Amaliy mashg`ulot№1. Mavzu: Ishlab chiqarishda ish kuni xronometraji,mehnatning og`irligi va keskinligi(zo`riqish) ni baholashni o`rganish



Download 3,3 Mb.
bet61/170
Sana10.07.2022
Hajmi3,3 Mb.
#771868
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   170
Bog'liq
AMALIY MASHG

Risoladagi miqdorlar deganda,odamga uzoq muddat va muntazam ta'sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal faoliyatini va issiqlik holatini saqlashini ta'minlaydigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisi tushunilib,ular issiqlik sezish mo'tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi.Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning faoliyatini va issiqlik holatdagi o'zgarishlarini,fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarming kuchayishini bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim o'rsatgichlarining yig'indisidir.Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi,biroq nomo'tadil issiqlik sezgilari,kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin.
Doimiy ishlarda keltirilgan miqdorlar ta'minlanishi lozim,ular havoni mo'tadillashtirishda ham majburiydir.Biroq qator hollarda,masalan,issiqlik ko'p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya,
mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo'l qo'yiladigan normalarga asoslanishi mumkin,biroq mehnat va dam olish rejimlariga qo'yiladigan gigienik talablarga,organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga fqaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur.
Normalarda organizmning tashqi muhitga moslashish faqat tashqi sharoitlarga emas,balki mehnatning og'ir-yengilligiga bog'liq holda o'zgarib turadigan issiqlik hosil qilishi miqdoriga aloqadorligi ham hisobga olinadi.Shunga ko'ra yengil ishlarda,o‘rtacha og'irlikdagi va og'ir ishlarga qaraganda,havoning birmuncha yuqori harolatlarda va harakatining birmuncha kam tezlikda bo'lishi qabul qilingan.Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o'tish davrlarida(tashqi havoning)o'rtacha kundalik harorati 10°C dan yuqori(yoki muvofiq holda past)doimiy ish joylaridan tashqarida(1-jadval) birmuncha katta raqamlarda o'zgarib turishi,yilning issiq paytida esa(2-jadval)sexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa,O'rta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo'lgan sexlarda) issiqlikning aniq ortiqcha bo'lishini ko'zda tutadi.
Bu tashqi niuhitining issiq bo'lishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo'qotishni qiyinligi bilan bog'liq.Biroq bu holda ham normalar yo'l qo'ysa bo'ladigan maksimumni chegaralaydi.Issiqlik ajralishi yuqori bo'lgan sexlarda havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi.
GOST12-1.005-76daxonalarning katta-kichikligi,issiqlik va namlik ajratilishining birga uchrashi,doimiy harorat yoki harorat va narnlik kabilarni sun'iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo'shimcha tavsiyalar va aniqliklar ham mayjud.Ishlab chiqarish xonalari va ish xonasidagi havoning harorati,nisbiy namligi va harakat tezligining risoladagi normalari ko’rsatib o’tilgan normalarga qo’shimcha qilib,QMQ 3.01.02.-00da bayon etilganidek,ish joylarida issiqlikning nurlanish intensivligi 300 kkal.m2.s dan yuqori bo’lganda, albatta,havo dushlari qurilishi zarur ekanligini nazarda tutish lozim.Bunda beriladigan havo harorati va harakat tezligi yil fasliga,ish kategoriyasi va issiqlik nurlarining ko'pkamligiga bog'liq.Ish nechog'lik og'ir bo'lsa,harorat shunchalik past va havo harakati yuqori bo'ladi.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi me`yorlari mehnat xavfsizligi.Standartlari tizimi“Ish mintaqalari mikroiqlimi”(GOST12.1005-76)ga asosan belgilangan.Ular gigienik,texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan.Ishlab chiqarish korxonalardagi binolar,yil fasllari va ish toifalariga qarab,ulardagi harorat,nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me`yorlari belgilangan
Ishlab chiqarish xonalar,ish joylaridagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining me`yorlari.


Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish