Ko‘zni va yuzni himoya qilish vositalari.
Mehnat faoliyati davomida ko‘proq ko‘zning mexanik jarohatlanishi uchraydi. SHuningdek nur energiyasi ta’siridan ximik va termik ko‘zning kuyishi ham uchraydi. Ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilar ko‘z va yuzni himoya qilish uchun turli himoya vositalaridan foydalanadilar:himoya ekranlari,zaryalarni ushlab qoluvchi qalqonlar,himoya ko‘zoynakalari,maskalar(eng ko‘p tarqalgan). Ko‘zni qattiq zararlardan himoya qilish uchun 2,2,03,04,09 turdagi rangsiz oynakli ochiq himoya ko‘zoynaklari va yopiq turdagi himoya ko‘zoynaklari qo‘llaniladi, ularning konturi yuzga bevosita tegib turadi:
Rangsiz oynali to‘g‘ri ventilyasiyali(3N1-T-90,3N2-846,3N4-73T)va
Rangsiz oynali bilvosita ventilyasiyali(3N1-T,3N2-T)himoya ko‘zoynaklari mavjud. Infraqizil nurlanishdan ko‘zni himoya qilish maqsadida svetofiltrli ochiq himoya ko‘zoynaklari(01-V1,V3,F1-D1,D2-D3 turdagi)va svetofiltrli yopiq (3NR1-31,32,33,34,1NR1-D1,D2,D3 va boshqa turdagi)himoya ko‘zoynaklari qo‘llaniladi.
Elektr payvandlash bilan ishlaydigan ishchilarning ko‘zini himoya qilish maqsadida svetofiltrli maska va qalqonlar ishlatiladi.Ular himoya oynasi bilan qoplangan metallanganOPZ-5ko‘zoynaklari mm li diapozondagi elktromagnit to‘lqinlardan himoya qiladi.Stanokda ishlaydigan ishchilar uchun rangsiz ekranli boshga kiyiladigan qalpoqlar va C-40 ekranli himoya maskalar tavsiya etiladi. Ularning oynalari organik moddalardan tayyorlangan bo‘lib,ko‘zni mayda zarrachalarni sachrashlaridan himoya qiladi.
Boshni himoya qilish vositalari.
Boshni himoya qilish vositalari shlyapalar,bereta,shlem va podshlemniklardan iborat.Kaskalar boshni mexanik ishdan,travmadan,namlik tushishidan,atmosfera yog‘ingarchiligidan himoya qiladi.SHaxtyorlar uchun plastmassali maskalar, proxodchiklar uchun tekistolit va boshqa kaskalr tavsiya etiladi.qora va rangli metallurgiya,issiq sex va mashina qurish korxonalarida ishlashlari uchun shlyapalar tavsiya etiladi.
Eshitish organlarini himoya qilish vositalari.
SHovqinga qarshi shlemlar,naushniklar va vkladishlar ishlatiladi.Masalan: shovqinga qarshi RTSNIOT–2 kaskalari eshituv organlarini 120 db gacha bo‘lgan yuqori chastotali shovqin bilan birgalikda boshni shikastlanish va elektr tokidan himoya qiladi.SHovqinga qarshi RTSNIOT–1 naushnigi 110 dB gacha bo‘lgan yuqori chastotali shovqin ta’siridan himoya qiladi.Bundan tashqari himoya vositalari ham bor.Ular 2 ta plastmas korpus va ular o‘rtasida joylashtirilgan ultramayin shisha–vatindan iborat.Naushnikni shovqin yutish qobiliyati 30-40 dB ni tashkil etadi.SHovqinga qarshi“Berushi”vkladishli Ultramayin perxlorvaniya tolalaridan tayyorlanadi.Ulardan 4-4 sm li o‘lchamli kvadrat shaklda kesib olingan tolali shovqinni yutuvchi material sifatida ishlatiladi.
Konus shaklida ulangan vkladishlar eshituv kanaliga qo‘yilib tashqi shovqinni 17-30 dB ga kamaytirib beradi.Maxsus kiyimlar(korjoma,yarim korjoma kostyum, plash,yarim po‘stin,qo‘liga kiyiladigan engcha,kiyimlar komplekt jiletlar).Bu kiyimlarning modeli va asosiy o‘lchamlari, tartib raqamlari, ishlatish maqsadi tavsiflanishi DavSt larda ko‘rsatilgan.Maxsus kiyimlar tanani mexanik shikastlantirishdan kesuvchi,tiluvchi,yallig‘lanuvchi ta’siridan,yuqori va past temperaturadan, zaharli va zaharsiz moddalardan himoya qiladi.
Masalan: sovuqdagi himoya qilish uchun lavsan tolali yarim sherst mato yoki pashpropen tolali sovuq mato,ishqorlardan himoya qilish uchun–sun’iy parusinali mato,issiqdan nurlardan himoya qilish uchun asbestli mato ishlatiladi.Yuqori temperatura,issiqlik nurlanishi,metal eritish protsessida hosil bo‘lgan alanga va uchqunliklardan himoyalanish maqsadida paxta tolali kurtka va byurklar,yarim sherst vasukon matodan astarli kiyim komplektlari tavsiya qilinadi,qishloq xo‘jaligi mexanizatorlarining tukli matodan to‘qilgan kurtka va korjomadan iborat. Bu kiym bahorgi ishlariga mo‘ljallangan,ishchilarning maxsus kiyimini o‘z vaqtida yuvib turish kerak.Yuvish davriyligi zararli modda xiliga bog‘liq ko‘p miqdordagi chang qoqiladi,zaharli va xavfli moddalardan ximik yo‘l bilan tozalanadi.Maxsus kiyimni tozalash usullari turli xildir.Ular degazatsiyalanadi yoki dezenfeksiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |