Tobe tarkibli qo`shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar shakllangan [Pm] mavjud bo`lsa-da, birinchi sodda gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi bo`la olmaydi. U doimo tobe gap markazini shakllantirib, o`z mohiyatini ochishi uchun o`zidan keyin mustaqil kesimli gap bo`linishini talab etadi. Masalan, Men qo`shiq aytsam, u tinglaydi. Ergash ko`ringan ham edi, bolalar yugurishdi. Demak, [WPm] → [WPm] qolipidan chiqqan hosilalarda birinchi gap shaklan va mazmunan ikkinchi bir gapga ehtiyoj sezadi, lekin aksincha emas.
Mutanosib bog`lanish va mazmunan mutanosiblik.
Shakliy – vazifaviy nuqtayi nazardan [WPm↔WPm] tipik ko`rinishli gaplarni
mazmunan bir-birini taqozo etadigan, mazmunan mutanosib gaplardan keskin
farqlash lozim. Qiyoslang:
1. Sobir kelsa, birga borardik.
2. Goh Sobir keldi, goh birga bordik.
3. Kim kelsa, o`zi boradi.
Birinchi gapda QG tarkibiy qismlarining o`zaro bog`lanishi har ikkala gapdagi
kesimning xususiy shakli va xususiy ma‘nosi bilan ta`minlangan. Gaplar
mutanosibligi QG tarkibidagi sodda gap kesimlarining shakl va ma`no xususiyatidan
kelib chiqadi.
Ikkinchi gapda mutanosiblik kesim shakli bilan emas, balki juft bog`lovchi
[goh...goh] yordamida ta`minlangan. Bu gap lisoniy qurilish mohiyatiga ko`ra
[WPm,WPm]= QG qolipining hosilasi bo`lib, tenglanish bog`lovchi yordamida
shakllangan. Mazkur fikrni quyidagi QGlar qatori tasdiqlaydi:
1.Sobir keldi, birga bordik.
2. Sobir keldi va birga bordik.
3.Sobir keldi, shuning uchun birga bordik.
4.Sobir keldi-yu, birga bordik.
5.Goh Sobir keldi, goh birga bordik.
6.Na Sobir keldi va na birga bordik.
Bu qatorda 5-6 gaplarda mazmunan bir-birini taqozo etish, 4-gapda
keyingisini, 3-gapda oldingisini taqozo etish mavjud. Ammo bunday holat gap
qurilishi bilan emas, balki bog`lovchilar mazmuni bilan bog`liqdir.
Yuqorida berilgan uchinchi misolimizga e‘tibor qaratish lozim:
Kim kelsa, o`sha boradi.
Bu misolda ham gaplarning mazmunan bir-birini taqozo etishi, talab etishi,
o`zaro aloqadorlik, mutanosiblik mavjud. Biroq bunda ham mutanosiblik gap
kesimlarining shakli va ma`no xususiyatlari bilan emas, balki [kim...u(o`sha)...]
nisbiy so`zlarining QG tarkibida o`zaro bog`lovchi vosita vazifasida kelishi bilan
bog`liqdir. Zero ―Kim kelsa, o`sha boradi‖ gapi mohiyatan [WPm→WPm]=QG
qolipining hosilasi bo`lib, mazmuniy mutanosiblik nisbiy olmoshlar bilan yuzaga
chiqadi.Teng tarkibli qo'shma gaplar [ WPm , WPm ] = QG lisoniy sintaktik qolipi asosida yuzaga keladi .[ WPm , WPm ] qurilmali qo'shma gaplar kesimlarning har biri mustaqil shakllangan bo'lib , ularni osongina sodda gaplarga aylantirib yuborish mumkin .
Misol : Saidiy o'qiganda Munisxonning har zamon tovushi chiqib turguvchi edi , bir soatdan ortiq uning tovushi chiqmagani Saidiyni shubhaga soldi .
A.Qahhor " Sarob"
[WPm , WPm ] bu mustaqil sodda gap sifatida qo'llana oladigan birdan ortiq gapning nutqda ma'lum bir bog'lovchi vositalar bilan o'zaro bog'lanishi va bitta tugal ohangga , bitta gap to'xtamiga ega bo'lishidir .
Tobe tarkibli qo'shma gaplar [ WPm -> WPm] = QG lisoniy sintaktik qolipi asosida shakllanadi. [WPm ->WPm] qirilmali qo'ahma gaplarda har ikkala sodda gap ham shakllangan [Pm] ga ega bo'lsa-da , birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSH ) bo'la olmaydi . U hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida bo'lib , o'z mazmunini namoyon qilish uchun o'zidan keyin mustaqil holda namoyon bo'la oladigan voqelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo'lishini taqozo qiladi . Boshqacha aytganda , bu tipij ko'rinishli gap tarkibidagi oldingi sodda gapning kesimi NKSH bilan , keyingisi Firuza toshli uzukni olar ekan , Saidaxonning ko'zlari quvonchdan yaltirab ketdi .( S.Ahmad )
2. Ra'no guruchni endi tuzlagan ham ediki , ichkaridan Anvar chiqib ketdi.
Bu gaplarning barchasidagi birinchi sodda gap mustaqil qo'llana olmaydi , qo'llanganda ham ushbu qo'shma gap tarkibidagi ma'nolarni bera olmaydi . Keyin turgan sodda gaplar esa bunday emas.
Mutanosib bog'lanishli qo'shma gaplar QGlarning lisoniy qurilishiga ko'ra tasnifida [WPm <-> WPm ] = QG qolipi asosida yuzaga keladigan qo'shma gapning turi sifatida ajraladi . [WPm<-> WPm ] qurilmali qo'shma gaplarni tashkil etuvchi sodda gaplar kesimlarining biri ikkinchisini , ikkinchisi birinchisini taqozo qiladi . Ikkalasining ham kesimi NKSH hisoblanadi . Boshqacha aytganda , bu sodda gaplar qo'shma gapdan anglashilgan mazmunni ifodalash uchun bir-biriga ehtiyoj sezadi .
1. O'zi so'rasa ekan , men aytsam .(P.Tursun.)
2. Agar suv bo'lsami , hosilga hosil qo'shiladi .(Sh.Rashidov )
[WPm <-> WPm ] qurilmali qo'ahma gaplarming kesimlarini shakllantiruvchi vositalar kam miqdorni tashkil etadi :
a ) birinchi qismda -sa , ikkinchi gap kesimida -(a)rdi shakli keladi : Oyi , havo ochilib ketsa , boshqa daryo bo'yiga borar edik .
Sh bilan shakllangan bo'ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |