3. Muzokaralar amaliyotini muvofiqlashtirib olish. Muzokaralar qaerda,
qachon va qay tarzda boshlanishini aniqlab olish: o‘tkaziladigan muzokaralarning
muddatlari, joyi, amaliyotini, birgalikdagi faoliyatning boshlanish vaqtini kelishib
olish.
4. Konflikt mavzusini (predmetini) tashkil qilgan masalalar doirasini
belgilab olish. Asosiy muammo shundaki, birga ishlatiladigan atamalar yordamida
nimalar konflikt predmeti ekanligi, nimalar esa yo‘qligini aniqlab olishdan iborat.
Bu bosqichda muammoga bo‘lgan birgalikdagi yondashuvlar ishlab chiqilib,
tomonlar pozitsiyalariga aniqlik kiritiladi, ko‘proq munozarali masalalar va
pozitsiyalarni o‘zaro yaqinlashtirish ehtimoli imkoniyatlari aniqlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |