Amaliy mashg’uloti №5



Download 30,23 Kb.
Sana29.01.2021
Hajmi30,23 Kb.
#57467
Bog'liq
5-amaliy mashgulot pm


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

“MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA‘LIM ” FAKULTETI


“BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI” YO’NALISHI

01831-GURUH TALABASI Avazova Zeboning


“Pedagogik mahorat” FANIDAN TAYYORLAGAN

AMALIY MASHG’ULOTI № 5


Fan o’qituvchisi: Choriyeva Feruza
QARSHI 2020
5- Mavzu:O’qituvchi mahoratini takomillashtirish yo’llari va shart-sharoitlari

Savollar:



1. O’qituvchi faoliyatini ilmiy tashkil etish va unga qo’yiladigan talablar.

2. O’z-ustida ishlash va o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslari.

3. Turli mualliflar faoliyatida shaxsning o’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash, psixik boshqarish haqidagi ta‘limotlar.

4. Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va ularni umumlashtirish metodikasi.

5. Shaxsiy pedagogik tajribani to’plash tizimi.

Javoblar:



  1. O’qituvchi faoliyatini ilmiy tashkil etish va unga qo’yiladigan talablar..


Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoarti tarbiyalash va ulami har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash mumkin emas, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish o'qituvchi faoliyatini muntazam kuzatib borish yutuq va kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi.

Hisobga olishning eng maqbul yo'li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazo ratda obvektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralik talab qiladi.

O‘qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamligi,

izchilligi quyidagilardan tashkil topadi:

•o'quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o‘zi



tomonidan nazorat qilinishi;

•darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilish va



o‘zining yutuq va kamchiliklarini kuzatish;

• o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini o‘zi nazorat qilishi;

•ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni nazorat qilish;

• o‘z ustida muntazam ishlash, ijod qilish.



o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda har jihatdan mukammal tashkil qilish mamlakatimiznmg mustaqillik prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir yosh avlodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega Bunda o‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnatini pedagogik jamoa, ota-onalar, oila, mahalla qomitalari, turli jamoatchilik markazlari bilan o‘zaro puxta hamkorlikda olib borgandagina ta’lim-tarbiyaning samaradorligi yanada oshadi.




O'qituvchining ijtimoiy-psixologik shaklianishida o'z ustida ishlashi murakkab tizimga ega. Bunda o'qituvchi ekstensiv, taxminiy, metodologik, kommunikativ, psixologik hamkorlikda ijodkorlik vazifalarini bajaradi. Diagnostik dasturda o'qituvchi kasbiy tayyorgarlik jarayonida tadqiqotchilik, mohirlik, reproduktiv (xotirada saqlash), rasmiy – ijrochilik kabi faoliyat bo'yicha muntazam ish olib boradi. Ushbu faoliyat dasturlari, ayniqsa, yosh o'qituvchilarning pedagogik faoliyatida duch keladigan ijtimoiy munosabat, sinfdan qo'rqish, o'quvchilar bilan o'zaro munosabatda ziddiyat hosil bo'lishi kabi psixologik to'siqlami engishda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Har qanday 0‘qituvchi o‘z-o‘zini tarbiyalash va o'z-o'zini rivojlantirishga hatto juda kuchli intilishi bo'lsa ham, o‘zining shaxsiy rivojlanish dasturini maxsus malakalarsiz belgilay olmaydi, bu pedagogic faoliyatdagi muvaffaqiyatga erishish, o'qituvchining o'z ustida ishlashga tayyorgarligi, uning o‘z-o‘zini tahlil qila olishi, o‘z-o‘zini tashhislash qobiliyatining qanchalik shakllanganligi bilan bog'liq.
3. Turli mualliflar faoliyatida shaxsning o’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash, psixik boshqarish haqidagi ta‘limotlar.
Ta’lim jarayonida ijodiy kayfiyatni boshqarish - о‘qituvchi mehnatning eng muhim kasbiy jihatdan talabi bo'lib, u o‘qituvchining sinfda, o‘quvchilar bilan muomalada erkin bo'lishini, xulq-atvorining samarali bo'lishini ta’minlaydi. Pedagogik ijodkorlikning asosiy bosqichlariga nisbatan o‘qituvchining ijodiy kayfiyatiga muomala ta’sirining quyidagi jihatlarini ajratib ko'rsatish mumkin:

1) o‘qituvchi sinf jamoasi bilan bo'ladigan dastlabki muomalani oldindan payqashi, uning ijodiy kayfiyatini saqlovchi omil ekanligi.

2) Sinf jamoasi bilan dastlabki aloqa bevosita muomala paytida sodir bo'lishi, o'qituvchi ijodiy kayfiyatini rag'batlantiruvchi omil sifatida.

3) O'qituvchining sinf jamoasi bilan muloqoti tizimi, pedagogic faoliyat jarayonida o'qituvchining ijodiy kayfiyatini rivojlantirishni qo'llab- quvvataydi va rag‘batlantiradi.

4) O'quvchilar bilan muomaladan qanoat hosil qilish, keyingi pedagogic faoliyatda o'qituvchining ijodiy kayfiyatini rag'batlantiruvchi omil ekanligi.

Pedagogik ijodkorlik va muomala jarayonida vujudga keladigan har qanday zo'riqishni, shuningdek, boshqa noxush holatlami yengish uchun o'qituvchi o'z-o'zini tarbiyalash yuzasidan doimiy faoliyat olib borishi zarur. O'z-o'ziga ta’sir qilishning bir qator usullari mavjud bo'lib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir: О ‘z-o 'zini ishontirish, о 'z-o ‘ziga buyruq berish, о ‘z-o ‘zini majbur qilish, о ‘z-o ‘ziga majburiyat yuklash, о 'z-o'zini rag’batlantirish, о ‘z-o ‘zini jazolash, o'z-o'zini mashq qildirish, o'z-o'ziga ta ’sir qilish. O'qituvchining o'z-o‘ziga ta’sir qilishi (refleksiya) va uning samarali jihatlari alohida mavzu asosida o'rganiladi.


  1. Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va ularni umumlashtirish metodikasi.

o'qituvchi ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganishda “tajriba o'rganishdan maqsad va uning vazifalarini rejalashtirish, dolzarb mavzuni aniqlash, maktab amaliyotida mohir o'qituvchilarning yutuqlarini o'rganish, materiallarni to'plash, tahlil qilish, xulosa chiqarish” kabi vositalardan foydalanadilar.

Shuningdek, ta’kidlamoqchimizki, pedagogik tashxislash qayd qiluvchi emas, balki maqsad hosil qilishni belgilovchi (prognostik) xa rakterga ega bo'lganligida samarali bo'ladi, bu o'qituvchining kasbi refleksiyasi rivojlanishi asosida amalga oshiriladi. Ayni paytda, aynan ta’lim-tarbiya jarayonida maqsad hosil qiluvchi tashxislash uning rivojlanish qobiliyatini ta’minlaydi.


  1. Shaxsiy pedagogik tajribani to’plash tizimi.

Tajribali o'qituvchi bir vaqtning o'zida psixologik tarbiyaviy ta’sir metodlaridan ham foydalanish yetarli darajada samara berishini biladi. Ta’kidlab o'tilganidek, o'qituvchi tomonidan qo'llaniladigan pedagogic vositalar o'quvchilarning ongiga yo'naltirilgan. Pedagogik tajribalaring ko'rsatishicha, og'zaki bo’lmagan ta’sir ko'rsatish metodlari (mimika, pantomimika, imo-ishora, holat, xatti-harakatlar, ko'zlaming ifodasi, ovoz intonatsiyasi), his-tuyg'uga yo'naltirilgan ta’sir ko'rsatish metodlari (birgalikda qayg'urish, g'azablanish, xursand bo'lish) va oqilona ta’sir

ko'rsatish metodlari (asosiy vosita — ishontirish) juda samarali hisoblanadi. Shu bilan birga, psixologik metodlar ham, pedagogik metodlar bilan bir vaqtda qoilanilishi o'qituvchining o'quvchi shaxsiga tarbiyaviy ta’sir etishni kuchaytiradi.

Tarbiya texnologiyaiarida foydalaniladigan, ko'rib chiqilgan metodlar uning masalalarini yanada to‘liqroq hal etish uchun shart-sharoitlarini yaratgan holda, tarbiyalashning barcha shakllarida amalga oshiriladi Biroq ulami tanlash, o'zlashtirish va amalga oshirishda ko'pgina omillarga, jumladan, milliy an’analar, urf-odatlar, pedagogikaga xos bo'lgan holatlarga e’tibor berish zarur.

Adabiyotlar



1. Rajabov S. Mutaxassislikka kirish. – T.: O’qituvchi, 1991.

2. Fralov F.T. Yosh direktor maktabi. – T.: O’qituvchi, 1991.

3. Shukurov Ye. Dil ko’zgusi. _ T.: O’zbekiston, 1990


Download 30,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish