Amaliy mashg’ulotlar 1-mavzu: “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar bilan ishlash



Download 134,6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.04.2022
Hajmi134,6 Kb.
#544485
Bog'liq
1-amaliy mashg'ulot (1)



AMALIY MASHG’ULOTLAR
1-mavzu: “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar bilan 
ishlash 
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari ta’lim nazariyasidan 
farq qiladi. Bunda tarbiyaga oid nazariy yondashuvlar amaliyot bilan 
bog’lanishi xarakterli xususiyatdir. Shu sababli ushbu mavzuni 
o’zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
-
tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlarini o’zlashtirish; 
-
“Tarbiya” fani asoslarini o’rganish va bunday asoslarning eng 
muhim jihatlariga e’tibor berish; 
-
“Tarbiya” fanini o’qitish zaruriyatini anglash. 
O’zbekiston ta’lim tizimida “Tarbiya” fani yangi o’quv predmeti 
bo’lganligi uchun mazkur fanning me’yoriy hujjatlarini o’rganish va 
hujjatlardagi eng muhim o’rinlarni o’zlashtirish taqoza etiladi. Misol 
uchun, mazkur fan bo’yicha asosiy hujjatlardan biri O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyundagi 422-sonli 
“Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroridir. 
Mazkur qarorni o’rganish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish 
lozim: 
-
2020 yil iyul oyidan boshlab yangi o’quv yiliga tayyorlanish 
jarayonida umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi “Boshlang’ich ta’lim”, 
“Milliy g’oya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga 
ega fan o’qituvchilari “Tarbiya” fanidan dars berishga tayyorlanib 
kelmoqda; 


-
mazkur tayyorgarlik ishlari “Tarbiya” fani bo’yicha oliy 
ma’lumotli o’qituvchilar tayyorlangunga qadar davom etadi; 
-
“Tarbiya” fani bo’yicha darsliklar, o’quv materiallari va metodik 
tavsiyalar majmualarini nashr etish va tarqatish davlat byudjeti 
hisobidan amalga oshiriladi; 
-
Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim 
muassasalari o’quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi”ni 
o’zlashtirish. 
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari mazkur Qaror va 
Konsepsiyada belgilangan vazifalarni, talablarni va qoidalarni 
o’zlashtirishi zarur. 
Mazkur mavzu bo’yicha me’yoriy hujjatlarni o’rganing va 
konspekt qiling. 
1-topshiriq. Tarbiya va uning mohiyati bo’yicha blits-so’rov: 
1.
Tarbiya-ijtimoiy hodisa sifatida nima? 
2.
Tarbiya-pedagogik hodisa sifatida nima? 
3.
Tor va keng ma’nolardagi tarbiya nima? 
4.
O’z-o’zini tarbiyalash nima? 
5.
Tarbiya nazariyasi nima? 
6.
Tarbiya jarayoni nima? 
7.
Tarbiyadan ko’zlangan maqsad nima? 
8.
Tarbiyaning umumiy vazifalari nimalardan iborat? 
9.
Tarbiyaning pedagogik jarayondagi vazifalari nimalardan iborat? 
10.
Uzluksiz milliy-ma’naviy tarbiya nima? 
 

Download 134,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish