O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“ Amaliy matematika ” fakulteti, “ Biotexnalogiya ” kafedrasi, “Biotexnologiya”(tarmoqlar bo`yicha) yo‘nalishi 150-20- guruh 2-bosqich talabasi
To’xtasinov Abdulaziz Abdunosir o`g`lining
“GENETIKA VA GENOMIKA “ fanidan
KURS ISHI.
MAVZU:Etmak ( ACANTHOPHYLLUM GYPSOPHILOIDES) Oʻsimligining foydali xususiyatlari va genetik tahlili.
Bajardi: Toʻxtasinov Abdulaziz Abdunosir o`g`li.
Qabul qildi:Mamatqulova I.
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………
1. Mavzuning dolzarbligi………………………………………………….
2.Maqsad va vazifalar……………………………………………………..
3.Adabiyotlar sharhi………………………………………………………
I. BOB (Acanthophyllum gypsophiloides) o’simligini biologik tavsifi.
I.1. Acanthophyllum gypsophiloides o’simligining botanik tasnifi va geografik tarqalishi .
I.2. Acanthophyllum gypsophiloides o’simligining biotexnalogiyqasi……………………………………………..........
II.BOB.Etmak (Acanthophyllum gypsophiloides) o’simligining biotexnalogiyasi.
II.2.1. Acanthophyllum gypsophiloides o’simligi agrotexnalogiyasi……………..
II.2.2. Acanthophyllum gypsophiloides o’simligini urug’idan yetishtirish texnalogiyasi………………………………………………
II.2.3 Saponinlar miqdorini va uni aniqlash usullari…………………………….
III.BOB . Acanthophyllum gypsophiloides o’simligining genetik tahlili.
III.3.1. Acanthophyllum gypsophiloides o’simligining genetik tahlili bo‘yicha qilingan ishlar…………………………………………………
III.3.2. Acanthophyllum gypsophiloides o’simligining genetik tahlili…………..
XULOSA…………………………………………………………………..
Kirish
` Ma’lumki dunyo miqyosida farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% i dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlanmoqda. Mutloq ko‘pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida farmasevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalarning dorivor o‘simliklar xomashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmasevtika sanoati korxonalarning dorivor o‘simliklar xomashyosiga bo‘lgan talabini, asosan,dorivor o‘simliklar o‘stirish orqaligina qondirish mumkin. Dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasi qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, farmasevtika sanoati hamda dorixonalarni sifatli shifobaxsh o‘simliklar xomashyosi bilan ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan fandir.Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi, agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda yetkizish lozimligi, har yilgi ob-havo sharoitining bir-biriga deyarlik o‘xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim sharoitini bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa ko‘pdan-ko‘p omillar dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqaradi.Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmasevtika sanoati va dorixonalarni o‘simliklar xomashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarida eng ko‘pi bilan 42 tagacha dorivor o‘simliklar turlari o‘stiriladi. Dorivor oʻsimliklarning taʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaxaridlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar boʻlishi mumkin.
Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanish vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda - kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin - erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi yigʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida, yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |