Havo harakati tezligini o‘lchash. Bu maqsadlarda asosan anemometr asboblaridan foydalaniladi. Anemometrlar 2 xil qanotli va kosachali bo‘ladi.Qaysi turdagi anemometrdan foydalanish o‘lchanilayotgan havo tezligiga bog‘liq.Kosachali anemometr 1 m/sek dan 30 m/sek gacha, qanotlikda esa 1 m/sek dan 10 m/sek gacha tezlik o‘lchanishi mumkin. 1 m/s dan kam havo harakatlari katotermometrda o‘lchanadi.
Anemometrlar bevosita havo tezligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmaydi. Asboblarda uning parraklarining ma’lum vaqt ichida aylanish soni xaqida ma’lumot olish mumkin. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra maxsus har biri uchun avvaldan tayyorlangan grafik yordamida ishlab havo tezligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchashga moslashtirilgan anemometrlar ham qo‘llanilmoqda.
Anemometrlarda havo harakatini o‘lchash uchun avval ular millari ko‘rsatayotgan raqamlar yozib olinadi. So‘ngra asbobni havo oqimiga qarshi qo‘yib parraklar bir xil aylanayotganligiga iqror bo‘lgandan so‘ng maxsus tutqichni siljitish yo‘li bilan millar harakatga keltiriladi ma’lum vaqtdan so‘ng (o‘rtacha 60 daqiqa) asbobni o‘lchash holatini o‘zgartirmasdan turib tutqich yordamida millar harakati to‘xtatiladi.
7-rasm. Qanotli anemometr.
Anemometrlar millarining o‘lchashdan so‘nggi ko‘rsatmalari yozib olinadi va parraklarning bir daqiqa ichida aylanish soni aniqlanadi.
Masalan:anemometr millari o‘lchashdan oldin 1230 raqamli 60 daqiqada o‘lchashdan so‘ng 1350 raqamini ko‘rsatadi.Demak anemometr parragi bir daqiqada ikki marta aylangan (1350-1230=120; 120:60=2).
Berilgan grafik yordamida havo tezligi m/s ekanligi aniqlanadi. Elektrotermoanemometrbilan havo tezligini o‘lchash uchun,ham avval asbob ko‘rsatkichi belgilanib,so‘ngra maxsus grafikdan tezlik aniqlanadi.
8-rasm. Kosachali anemometr.
Issiqlik (infraqizil) nurlanishlari intensivligini aniqlash. Hozirgi vaqtda infraqizil nurlanishlar intensivligini o‘lchashda aktinometr, spektroradiometrlar,dozametrlardan qo‘llaniladi.Gigienik tekshirishlar o‘tkazishda asosan aktinometr asbobidan foydalaniladi.
Aktinometrlar qabul qiluvchi va qayd etuvchi qismlardan iborat.Qabul qiluvchi qismi kumush va qora rang bo‘lakchalaridan iborat.Kumush rang nurlanishni qaytarsa qora rang yutadi,buning natijasida ikki xil rangli plastinkalarida potensiallar farqi elektr toki vujudga keladi.Hosil bo‘lgan tok kuchi aktinometrning qayd etuvchi qismida kal sm/min birlikda ko‘rsatadi.
Olingan kal/sm2min dagi ma’lumotni Vt/m2 birlikka aylantirish kerak.CHunki sanitariya me’yori shu Vt/m2 birlikda berilgan.Buning uchun aktinometr ko‘rsatmasini 698 raqamiga ko‘paytiriladi.
Ma’lumki ishlab chiqarish sharoitida(qishloq xo‘jalikda,qurilishda metallni qizdirish, eritish quyish ishlarida va boshq). Kishi organizmiga bir vaqtning o‘zida birgalikda ikki xil issiqlik konvension va nurlanish issiqliklari ta’sir etishi mumkin. Bu sharoitda ta’sir etayotgan issiqlikning umumiy darajasini bilish katta gigenik ahamiyatga egadir.Bu maqsadlarda “qora shar” haroratini aniqlash ishlari olib boriladi.”Qora shar” yoki Glob termometri maxsus yasalgan qora ichi bo‘sh sharsimon moslamadir.Unda termometr o‘rnatish uchun maxsus teshik bo‘ladi. Bu moslamani ish joylariga o‘rnatiladi.Ta’sir etayotgan issiqliklarning jami berayotgan harorat darajasi termometrda ko‘rinadi.
Ishlab cbiqarisb mikroiqlimini o'lcbasb usullari Ishlab chiqarish mikroiqlirnini o'lchashda uning texnologik jarayon bosqichiga(masalan,metallarga ishlov berishda konveksion va nur issiqligining ko'p ajralishi,quritish qurilmalarida detallarni quritish va boshqalar),yil mavsumiga,tashqi sharoitlarga,isitish va shamollashishning samaradorligiga ko'ra juda o'zgaruvchanligini hisobga olish zarur.O'lchash poldan1,Sm balandlikdagi ish zonasi,asosiy yo'laklarda kun va yilning turli vaqtlarida,texnologik jarayonning turli xiI davrlarida takroriy ravishda o'tkaziladi.Havo harorati va narnligini o'lchash uchun Assmanning psixrometridan foydalaniladi.