mulohazalari mavjud bo’lib, ularda ko’pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida ta‘riflarinishicha “Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas‘uliyat ostida mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir.”1
Tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish bilan bog’liq faoliyatdir. Biznes (inglizcha “ish va odam”) esa unga nisbatan keng tushuncha bo’lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat‘i nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy foliyatdir, deyish mumkin. Tadbirkorlikka shart-sharoitlar zarur, shunda u rivojlanadi, uning asosida tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
Birinchidan, tadbirkor xo’jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o’zgartirishga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo’yicha ma‘lum huquq va erkinliklar mavjud bo’lishi kerak.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega bo’lishi kerak.
Uchinchidan, xo’jalik yuritish yo’lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyatini real ta‘minlaydigan ma‘lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratish zarur.
To’rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o’zlashtirish turli-tuman shakllari va o’zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlikning o’zi ob‘ektiv hodisa bo’lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma‘lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo’lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo’yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo’lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Aytish mumkinki, ko’rsatib o’tilgan shart-sharoitlar mavjud bo’lsa tadbirkorlik shakllanadi va rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |