ПОИСК
РЕШЕНИЯ
” funksiyalaridan foydalanamiz. Birinchi navbatda biz maqsad
funkisiyasini ifodalovchi quyidagicha jadval tuzamiz (10.1-rasm):
10.1-rasm.
Bu yerda sariq bilan bo`yalgan “E4” yacheykaga “СУММПРОИЗВ” funksiyasini kiritamiz.
1massiva “B3:D3”, 2-massivga “B4:D4” sohani kiritamiz (10.2-rasm).
10.2-rasm
Shundan so`ng chegaraviy shartlarni ifodalovchi quyidagi jadvalni yaratamiz (10.3-
rasm):
10.3-rasm.
Bu yerda sariq bilan bo`yalgan “E9” va “E10” yacheykalarga “СУММПРОИЗВ”
funksiyasini kiritamiz. 1-massiva “$B$3:$D$3”, 2-massivga “B9:D9” va mos ravishda
“B10:D10” sohalarnini kiritamiz (10.4, 10.5-rasmlar).
10.4-rasm
10.5-rasm
Shundan so`ng “ПОИСК РЕШЕНИЯ” funksiyasidan foydalanamiz.
Maqsad
funksiyamizni, yani maksimal foydani ko`rsatadigan yacheykani E4 qilib belgilaymiz.
Funksiya maksimumga intilishini belgilaymiz. O`zgaruvchilarga “B3:D3” sohani kiritamiz.
Chegaraviy shartlarni kiritamiz. Chegaraviy shartlarga qo`shimcha qilib har bir o`zgaruvchi
0 ga teng yoki undan katta bo`lishi bilan birga butun son bo`lishi shartini kiritamiz. Chunki
yarimta yoki chorakta eshik ishlab chiqarib bo`lmaydi (10.6-rasm).
10.6-rasm.
10.7-rasm.
MS Excel dasturi yodamida masalaning yechimi topildi. Unga ko`ra firma mavjud
resurslardan foydalanib o`z foydasini 81200 ming so`mgacha yetkazishi mumkin.
G)Masalaning yechimiga ko`ra firmaning maksimal foydasi 81200 ming so`mga teng bo`ladi.
Buning uchun firma standart eshik turidan 300 dona va o`ymakor eshik turidan 100 dona
ishlab chiqarishi kerak bo`ladi. Polirollangan eshik turidan esa ishlab chiqarmaydi. Firma
firma standart eshik turidan 300 dona va o`ymakor eshik turidan 100 dona ishlab chiqarish
uchun o`zining mavjud resurslarini, ya`ni vaqt resurslarining barchasini ishlatadi. Aniqroq
ifodalasak, eshik ishlab chiqarish uchun 15000 ming minut yoki 250 soat. Eshikka ishlov
berish uchun 9000 minut yoki 150 soat vaqt sarflaydi. Iqtisodiyotning bosh masalasi
cheklangan resurslar sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirishdir. Firmaning bosh maqsadi
esa cheklangan resurslardan foydalanib maksimal daromad olishdir. Masala yechimiga ko`ra
mavjud resurslar to`liq ishlab chiqarishga jalb qilinmoqda va shu orqali firma foydasi
maksimal ko`rsatkichga erishmoqda. Berilgan masalada ishlab chiqarish resursi sifatida vaqt
berilyapti. Vaqt resursining boshqa resurslardan farqi shundaki, vaqtni ishlatmay, saqlab
bo`lmaydi. Firma ish vaqti byudjetini to`liq ishlab chiqarishga sarflasa, yaratilgan qo`shilgan
qiymat va foyda oshadi. Demak masalaning yechimi firma uchun har tomonlama optimal
yechimdir.
D) Berilgan masala shartiga ko`ra firma 3 turdagi eshiklar ishlab chiqaradi. Firmaning
maksimal foydasini ta`minlaydigan optimal yechimga ko`ra esa, firma faqat 2 turdagi
eshiklarni ishlab chiqarishi kerak. 2-turdagi polirollangan eshikdan ishlab chiqarmasligi
kerak. Firma 3 turdagi eshikdan ham ishlab chiqarishi uchun masala shartiga quyidagicha
o`zgartirish kiritamiz. 2turdagi eshik ishlab chiqarish uchun ketadigan vaqt sarfini 30 dan 35
minutga, eshikka ishlov berish vaqtini esa 30 dan 25 minutga o`zgartiramiz. 3- turdagi eshikni
ishlab chiqarish uchun ketadigan vaqt sarfini 60 dan 55 minutga, eshikka ishlov berish vaqtini
esa 30 dan 20 minutga o`zgartiramiz. Shundan so`ng yechimni topamiz (10.8-rasm).
10.8-rasm.
Masala shartiga o`zgartirish kiritilgandan so`ng topilgan yechimga ko`ra, firma har
uchchala turdagi eshikdan ishlab chiqaradi. Firmaning maksimal foydasi esa 87664 ming
so`mga teng.
Masala shartiga ko`ra har bir eshik turining alohida samaradorligini aniqlasak, qaysi
eshik turiga kamroq vaqt sarflab ko`proq foyda olish mumkinligini ko`rishimiz mumkin.
Buning uchun biz har bir eshik turidan keladigan foydani shu eshik turini ishlab chiqarishga
ketadigan jami vaqtga bo`lamiz. K1=178/(30+20)=3,56
K2=218/(30+30)=3,63
K3=178/(30+20)=3,08
Ko`rinib turibdiki, 2-turdagi eshikning ishlab chiqarish samaradorligi eng yuqori,
3turdagi eshikning samaradorligi eng past darajaga ega. Lekin masalaning optimal yechimiga
ko`ra 2-turdagi eshikdan ishlab chiqarilmaydi, 3-turdagi eshikning samaradorligi eng past
bo`lsa ham 100 dona ishlab chiqariladi. Bunga sabab firmaning jami ish vaqti byudjetining
notekis taqsimlanganligidir. Yani 250 soat ishlab chiqarish operatsiylariga, 150 soat ishlov
berishga. Agar biz masala shartini o`zgartirib ishlab chiqarish operatsiylariga va ishlov
berishga teng miqdorda 200 soatdan ajratsak masala yechimi quyidagicha o`zgaradi (10.9-
rasm):
10.9-rasm.
Yechimga ko`ra firma faqat 2-turdagi eshikdan 400 dona ishlab chiqaradi. Chunki 2-turdagi
eshikning samaradorligi eng yuqori. Barcha resurlar ishlab chiqarishga jalb qilinadi.
Firmaning maksimal foydasi esa 87200 ming so`mga teng bo`ladi.
d) Masala shartiga bir qancha o`zgartirishlar kiritishimiz mumkin. Masalan firmada ba`zi
turdagi eshik turlarini ishlab chiqarishning maksimal miqdori chegaralangan bo`lishi, yoki
firma ma`lum turdagi eshikni yetkazib berish bo`yicha shartnomalar imzolagan bo`lishi
mumkin. Shunga ko`ra masala shartiga quyidagicha o`zgartirish kiritamiz:
Firma boshqa bir qurilish firmasi bilan har hafta standart turdagi eshikdan 20ta,
polirollangan eshikdan 40 ta yetkazib berish bo`yicha shartnoma imzolagan. Undan
tashqari firmaning ishlab chiqarish quvvati har hafta faqat 50 ta o`ymakor eshik ishlab
chiqarishga yetadi. Bu shartlar kiritilgandan so`ng masalaning yechimi quyidagicha
o`zgaradi (10.10-rasm).
10.10-rasm.
Bu shartlar kiritilgandan so`ng firma 1-turdagi eshikdan 315 ta, 2-turdagi eshikdan
40ta va 3-turdagi eshikdan 50 ta ishlab chiqaradi. Firmaning maksimal foydasi 78690 ming
so`mga teng bo`ladi. Ishlab chiqarishga 13650 minut, ishlov berishga 9000 minut sarflaydi.
Masala shartiga ko`ra ishlab chiqarish resursi sifatida faqat ish vaqti sarfi ko`rsatilgan. Lekin
ishlab chiqarish omillari turlicha bo`lishi mumkin. Masalan eshik ishlab chiqarish uchun
yog`och va bo`yoq ham kerak bo`ladi. Masala shartiga quyidagicha o`zgartirish kiritamiz:
Birinchi turdagi eshikni ishlab chiqarish uchun 0,3 m3 yog`och va 1 litr bo`yoq, 2-
turdagi eshik uchun 1,2 m3 yog`och va 1,2 litr bo`yoq, 3-turdagi eshik uchun 0,5 m3 yog`och
va 0,8 litr bo`yoq kerak bo`ladi. Firmada haftalik 120 m3 yog`och va 400 litr bo`yoq zahirasi
mavjud. Masala shartlarini o`zgartirganimizdan so`ng yechim quyidagicha o`zgaradi (10.11-
rasm):
10.11-rasm.
Firma standart eshikdan 345 ta, polirollangan eshikdan 40ta va o`ymakor eshikdan 1
ta ishlab chiqarsa korxona maksimal foydaga ya`ni 70408 ming so`mga erishadi. Lekin
mavjud resurslar ishlab chiqarishga to`liq jalb qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |