Yer resurslari inson hayotida xal qiluvchi ro’lo‘ynaydi. Yer insonlar bevosita
yashaydigan asos, qishloq xo‘jalik maxsulotlarni etishtiradigan zamin hisoblanadi.
Quruqlikning umumiy maydoni 148000 mln.ga ni tashkil qiladi. Shundan 4060 mln. ga
(28%) ni o’rmonlar, 2600 mln. ga (17%) ni o‘tlok, va yaylovlar, 1450 mln. ga (10%)
xaydaladigan yerlar va 6690 mln.ga (45%) ni cho’l, chala cho’llar,
muzliklar, shahar,
qishloq yerlari va boshqa maqsadda foydalanadigan yerlardir. Yer yuzida dehqonchilik
maqsadlarida ishlatiladigan yerlar mavjud yerlar hududining 10 % ni tashkil qiladi va
dunyo aholisi jon boshiga 0,5 ga dan to’g’ri keladi.
Unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan yer yuzasining ustki g’ovak qatlami
tuproq
deyiladi. Tuproqdarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi ro’li goyat beqiyosdir. Tuproq
biosferadagi modda aylanma harakatida asosiy ro’l o’ynaydi. Tuproq organizmlar uchun
hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning kichik biologik va katta
geologik aylanma harakatida muhim ro’l o’ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq va gazsimon
komponentlardan iborat bo’lib, iqlim, tog‘ jinslari, o’simliklar
va hayvonlar,
mikroorganizmlarning o’zaro murakkab ta’siri natijasida xosil bo’ladi. 1 gramm
tuproqda milliondan ortiq sodda hayvonlar va tuban o’simliklar uchraydi.
Yer yuzi tuproq qatlamining hozirgi xolati birinchi navbatda kishilik jamiyatining
faoliyati bilan belgilanadi. Inson tuproqlarga ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatadi. Inson
tuproqlarning xosildorligini oshirishi, yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning
bilan birga shahar qurilishi,
atrof-muhitning ifloslanishi, Shahar va yo’l kurilishi
natijasida unumdor tuproqlar nobud qilinadi. Qonunga muvofik, bunday sharoitlarda
tuproqlar ko’chirib olinadi va kerakli yerlarga yotqizladi.
Yer osti boyliqlarini qazib olishda ham ko’plab tuproqlar nobud bo’ladi. Bunday
jarayonlarning oldini olishning
maxsus tadbirlari mavjud, qonuniy javobgarlik bor.
Tog’-kon sanoatida mineral qazilma boyliqlar olinayotganda atrof-muhitga salbiy ta’sir
ko’rsatiladi va uning oqibatlari “zanjir reksiyasi” ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Chiqindilar uyumlaridan gektariga 200 t. dan ortiq chang uchiriladi.
Un minglab gektar unumdor yerlar industrial dashtlarga aylanadi. Suv, havo,
tuproq, ifloslanadi, o’simlik va hayvonlar zarar ko‘radi. Tashlandiq, yerlarni tiklash
rekultivatsiya deb yuritiladi. Rekultivatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-kon
texnik
rekultivatsiya, 2-biologik rekultivatsiya. Birinchi bosqichda yer yuzasi
tekislanadi, xolati yaxshilanadi va biologik rekultivatsiyadan so‘ng tuproq, qatlami va
o’simligi tiklanadi. Bunday uchastkalardan dam olish va boshqa maksadlarda
foydalanish mumkin.
Yer ostidan turli zararli chiqindilarni joylashtirishda va boshqa turli maqsadlarda
ham foydalaniladi. Tog’-kon sanoati chiqindixonalarida minglab tonna zaharli
birikmalar saqlanadi va atrof-muhitga doimiy xavf solib turadi. Geologik muhitga inson
ta’sirini me’yorlashtirish va undagi salbiy o’zgarishlarning
oldini olish muhim
ahamiyatiga egadir. Hozirga kadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va
ma’dan namoyon bo’lgan istikbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yakin mineral xom-
ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortigi ishlab chiqarishga jalb etilgan.
900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970
milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga umumiy mineral xom-ashyo
potensial 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baholanadi. O’zbekistonda qazilma
boyliqlarni qidirib topish,
ishga tushirish, qazib olish, tashish jarayonlarida ko’plab
yerlar qaziladi, keraksiz tog jinslari ag‘darmalari vujudga keladi. Zil-zila,
surilma va
sel xavfi bo’lgan
O’zbekistonning tog’oldi va tog’li hududlarida joylashgan chiqindixonalar
ekologik xavfsizlik talablariga to’la javob bermaydi. Gaz, neft va boshqa qazilmalarni
ko’plab chiqarilishi zil-zila va surilmalarga sabab bo’lishi mumkin. O’zoq vaqt
davomida O’zbekiston xom- ashyo bazasi hisoblanib, oltin, volfram, mis, uran, neft,
gaz, ko’mirning ko’plab qazib chiqarilishi qayta tiklanmaydigan bu resurslar zaxirasiga
salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ayrim konlardagi gaz zaxirasi tugash arafasida. Qazilma
boyliqlardan to’liq foydalanishning ta’minlanmanganligi natijasida tog‘-kon sanoatida
xosil bo‘ladigan chiqindilar atrof- muhitning ko’chli ifloslanishiga sabab bo’lmoqda.
O’zbekistonda 60 yildan ortiq vaqt davomida uran qazib olinadi. Bu davr ichida
150 ga yakin radioaktiv ifloslangan uchastkalar xosil bo’lgan va ularda maxsus dastur
bo’yicha
dezaktivatsiya, rekultivatsiya qilish lozimdir. O’zbekistondan 30 km.
masofada Maylisuv (Kirgiziston) daryosi qirgokdarida 23 chiqindixona va 13
ag‘darmalarda katta xajmdagi radioaktiv chiqindilar saqlanadi. Bu regional ekologik
xalokat manbasidir.Sel yoki surilma natijasida bu chiqindilarning Maylisuv,
Qashqadaryo va Sirdaryoga tushishi O’zbekistonda 300 km2 maydonda, 1,5 mln.dan
ortiq, aholi yashaydigan
Do'stlaringiz bilan baham: