Amaliy mashg’ulotlar


Nutq  boyligi  -  nutq  chiroyligi



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/145
Sana02.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#136146
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145
Bog'liq
2 5222031064809082337

Nutq  boyligi  -  nutq  chiroyligi.  Nutq  boyligi  fikrni  ravon,  jozibali, 
e’tiborli qabul qilinishiga zamin hozirlaydi. 
                                                 
5
Раҳимбой Жуманиёзов “Нутқий маҳорат” ўқув методик қўлланма. Т.:– 2005. – 91 б.   
 


So‘z boyligi bo‘lmagan o‘quvchi nutqda duduqlanadi, «haligi, nimaydi, anaqa, 
o‘sha» kabi so‘zlarni qo‘llaydi, takrorlarga yo‘l qo‘yadi. Chaynalish, so‘z takrori esa 
o‘quvchining  so‘z  boyligi  sustligidan  dalolat  beradi.  Badiiy  va  ilmiy  manbalarni 
o‘qish, o‘quvchilar nutqini tinglash, eshitganda ham e’tibor bilan o‘rganish nuqtai 
nazaridan qabul qilish ayni muddaodir. 
Ko‘p so‘z zahirasiga ega bo‘lishlik va undan unumli, o‘rinli foydalana olishlik 
o‘qituvchi nutqiy mahoratining muhim belgisi. 
So‘z  takrori  ezmalik  va  so‘zga  kambag‘allikdir.  Arab  afsonalaridan  birida 
aytilishicha,  Vayl  degan  shahzodaning  o‘g‘li  Sahbon  bitta  so‘zni  ikki  marotaba 
qaytarmagan holda bugun yil bo‘yi gapirishga qobil bo‘lgan ekan. 
So‘zlarning  xarakteriga  ko‘ra  turlari,  ya’ni  sinonimik,  omonimik,  antonimik 
xususiyatlarini bilish nutq chiroyini belgilaydi. O‘quvchilar nutqiy nafosatning ana 
shu jihatlarini ko‘p ham his etavermaydilar. 
«Hammaning  diqqat-e’tiborini  yana  bir  diqqatga  sazovor  musobaqaga 
qaratmoqchimiz» («Davr» dasturidan.) 
Shu fikrni so‘z takrorisiz bunday ifodalash mumkin-ku. 
«E’tiboringizni yana bir muhim musobaqaga tortamiz». 
Demak, takror, aniqrog‘i, bemaqsad aytilgan takror so‘z oqibatsizdir. Shoir bu 
borada «takror aytilganda rangsizdir kalom», - deyishi bilan haqli. 
Yuqorida  nutqning  asosiy  xususiyatlariga  umumiy  yo‘sinda  to‘xtab  o‘tildi. 
Shulardan kelib chiqqan holda quyidagilarni qayd etish mumkin. 
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir. 
Nutqning  aniq  bo‘lishi  undagi  so‘zlar,  so‘z  birikmalarining  ma’nolari  ular 
ifodalagan tushunchalar ko‘lamiga mos kelishidir. 
Nutqning mantiqli bo‘lishi undagiso‘zvaso‘z birikmalari ma’nolarining o‘zaro 
munosabati mantiq va tafakkur qoidalariga muvofiq kelishidir. 
Nutqning  tozaligi  adabiy  tilga  yot  bo‘lgan  o‘zlashmagan  so‘zlar, 
gapqurilishlarining qo‘llanmasligidir. 
Nutqning  ta’sirli  bo‘lishi  so‘zlovchining  tinglovchi  ongini  tamomila  egallab, 
o‘ziga, so‘ziga maftun, tobe’ qilib qo‘yishidir. 
Nutqning  jo‘yaliligi  deganda,  o‘z  joyida,  o‘z  vaqtida,  o‘z  janri,  shaklu 
shamoyilida,  o‘z uslubida aytiluvchi, ma’lum sharoit  yoki  vaziyatga  mos bo‘lgan 
nutq anglashiladi. 
Nutqning  soddaligi  esa  tinglovchining  tushunishini  osonlashtirishga  xizmat 
qiluvchi til tuzilishiga ega bo‘lgan nutqhisoblanadi. 
Nutqning qisqaligi deganda, qabul qiluvchini zeriktirmaslik, oz so‘z orqali ko‘p 
fikr yetkazish, ma’lumot berishlikni nazarda tutishdir. 


Nutqning  ifodaviyligi  deganda,  til  vositalarini  tanlab  topib  qo‘llash, 
joylashtirish,  tomoshabinni  ongigagina  ta’sir  etib  qolmasdan,  unga  his-hayajon 
baxsh etish, uni qiziqtirish nazarda tutiladi. 
Nutqning boyligi unda ko‘p va har xil adabiy til belgilaridan, ifoda vositalaridan 
takrorsiz foydalanishdir. 
Biz yuqorida nutqning asosiy xususiyatlariga to‘xtaldik. Nutqiy madaniyat faqat 
shu  bilan  cheklanmaydi.  Ta’bir  joiz  bo‘lsa,  har  qanday  tanganing  ikkinchi  yoni 
bo‘lganidek,  nutqiy  mahoratning  ham  ikkinchi  tomoni  bor.  Bu  nutqiy  texnikadir. 
Har  ikkalasini  puxta  bilib,  amalda  qo‘llay  oladigan  pedagogdoim  muvaffaqiyat 
qozonadi. Nutq vositalari deya yuritiluvchi nafas, ovoz, tembr, diksiya, ypg‘y, pauza 
(to‘xtam),  intonatsiya,  temp  va  ritm  keng  ma’noda  nutq  texnikasini  tashkil  etadi. 
Bulardan o‘rinli va unumli foydalanish maqsadning ro‘yobini tashkil etadi.  

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish