Kolloid eritmalarga oid tajribalar
1-tajriba. Suspenziya hosil qilish. Probirkaga 3-4 ml suv solib, ustiga bo`r kukunidan tashlang va probirka og`zini barmoq bilan berkitib, Yaxshilab chayqating.So`ngra probirkani shtativga qo`yib, suspenziyani asta-sekin qavatlarga ajralishini kuzating. Hosil bo`lgan suspenziyada dispers faza va dispersion muhit nimadan iborat?
2-tajriba. Qondensasiya usulida gidrazol hosil qilish.
Probirkaga 4-5 ml spirt quyib, uning ustiga fenolftalein kukunidan tashlab eriting. Hosil bo`lgan eritmaga loyqa hosil bo`lguncha suv qo`shing. Faza o`zgarishi natijasida kolloid eritma hosil bo`lishini kuzating.
3-tajriba. Oltingugurt zolini olish. Probirkaga 3-4 ml natriy tiosulfat eritmasidan solib, unga 2 ml suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan qo`shing. Eritmani 5-chi tajriba uchun saqlab qo`ying.
4-tajriba. Gidroliz natijasida zol hosil qilish. Stakanga 20 ml distillangan suv solib, qaynaguncha isiting va qaynab turgan suvga temir (III)-xlorid eritmasidan tomchilatib 3-5 ml qo`shing. Hosil qilingan temir (III)-gidroksid zolidan probirkaga 2-3 ml solib, unga 1-2 ml alyuminiy sulfat eritmasidan qo`shing. Qo`ng`ir tusli cho`kmaning hosil bo`lishini kuzating va sababini tushuntiring.
5-tajriba. Isitish orqali koagullash. 3-tajribada olingan probirkadagi kolloid eritmani qaynaguncha isiting. Oltingugurt kolloid eritmasining koagullanishi sababli loyqa hosil bo`lishini kuzating.
6-tajriba. Gel hosil qilish. Probirkaga alyuminiy sulfat eritmasidan 1-2 ml quying va gel hosil bo`lguncha ishqor eritmasidan tomchilatib qo`shing. Reaksiya tenglamasini yozing.
7-tajriba. Emulsiyalarni hosil qilish. Bitta probirkaga 5 ml sovun eritmasidan, ikkinchisiga esa 5 ml distillangan suv qo`ying. Har qaysi probirkaga 1 ml dan benzin yoki benzol qo`shib bir necha marta chayqating. Emulsiya hosil bo`lishini kuzating. Probirkalarning qaysi biridagi emulsiya ko`proq barqaror? Nima uchun?
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
1. Zol, dispers faza, dispersion muhit, liofillik, liofoblik tushunchalariga ta’rif bering.
2. 2% li FeCl3 eritmasi va distillangan suv berilgan bo`lsa, qanday qilib kolloid eritma tayyorlaysiz?
3. Agar K4[Fe(CN)6]·3H2O to‘zidan 0,1 gr olib, uni 100 ml suvda eritganda necha foizli eritma hosil bo`ladi? Hosil qilingan eritmaning 100 ml ga 1% li CuSO4 eritmasidan tomchilatib qo`shilganda jigar rang tusli zol hosil bo`ladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
4. Oltin zolining bir litrida 10 g oltin bor; bu kolloid eritmaning 270 C dagi osmotik bosimini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |