Amaliy mashg‘ulotlar 1- amaliy mashg‘ulot (2 soat) Mavzu: sblsqlarining nutqiy voqelanishini o‘rganish Reja



Download 73,94 Kb.
bet9/26
Sana05.07.2022
Hajmi73,94 Kb.
#739875
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
12345 amaliy ish HOʼAT

oqidi 

Nimani 

Кimga 

Qanday 

Qachon 

Nima bilan 

Nima sababdan 

Qancha
 
Bunda so‘roq olmoshlari o‘qi leksemasiga birikish imkoniyatiga ega bo‘lgan so‘zlarga 


ishora qiladi. Bu imkoniyat bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, o‘qi leksemasining 
mohiyatida yashiringan. Lekin kitobni o‘qimoq, har kuni o‘qimoq, ko‘p o‘qimoq nutqiy 
birikuvlarida bu imkoniyatlar bitta-bitta voqelangan. Quyidagi birikuvlarning birinchisida bir 
vaqtning o‘zida bu imkoniyatdan ikkitasi, ikkinchisida esa uchtasi voqelikka aylangan, so‘z 
birikmasi hosil qilingan: 
1) 
kitobni tez o‘qimoq; 
2) 
kutubxonada kitobni tez o‘qimoq. 

O‘qi leksemasining ongdagi birikish imkoniyati valentlik ekan, uning nutqiy voqelanishi 
sintaktik aloqa hisoblanadi. Demak, valentlik lisoniy, sintaktik aloqa esa nutqiy hodisa sifatida 
qaraladi. Ular lison va nutqning barcha qarama-qarshi belgilarini o‘zida aks ettiradi. 

2- amaliy mashg‘ulot (2 soat)
Mavzu: So‘z kengaytiruvchi va gap kengaytiruvchilarini [WPm]=SGLSQ hosilalari asosida o‘rganish
Reja:
1. SKlarini [WPm]=SGLSQ hosilalari asosida tahlil qilish.
2. SKlarining sodda gap lisoniy qurilishiga ta’siri.
3. GKlarining [WPm]=SGLSQ hosilalarida voqelanishi.
4.Sodda gapning maksimal qolipi va GKlari.


So’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining muvofiqlashuvi va farqlanishi. So’z kengaytiruvchisi so’z semantik imkoniyatidagi bo’sh o’rinlarni to’ldiruvchi antantlardir. Aktantlar nutqiy gaplar tarkibida so’z birikmalarini hosil qiladi. Bu birikuvchilarda bo’sh o’rinlari to’ldirilayotgan (biriktiruvchi) so’z hokim so’z, bush o’rinni to’ldirayotgan so’z tobe so’z sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, qizil olma birikuvida qizil so’zi olma so’zi zamiridagi ma‘noviy mohiyatning «belgi» ma‘no bo’lakchasini muayyanlashtiruvchi aktant bo’lib, olma so’ziga «xizmat qilayotganligi» bois unga tobe unsur maqomida bo’ladi. Demak, biror so’zga tobelanib kelayotgan so’z bo’sh o’rinni to’ldiruvchi, aktant atamalari bilan yuritiladi. Ana aktantlar nutqda, an‘anaviy tahlil usullari asosida aytganda, ega, hol, to’ldiruvchi, aniqlovchi atamalari bilakn nomlanadi. Biroq bu atamalar ostida tushuniluvchi hodisalar so’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilari farqlanishi nuqtai nazaridan baholansa, butunlay boshqa holat vujudga keladi. Kengayuvchi so’z gapning kesimi mavqeida kelganda, gap kengaytiruvchilari gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’ladi. Masalan, Jahongir kitobni tez o’qidi gapining lisoniy struktur sxemasi quyidagicha:

Bundagi uchta so’z bevosita konstruktiv bo’laklari voqelantiruvchidir. Bular: Jaxongir, tez, o’qidi. Faqat kitobni so’zi bevosita o’qi so’zi orqaligina lisoniy strukturaga daxldor bo’ladi. Bular Jahongir tez o’qigan kitobni men olaman tarzida o’zgartirilsa, oldingi gapda gap kengaytiruvchisi va gapning konstruktiv bo’laklari ifodalovchilari bo’lgan Salim, tez so’zlari endi oldingi mavqelaridan mahrum bo’ladi. Ulardagi konstruktiv bo’laklarga bevosita daxldorlik bilvositalikka, gap kengaytiruvchilik so’z kengaytiruvchilikka aylanadi.

Oldingi gapda bevosita gap kesimidagi Pm ga daxldorlik kasb etib turgan Jahongir va tez so’zlari kesimdagi atov birligi (W) kengaytiruvchisi bo’lgan kitobni so’zshaklining aktanti hisoblangan o’qigan so’zining kengaytiruvchilaridir.

Ko’rinadiki, gapning konstruktiv tizimidan faqat Pm ga bog’langan hokim uzv o’rin oladi. Hokim uzvga tobelangan, ergashib kelayotgan aktantlar nutqiy gap tarkibidagina bo’ladi. Nutqiy gap qanchalik kengaymasin, u, kengaymagan ko’rinishida bo’lgani kabi, lisoniy strukturaga bir xil daxldor bo’ladi. Misolga murojaat qilamiz: Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi. Bu gapning struktur sxemasi quyidagicha:Ko’rinadiki, gapning konstruktiv tizimidan faqat Pm ga bog’langan hokim uzv o’rin oladi. Hokim uzvga tobelangan, ergashib kelayotgan aktantlar nutqiy gap tarkibidagina bo’ladi. Nutqiy gap qanchalik kengaymasin, u, kengaymagan ko’rinishida bo’lgani kabi, lisoniy strukturaga bir xil daxldor bo’ladi. Misolga murojaat qilamiz: Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi. Bu gapning struktur sxemasi quyidagicha:

Ko’rinadiki, bu gap qanchalik keng bo’lmasin, uning struktur qolipi o’ta sodda va oldingi nutqiy gap qolipidan mutlaqo farqlanmaydi.

So’zlarning nutqiy voqelanishi ular bevosita konstruktiv bo’lakka bog’langanda yuz beradi. Konstruktiv bo’lak bo’lishi uchun kesimlik shakllanishi zarur bo’ladi. Chunki kesim mavjud bo’lsagina, unga bog’langan ayrim so’zlar konstruktiv bo’lak tabiatiga ega bo’ladi. Masalan, Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o’rinni egallashi nutqiy hosilasi xabar ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim yo’q. Demak, bu hosila gap emas va unda gap bo’laklari ham mavjud emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor qilinsa, qolip to’ldiruvchisi maqomini olsa, so’zlardan mutlaq hokimlarining mavqei o’zgaradi va boshqalari ham shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu yoyiq unsur gapda kesim, ega, hol kabi konstruktiv bo’laklar mavqeini egallashi mumkin.

Kesim: Mening orzuim - qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o’rinni egallashi.

Ega: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o’rinni egallashi -mening orzuim.

Hol: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o’rinni egallaganligi uchun biz behad ruhlandik.

Demak, dastlabki nutqiy hosila gap tarkibiga kiritilsa, undagi bosh kengayuvchi unsur (egallashi) gapning konstruktiv bo’lagiga aylanadi, sifat o’zgarishiga uchraydi, gap qolipiga bevosita daxldorlik kasb etadi. Lekin uning kengaytiruvchilari u orqali - bilvosita gap qolipiga aloqador bo’ladi, ular mavqeidagi o’zgarish sifat o’zgarishi darajasida bo’lmaydiSo’z va gap kengaytiruvchilari bir-biriga aylanib turadigan hodisalardir. Masalan, Kecha kelgan bolani tanimadim gapida kecha so’zi kelgan so’zining kengaytiruvchi. Lekin Bola nega keldi? gapida u gap kengaytiruvchisi maqomini olgan. Birinchi birikuvda u kelgan so’zshaklidagi zamon ma‘nosiga bog’langan. Ikkinchi gapda esa so’zshakl kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma‘nosiga daxldordir. Kecha kelgan bola birikuvidagi kelgan so’zshaklidagi zamon ma‘nosi bilan keldi so’zshaklidagi zamon ma‘nosi farqlanadi. Birinchi so’zshakldagi zamon sifatdosh shaklining ma‘nosi bo’lsa, keldi gap markazida tasdiq-inkor, modallik, shaxs-son va kesimlik pozitsiyasi unsurlari sistemasidan iborat butunlikning tarkibiy qismidir. To’g’ri chiziq uchburchakning tomoni sifatida boshqa mohiyatga, kvadratning tomoni sifatida boshqa mohiyatga ega bo’lgani kabi, zamon ham Kecha kelgan bola birikuvida boshqa, Bola kecha keldi birikuvida boshqa butunlikning tarkibiy qismidir. Harakatning bajaruvchisi ham goh so’z kengaytiruvchisi, goh gap kengaytiruvchisi sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Salim kecha kelgan. Salim kecha kelganda men yo’q edim juftligining birinchisida Salim gap kengaytiruvchisi (ega), ikkinchi gapda esa so’z kengaytiruvchisidir, ya‘ni konstruktiv bo’lak emas. Shuningdek, keltirilgan misoldagi mintaqa bosqichida unsuri egallashi so’zi kesim mavqeida kelganda konstruktiv bo’lak, boshqa hollarda (hol va ega bog’langanda) esa so’z kengaytiruvchisidir.

Demak, ma‘lum bo’ladiki, muayyan aktant birlikning gap yoki so’z kengaytiruvchisi mavqeida bo’lishi kengayuvchi so’zning sintaktik mavqei bilan belgilanadi.

Gap bo’lagi maqomida so’z ham, so’z birikmasi ham kelishi mumkin. Gap bo’lagi vazifasida kelgan so’z o’z kengaytiruvchilari bilan bir butun holda bitta gap bo’lagi (yoki bo’lakning bo’lagi) sanaladi.

Gapni bo’laklarga ajratish va so’z birikmasiga ajratish sintaktik tahlilning ikki xil ko’rinishidir. Gapni bo’laklarga ajratish kommunikativ birlik tahlili bo’lsa, so’z birikmalariga ajratish nominativ birlik tahlilidir.

Demak, to’ldiruvchi va aniqlovchi so’z kengaytiruvchilari bo’lganligi bois gap bo’laklari tahlilida e‘tiborga olinmaydi. Gapni so’z birikmalariga ajratishda esa kengayuvchi so’z kengaytiruvchi so’z bilan birikma sifatida olinadi. Gap kengaytiruvchilari biror so’z (atov birligi) ma‘nosini emas, balki kesimlik qo’shimchasi ma‘nosini muayyanlashtirganligi bois, so’z birikmalari sifatida olinmaydi.

Demak, xulosa qilish mumkinki, so’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilari munosabatidan kelib chiqqan holda so’z birikmalari tahlilini gap bo’laklari tahlili bilan qorishtirmaslik kerak.

Download 73,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish