1. AMALIY MASHG'ULOT
Mavzu: Davlat standartlari. Formatlar. Masshtablar. Shriftlar. To’g`ri chiziq. To‘g‘ri chiziqning izlari. Tekislik. Tekisliklarning bosh chiziqlari. Tekisliklar izlari. To‘g‘ri chiziqning tekislikka va tekislarning o’zaro perpendikulyarligi.
Amaliy mashg'ulotni bajarishdan ko'zlangan maqsad.
Chizmalarni standart talabi bo'yicha bajarishning asosiy qoidalari, chizmachilikda qo'llaniladigan formatlar, masshtablar turlari va chizmalarda foydalaniladigan chiziqlar turlari bilan tanishish, to'g'ri chiziq, ikki to'g'ri chiziqning o'zaro joylashuvi, to'g'ri chiziq kesmasining haqiqiy kattaligi va uning izlari, tekislik va tekislikni tekis tasvirlarda (epuyrlarda) berilishi, tekislikning bosh chiziqlari va uning izlari haqida umumiy ma'lumotlarni o'rganib, misol va masalalarni amaliy ko'rib chiqish orqali bilim va ko'nikmalariga ega bo'lishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |